Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet103/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Amaliy dasturlar paketi
Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tatbiq etishning shartlaridan biri amaliy dasturlaming ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir. Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat, ta’limning aniq vazifalarini yechishda kengroq tatbiq etish uchun sharoitlar yaratadi.
Amaliy dasturlar paketlari (ADP) odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va u bundan keyingi aniq yo‘nalishda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining dasturli ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi, o‘zining hujjatlariga ega va operatsion tizimlaming tarkibiga kirmaydi. Ko’pgina paketlar integrapiyaning shaxsiy vositalariga ega. Paketni ishlab chiqish operatsion tizimning zamonaviylashtirilishini talab qilmasligi kerak. Bu boshqaruvchi dasturlaming ishiga ham tegishlidir.
Barcha ADPni uch guruhga bo’lish mumkin: operatsion tizimlar imkoniyatlarini kengaytiruvchipaketlar; umumiy belgalanishdagipaketlar; ABTda ishlashga mo'ljallanganpaketlar.
Operatsion tizimlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi paketlar turli xil konfiguratsiyalarga ega ShKning faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Ularga namunaviy konfiguratsiyalarga ega ko‘p mashinali majmualar, dialogli tizimlar, vaqtning real ko‘lamida ishlash uchun tizimlar, uzoqlashtirilgan paketli ishlab chiqish ishini ta’minlovchi paketlar kiradi.
Umumiy belgilanishdagi amaliy dasturlar paketlari qo‘llanishlarning quyidagi keng doirasi uchun dasturlar majmuini o‘z ichiga oladi: alfavit- raqamli va grafik displeylar, graf kirituvchilar, dasturlash tizimlari, maxsus tillar uchun dasturlash tillari hamda ilmiy-texnik hisob-kitoblar, matematik dasturlash, materiallami ishlab chiqish, modellashtirishning har xil turlari, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasining vazifalarini hal qilish va hokazolar.
ABTda ishlashga mo‘ljallangan paketlar ma’lumotlar banklarini ishlab chiqishning umumiy maqsadli tizimlari uchun dasturlar majmuasini, umumiy belgilanishdagi axborot-qidirish hujjatlami ishlab chiqish tizimlarini o‘z ichiga oladi.
Amaliy dasturlar paketi dasturiy ta’minlanishning eng dinamik rivojlangan qismidir. ADP yordamida hal qilinayotgan vazifalar doirasi doimo kengaya boradi. Kompyuterlami amalda faoliyatning barcha sohalariga tatbiq etish




172


5 - bob. Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendensiyalari


ko‘proq ADPning yangilari paydo bo‘ lishi va mavjudlarining takomillashuvi tufayli mumkin bo‘ladi.
O‘z vazifaviy imkoniyatlari bo‘yicha qudratliroq kompyuterlar paydo bo‘lishiga olib keluvchi mikroelektronika sohasidagi yutuqlar yangi ADPning yaratilishiga sabab bo‘ldi. O‘z navbatida, foydalanuvchi aniq vazifalami hal qilishda ishlatadigan tariflarni yaxshilash zaruriyati kompyuterlar va periferiyali qurilmalarning arxitekturalari, elementli bazalarini takomillashtirishni rag‘batlantiradi.
ADP tuzilishi va tamoyillari ShKning sinfi va doirasida bu paket faoliyati operatsion tizimlarga bog‘liq. Har xil ADPlaming eng ko‘p sonli WINDOWS operatsion tizimiga ega ShKlar uchun yaratilgan dasturlaming bu paketlarini vazifaviy-tashkiliy alomati bo‘yicha tasniflash 5.2 - rasmda berilgan.





5.2 - rasm. ADPning tasniflanishi.
Paketlaming har biri tashkil qilish o‘z muammolariga, ishlab chiqish va yaratishning o‘z qiyinchiliklariga ega. Har bir paket ShK va uning belgilanishiga muvofiq dasturlashning aniq tilida paket va tilning imkoniyatlari oldiga qo‘yilgan talablarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Keltirilgan dasturda o‘yin dasturlari keltirilmagan, ular avtomatlash- tirish, kasbiy faoliyat uchun vosita bo‘lmaydi va dam olish uchun mo‘ljallangan. Tarjimonlar, orfografiya, elektron lug‘atlar dasturlarining yo‘qligi bu dasturlar matnining muharriri, namoyish (prezentatsiya) kç>‘rinishidagi ADPga vazifaviy qo‘shimcha bo‘lganligi bilan bog‘liq. Bu dasturlarni amaliy dasturlar paketlari tarkibiga kiritish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Mavjud ADP axborotlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq inson faoliyatining deyarli barcha sohalarini qamrab oladi. ADPni rivojlantirish




§5.1. Dasturiy ta’minot haqida umumiy tushunchalar


173


va takomillashtirish ilgarilab boradigan jarayon, shu bois imkoniyatlari hozirgi paketlarning yutuqlaridan o‘tib ketuvchi yangi ADPlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish