9-Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasida musiqaviy didaktik o’yinlar. [4 SOAT]
REJA:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim tarbiyasda musiqaviy didaktik o’yinlarning axamiyati.
Maktabgacha ta’lim muassasasining turli yosh guruhlarida musiqaviy didaktik o’yinlarni o’tkazish.
Integrallashtirilgan mashg’ulotlarda musiqali didaktik o’yin psixologiyasi
Musiqali didaktik o’yinlarning umumiy tasnifi
Tayanch tushunchalar. Havaskorlik, his-hayajon ,jismoniy mashq, his-tuygu, o’yinning goyasi, maishiy turmushni aks yettiruvchi o’yinlar, yetnograf, san’atshunoslik, faylasuf, axloqiy munosabatlar.
O’yin maktabgacha yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bo’lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O’yin bolaning kelajakdagi o’quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydi.
O’yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, yetnograf, san’atshunos olimlar diqqatini o’ziga tortib kelgan. O’yin ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq yuzaga kelgan bo’lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o’z o’yinlarida ovchilik, urush, dehqonchilik ishlarini aks yettirganlar. Masalan, o’sha davrdagi ba’zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o’yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar yedi.
Ba’zi hollarda yesa o’yin mehnat qilish istagi orqali yuzaga keladi. Masalan, ovchi tyulenni ovlash uchun uning oldiga hayvonga o’xshab sudralib, sirpanib boradi.
Ayrim hollarda yesa bola o’z o’yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid qiladi, keyinchalik ularning mehnatida qatnashadi. O’yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi. Bolalar o’yinini bunday tushunish birinchi marta K. D. Ushinskiy tomonidan ta’riflab berilgan yedi. U o’z asarlarida bolalar o’yinining mazmuni ularning hayotdan olgan taassurotlari bilan belgilanib, ular shaxsining shakllanishiga ta’sir yetadi, deb yozadi.
Bu fikrni P. F.Lesgaft ham tasdiqlab, bolalar o’z o’yinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini aks yettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga yegadir.
Shunday qilib, o’yinning ijtimoiy voqea yekanligini, o’yinda tevarak-atrofdagi borliq aks yettirilishini ilgor olim va pedagoglar o’zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar.
Tarbiyachilar bolalar o’yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishlari lozim:
O’yin bilan mehnat o’rtasida to’gri munosabat o’rnatish;
O’yinda bolalarning bo’lajak mehnat ahliga xos bo’lgan jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash.
Shu tariqa o’yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo’lgan ijtimoiy faoliyatdir; o’yin doimo haqiqiy hayotni aks yettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o’zgarishi bilan uning mazmuni ham o’zgaradi; o’yin ma’lum maqsadga yo’naltirilgan ongli faoliyat bo’lib, uning mehnat bilan ko’p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O’yin faoliyati asosida boladagi o’quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o’ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi o’qiydi.
Bolalarning o’yini nazariyasiga (20 — 30-yillarda) E. A. Flerina, E. I. Tixeeva, E. A. Arkin kabi olimlar asos soldilar; keyinchalik R. YA. Lextman-Abramovich, F. I. Fradkipa, N. M. Aksarina, A. P. Usova, D. V. Mendjeritskaya, R. I. Jukovskaya, T. A. Markova, S. L. Novosyolova, E. V. Zvorigina va boshqalarning tadqiqot ishlari bolalar o’yini mavzuini ishlab chiqishga bagishlandi.
Bolalar o’yinining tarixi, tabiati, uning rivojlanish qonuniyatlari L. S. Vigotskiy, A. N. Leont’ev,
D. B. yel’konin, A. V. Zaporojets kabi psixologlar va ularning davomchilari ilmiy tadqiqot ishlarida o’z aksini topdi. A. V. Zaporojets bolalar o’yinini ilk yoshdan boshlab kuzatib borishi
natijasida uni harakatga keltiruvchi sabablar, rivojlanish qonuniyatlari, har xil yosh bosqichlarida bolalar o’yinining o’ziga xos tomonlari, mazmuni va tuzilishini o’rganish zarurligini ta’kidlaydi.
Ilk yoshli bolalar o’yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o’yin bo’lib, u narsa, buyum o’yin faoliyati hisoblanadi. Uning mazmuni qo’l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir.
Keyingi bosqich aks yettirish o’yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o’yini psixologik mazmunining rivojlanishida yeng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta’lim-tarbiyaviy ish-larini ma’lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o’z o’yinlarida qo’llay bosh-laydilar. Bu yoshdagi bolalar o’yini mazmuni juhatidan predmetli faoliyatni aks yettiradi.
Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o’yinida’ syujetni aks yettirish yuzaga keladi. Bola qo’lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks yettiradi. Masalan, qoshiq bilan ovqat yeyiladi, piyoladan choy ichiladi, karavotda yotiladi, qo’girchoqni «onasi» yerkalaydi va hokazo. Shuning asosida syujetli-rolli o’yinning dastlabki qirralari yuzaga kela boshlaydi.
Navbatdagi bosqich rolli o’yin bo’lib, unda bolalar o’zlariga tanish bo’lgan kattalar mehnati va kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks yettiradilar.
Bolalar o’yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to’grisidagi ilmiy tasavvurlar har xil yosh guruhlarida bolalarning o’yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi.
Shunday qilib, bolalar bogchasining pedagogik jarayonida o’yinning tutgan o’rni juda katta bo’lib, o’yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishda keng foydalaniladi. Zero:
o’yin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi;
o’yin maktabgacha yoshidagi bolalar hayotini tashkil yetish shaklidir:
o’yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;
o’yin bolalarga ta’lim va tarbiya berishning metod va usulidir;
--- o’yin bolalarni o’quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir. Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari
o’yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o’yinning mazmuni, tashkil yetilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o’yinining rivojlanish darajasiga ta’sir yetish mumkinligini ko’rsatdi.
Bolalar o’yini o’zining mazmuni, xususiyati, tashkil yetilishiga ko’ra xilma-xildir, shuning uchun uni quyidagicha turkumlarga ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |