Tadqiqotning obyekti: tarvuzning yuqori hosilli va eksportbop nav va duragaylari urug‘lari, mevalari; shaffof va qora plyonka; о‘g‘itlashga ishlatiladigan moddalar (mahalliy о‘g‘it, bioо‘g‘it) hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti: ekish muddatlari, ekish sxemalari, о‘g‘itlash meyori (plyonkali va plyonkasiz), tomchilatib va egat bо‘ylab sug‘orish usuli (plyonkali va plyonkasiz) tanlanadi.
Kutilayotgan natijalar quyidagilardan iborat:
- ilk bor har xil plyonkalar (shaffof va qora) bilan mulchalab ekish maqsadida maqbul tarvuz nav va duragaylari ajratiladi;
- shaffof va qora plyonka bilan mulchalangan maydonlarda tarvuzni urug‘i va kо‘chatidan ekishning ma’qbul ekish muddatlari va ekish sxemalari aniqlanadi;
- tarvuzni urug’i va ko’chatidan shaffof va qora plyonka bilan mulchalab hamda ochiq dalada hosilini yetishtirishda о‘g‘itlash turlari, meyori, tomchilatib sug‘orishda tuproq namligi va suv sarfi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |