Muammoning о‘rganilganlik darajasi. Mintaqada issiq kunlarning davomiyligi 180-190 kundan ortiq bо‘lishi tarvuzning ertagi, о‘rtagi va kechpishar navlarini urug‘i va kо‘chatini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ochiq maydonga ekib hosil yetishtirish imkonini beradi.
Tarvuzni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri urug‘ini ekib hosil yetishtirish texnologiyasi, navlari, urug‘chiligini aniqlash bо‘yicha ilmiy tadqiqotlar V.N.Yermoxin, A.M.Abbosov, X.CH.Buriyev, A.S.Hakimov va boshqa kо‘plab olimlar tomonidan olib borilgan. Lekin, tarvuzning yangi yaratilgan mahalliy va rayonlashtirilgan nav va duragaylarning urug‘larini shaffof va qora plyonka ostiga mulchalab ekib hosil yetishtirish texngologiyasi, jumladan, ekish muddatlari, sxemalari, о‘g‘itlash meyori, sug‘orish usullari va soni bо‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |