tizimlarni shakllantirish modeli “Bulut” texnologiyasi “servis”, “web-servis” tushunchalariga asoslanadi. Servisga yo‘naltirilgan arxitektura va “Bulut” texnologiyasi negizidagi taqsimlangan tizimlarda qo‘llaniladigan “servis”, “web-servis” tushunchalari har xil mazmundagi vazifalarni bajaradi. SYA tizimlarida “web-servis” lar (ya’ni, servisni ta’minlaydigan dasturlar) dasturiy interfeyslar orqali (masalan, SOAP protokolini ta’minlaydigan dasturlar) boshqa “web-servis”lar yoki ilovalarga (ya’ni, mijoz dasturlariga) ular tomonidan so‘ralgan xizmatlarni taqdim etadilar. “Bulutda hisoblash” tizimida IaaS, PaaS, SaaS sathlaridagi resurslar iste’molchilarga servis sifatida foydalanuvchi interfeyslari orqali taqdim etiladi. Shu sababli, “Bulut” tarkibidagi ilovalarni servis sifatida SYA g‘oyasi negizida taqdim etish masalalari diqqatga sazovor. “Bulut” tarkibidagi ilovalar SaaS (Software-as-a-Service ), ya’ni “dasturiy ta’minot servis sifatida” sathi tarkibida bo‘ladi. Yuqori bandlarda ta’kidlanganidek, SaaS sathi markaziy kompyuter (mazkur “bulut” dan uzoqlashgan kompyuter ham bo‘lishi mumkin) ilovalariga mahalliy kompyuterdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishni ta’minlaydi. Markaziy kompyuter ilovasi xizmatni taqdim etuvchi tashkilotning serverida foydalanuvchi masalasini bajaradi va unga natijani taqdim etadi. Foydalanuvchi masalasini yechish uchun markaziy kompyuterdagi ilovani xarid qilib olmaydi, u faqat ilovani Internet orqali vaqtinchalik ishlatgani uchun xaq to‘laydi.
224
“Bulutda hisoblash” texnologiyasining “dasturiy ta’minot servis sifatida” sathi (ya’ni, (SaaS) sathi) keyingi avlod tarmoqlarida tashqi ilovalarga kirishni ta’minlash uchun qo‘llaniladigan amaliy dasturlash interfeyslarining (API - Application Programming Interface) imkoniyatlarini takomillashtiradi. “Bulut” ilovalarini servis sifatida taqdim etishda servisga yo‘naltirilgan arxitektura imkoniyatlaridan foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda “Bulut” doirasidagi ilovalarni SYA arxitekturasi asosida boshqariladigan murakkab jarayonlar boshqaruvini Internet infrastrukturasi asosida amalga oshirish imkoni yaratiladi. “Bulutda hisoblash” texnologiyasining “dasturiy ta’minot servis sifatida” sathi (SaaS) ilovalarining ayrimlari faqat foydalanuvchi interfeyslari orqali ishlashi belgilab qo‘yilgan, chunki ularda tashqi ilovalarga kirishni ta’minlash uchun qo‘llaniladigan amaliy dasturlash interfeyslari ( API -Application Programming Interface) mavjud emas (chunki bunday ilovalarni yaratilishi davrida Web-servis sifatida qo‘llanilishini ta’minlaydigan dasturiy komponentalar ko‘zda tutilmagan). Shuning uchun bunday ilovalar SYA arxitekturasiga integrallasha olmaydi. Lekin bugungi kunda tarkibida amaliy dasturlash interfeyslari (API) mavjud Web-servislarga o‘xshash bir muncha maxsus SaaS ilovalari ishlab chiqilgan va ular ma’lum bir jarayonlarda yechiladigan masalalarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Har xil operatorlar tomonidan ishlab chiqilgan va bir-birlari bilan mazmunan “sust bog‘langan”, lekin bir-birlariga ochiq interfeyslar orqali kira oladigan SaaS ilovalarini tarmoq sharoitida SYA uslublari negizida integratsiyasini amalga oshirish va oxir oqibatda servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan SaaS ilovalarini yaratish va uning asosida murakkab jarayonning boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishida usul va dasturlar yaratish dolzarb muammo hisoblanadi. Kompaniya o‘z faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘zining mahalliy tarmog‘idagi mavjud servis - ilovalarini tarmoqdagi “Bulut” doirasida shakllangan SaaS ilovalari bilan integrallashuvini amalga oshirib, “gibrid servislarni” yaratadi.