boshqa resurs turlaridan foydalanganlik darajasini hamda resurslardan foydalangan klientlaming hisobini yuritadi).
\7
4.16- rasm. “Bulutda hisoblash” modelining sxemasi.
“Bulutda hisoblash” texnologiyasining umumiy konsepsiyasi 4 kate- goriyaga bo‘linadi, ular:
Axborot texnologiyalari xizmat sifatida (IT as a service, ITaaS). Bu xizmat modeli turida tashkilot yoki xususiy shaxs xizmat taqdim etuvchi operator bilan tarmoq va uning xizmatlariga kirish uchun shartnoma tuzadi. Xizmatlar turiga virtual xususiy tarmoq yaratish, Web-konferensiyalar o‘tkazish, IP- telefoniya xizmatlaridan foydalanish va boshqa tarmoq resurslaridan foydalanish kiradi.
217
Dasturiy ta’minot xizmat sifatida (Software as a Service, SaaS) - operator tasarrnfidagi dasturiy ta’minot yoki ilovalariga o‘zining kompyuteriga maxsus sistemaviy dasturlar (rezident dasturlari) ni o‘rnatmasdan operatorning tarmog‘i orqali kirish ta’minlanadi.
Foydalanuvchi uchun kerak ilova (dastur) xizmat taqdim etuvchining serverida saqlanadi, foydalanuvchiga masala yechimining natijasi beriladi, xolos. Foydalanuvchi ilovani xarid qilmaydi, uni ma’lum vaqtda arenda qilgani, ya’ni vaqtinchalik ishlatgani uchun xaq to‘laydi.
Platforma xizmat sifatida (Platform as a service, PaaS). “Resurslar platformasi” ga tegishli hisoblash resurslarini va xotira maydonlarini “tarmoq buluti” yordamida taqdim etish xizmati bajariladi.
Infrastruktura xizmat sifatida (Infrastructure as a service, IaaS). Virtual kompyuter infrastrukturasini xizmat sifatida taqdim etish. Buyurtmachi qimmat baho serverlarni, litsenziyalangan dasturiy ta’minotni, tarmoq vositalarini hamda ushbu vositalarni ekspluatatsiya qiladigan mutaxassislarni xarid qilish o‘rniga bu resurslarni boshqariladigan xizmat sifatida xarid qilishi va ularga “tarmoq buluti” orqali chiqishi mumkin.
“Bulutda hisoblash” texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan axborot tizimi “bulut xizmatlari”ni taqdim etish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi hisoblanadi (4.17 - rasm).
“Bulut klienti (“Bulut arendatori”)” - “Bulutda hisoblash” asosidagi axborot tizim (BHAT) i tarkibiga kiruvchi hisoblash texnika vositasi hisoblanib, uning yordamida bitta yoki bir nechta “Bulut xizmatlari”ni amalga oshirish mumkin.
“Bulutdagi server” - “bulut klient”lariga bitta yoki bir nechta “bulut xizmatlari”ni taqdim etadigan taqsimlangan hisoblash tarmog‘i.
“Bulutdagi server infrastrukturasi” - tarkibida hisoblash tarmog‘i, server kompyuterlari, operatsion tizimlari, xotira maydonlari, ma’lumot bazalari, amaliy dasturlari va aniq funksiyalarni bajaradigan dasturlari bo‘lgan infrastruktura.
218
“Bulutdagi xizmatlaming iste’molchisi” - “Bulut klienti” yordamida “Bulutdagi server” lar taqdim etadigan bitta yoki bir nechta “bulutdagi xizmatlar”ga kirishni amalga oshiradigan shaxs.
“Resurslarni bulutda joylashtirish” bo‘yicha quyidagi modellar mavjud: “xususiy bulut” modeli; “ommaviy bulut” modeli; “jamoaviy bulut” modeli; “gibrid bulut”.
“Xususiy bulut” modelida BXAT operatori (ya’ni, xizmatlarni taqdim etuvchi) va “bulut xizmatlari”ning iste’molchilari bir tashkilotga qarashli bo‘ladi;
“Ommaviy bulut” modelida BXAT operatori (ya’ni, xizmatlarni taqdim etuvchi) va “bulut xizmatlari”ning iste’molchilari har xil tashkilotga qarashli bo‘ladi;
“Jamoaviy bulut” modelida “Bulutdagi resurslar”dan umumiy masalalarga ega tashkilotlarning konkret iste’molchilari foydalanadilar;
“Gibrid bulut” modelida har xil tashkilotga yoki har xil modellarga (xususiy, ommaviy va jamoaviy) tegishli ikki va undan ortiq BXATlar birlashib faoliyat yuritadi.
BHAT (“Bulutda hisoblash” asosidagi axborot tizimi) platformasi deganda, “resurslarni bulutda joylashtirish”modeli va “bulut xizmatlari”ni taqdim etish turiga muvofiq “bulutda hisoblash” konsepsiyasini amalga oshiradigan dasturiy va apparat-dasturiy vositalar tizimi tushuniladi.
“Bulutlararo hisoblash” tushunchasi “bulutdagi resurslar”ni talab bo‘yicha o‘zaro munosabatda bo‘ladigan BHATlar orasida taqsimotini amalga oshirishni anglatadi.
“Bulut xizmatlari” quyidagi muhim talablarga javob berishi kerak:
foydalanuvchi o‘zining so‘rovini o‘zi bajarishi kerak. Foydalanuvchi o‘ziga taqdim etilayotgan xizmatlar hajmini provayder xodimi ishtirosiz bir taraflama avtomatik rejimda o‘zgartirishi mumkin.
hisoblash tarmog‘iga keng polosali kirishni ta’minlash. Foydala- nuvchilarni “bulut resurslari” ga kirishlari hisoblash tarmog‘i orqali “ingichka” va “yo‘g‘on” klient usullarining standart mexanizmlari yordamida bajariladi.
219
“bulut resurslari”ni umumiy yagona ombor shaklida birlashtirish. Bir nechta foydalanuvchilaming talablarini sifatli bajarish maqsadida “bir vaqtda ko‘p masalalarga xizmat ko‘rsatish” rejimi shakllantirilishi kerak bo‘ladi. Bunday rejimni yaratish uchun provayderning “bulut” tarkibidagi resurslari umumiy yagona ombor doirasiga birlashtiriladi.Ular foydalanuvchilarning so‘rovlariga muvofiq dinamik rejimda taqsimlanadi va taqdim etiladi.
operativ ta’sir ko‘rsatish. Foydalanuvchiga taqdim etiladigan “bulut resurslari”ning hajmi tez va egiluvchan (bir xil paytda avtomatik tarzda) o‘zgarishi mumkin, ya’ni ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. “Bulut resurslari”foydalanuvchiga u xoxlagan hajmda va xoxlagan paytida taqdim etiladi.
“Bulut resurslari”ning hajmi va ulardan foydalanish darajasi provayder va foydalanuvchi tomonidan shaffof tarzda nazorat va hisob-kitob qilinadi.
“Bulutda hisoblash” tizimining etalon arxitekturasi to‘rtta komponenta faoliyatini o‘z ichiga oladi (4.18 - rasm):
“Bulutda hisoblash” tizimini boshqarish tuzilmasi;
“Bulut servislari (resurslari)” ni ishlab chiquvchi tuzilma;
“Bulut servislari (resurslari)” ni taqdim etuvchi tuzilma;
“Bulut servislari (resurslari)” ning iste’molchilari.
“Bulutda hisoblash” tizimining etalon arxitekturasi modullik prinsipi asosida yaratiladi va taqsimlangan infokommunikatsion tarmog‘ida “bulutda hisoblash” muhitini shakllantiradi.
“Bulutdagi infrastruktura” bir nechta asosiy mahsulotlar va vositalar negizida shakllanadi. Ular universal vositalar sifatida har xil turdagi va geterogen tizimlarni birgalikda ishlashini avtomatlashtiradi va iste’molchiga “bulutda hisoblash” tizimining xizmatlaridan unumli foydalanishi uchun sharoit yaratib beradi.
“Bulut”ning tarkibi bitta servisdan emas, balki servislar to‘plamidan iborat bo‘ladi. “Bulut” da servislarni taqdim etish bir necha sathlarga bo‘linadi. Servis foydalanuvchiga taqdim etilishida har bir sath o‘z hissasini qo‘shadi (4.19- rasm).
220
Bulutda xisoblash
BHAT platformasi
zxz
Dasturiy ta'minot xizmati
Apparat ta'minot xizmati
Platforma ko'rinishidagi xizmat
Hisoblash tarmog'i shaklidagi xizmat.
Infrastruktura shaklidagi xizmat
Kommunikasiya shaklidagi xizmat
Havfsizlikni ta'minlovchi xizmat
Mustaxkamlikni oshiruvchi xizmat
Shaffof ko'rinishdagi xizmat
Dasturni ishlab chiqish va
davom ettirishni bazaviychi
instrument to'plamlarning
xizmatlari
Servis t ko'rinishidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |