Bog'liq Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazm
4.13 - rasm. GT SYTT doirasidagi resurslar asosida so‘rovni
qisqa vaqt ichida bajarilishini ta’minlaydigan algoritm.
211
masala yechimini qisqa vaqtda olish kerakligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, shunga yetarli hisoblash resursi qidiriladi va bunday resurs Grid tizimi miqyosida mavjud bo‘lsa, shart bajariladi;
aks holda, ya’ni masala yechimi uchun vaqt ko‘rsatilmagan taqdirda masala yechimi uchun yetarli bo‘lgan hisoblash resursi izlab topiladi va uning asosida yagona resurs shakllantiriladi;
2) agar joriy vaqtda kerakli resurs mavjud bo‘lmasa, foydalanuvchi masalasi navbatga qo‘yiladi;
Navbatdagi masalaning yechimi tugallanganligi qayd etiladi;
Agar navbatda masalalar mavjud bo‘lsa, keyingi masalani bajarishga o‘tiladi. Buning uchun boshqaruv 6 operatorga o‘tkaziladi;
SYTT boshqaruv tizimiga kelib tushgan hamma so‘rovlar bajarilganligi tekshiriladi, shart bajarilganida statistik ma’lumotlar ma’lum bir tartibga keltiriladi, chop etiladi va algoritmning ishi to‘xtatiladi.
Algoritmning ishlashi Grid texnologiyalari asosidagi servisga yo‘naltirilgan arxitektura konsepsiyasi asosidagi taqsimlangan tizimning samaradorligini aniqlash maqsadida tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan holda tekshiriladi.
Unda servisga yo‘naltirilgan arxitektura asosidagi taqsimlangan tizim resurslarini taqdim etish jarayonlari modellashtiriladi.
Modelda SYTT asosida hisoblash resurslarini shakllantirish va taqdim etish quyidagicha amalga oshiriladi.
SYTT K - markaz va unga ulangan kompyuterlardan, ya’ni har bir Kj markaz Pjkompyuterlardan iborat.
Foydalanuvchilar masalalarining umumiy soni M ilovalar ko‘rinishida beriladi.
K markazlarga kompyuterlarning bog‘lanishi yulduzsimon topologik sxema va markazlarning o‘zaro bog‘lanishi yo‘naltirilmagan graf sxemasi ko‘rinishida beriladi.
212
Algoritm 4.14 - rasmda keltirilgan sxema negizida approbatsiya qilingan. Rasmga ko‘ra, boshqaruv markazi lokal markazlar bilan bog‘langan, lokal markazlar ham ma’lum bir sxemada o‘zaro bog‘langan.
SYTT asosida hisoblash resurslarini ierarxik yo‘l bilan shakllantirish va taqdim etish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
Foydalanuvchi ilovasini taqdim etadi, va resurs so‘rovini shakllantirib servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizimning boshqaruv serveriga yo‘naltiradi;
Boshqaruv tizimida shakllantirilgan SYA reestrida lokal markazlardagi kompyuter (protsessor) laming ishlash tezligi, ma’lumotlarni tarmoq orqali har bir Kj markazga yetkazish tezligi ma’lum;
Boshqaruv tizimi reestr ma’lumoti asosida joriy masala uchun kerak bo‘lgan yagona resursni aniqlaydi va lokal Kj markazlarga yagona resurs shakllantirilishi kerakligi to‘g‘isidagi ma’lumotni jo‘natadi va ulardan qaysi vaqtda masalani ishlashga kirishish mumkinligi to‘g‘risida javob oladi. Bunday vaqtni aniqlash uchun har bir lokal resursda kelib tushgan ilovani (ya’ni, masalani) rejalashtirish jarayoni amalga oshiriladi;
Lokal markazlar o‘z hisoblash resurslari qaysi vaqtda bo‘shashligi va berilgan masala qaysi vaqtdan boshlab ishlashi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotni boshqaruv tizimiga jo‘natishadi
Foydalanuvchi tomonidan berilgan shartga va mavjud imkoniyatga (ya’ni, lokal menejerlardan olingan ma’lumotlarga) qarab boshqaruv tizimi o‘ziga mos markazni tanlaydi va unga resurslarni rezervlash to‘g‘risida ma’lumot (so‘rov) jo‘natadi;
Agar Kj lokal markazida rezervlash amalga oshirilsa, bu to‘g‘ridagi ma’lumot boshqaruv tizimiga jo‘natiladi va u masalani ushbu markazda navbatda turgan masalalar qatoriga jo‘natadi.