Um-m- server markaziga ulangan server kompyuterlarining soni (m = 1,M); Zum- m- server markaziga ulanganuserver kompyuteri protsessorining quvvati. Algoritm faqat va faqat quyidagi cheklov bajarilganida ishlaydi: foydalanuvchilar masalalarini yechish uchun servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizim kompyuterlarining protsessorlari tomonidan talab etiladigan hisoblash quvvatining miqdori hamma server markazlariga ulangan server kompyuterlari quvvatlarining yig‘indisidan kichik yoki unga teng bo‘lishi kerak, Sn<= 2Z Zum. m u
Algoritm tarkibidagi operatorlar bosqichma-bosqich quyidagi vazifalarni bajaradi (4.13 - rasm): Berilgan ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritadi. Ular qatoriga N, M, Um, Zumparametrlarining qiymatlari va algoritm ishlashi uchun kerakli bo‘ladigan yordamchi o‘zgaruvchilarning qiymatlari kiradi;
209
Foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladigan masalalaming maksimal soni va ulami qayta ishlash uchun kerak bo‘ladigan hisoblash resurslarining minimal qiymati aniqlanadi.
SYTTning tarmog‘i doirasida server kompyuterlarining koordinatalari va hisoblash quvvatlariga qarab nechta server markazlari shakllantirilishi kerakligi aniqlanadi;
Berilgan ma’lumotlar negizida SYTT tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan resurslar va ularning qiymatlari aniqlanadi va SYTT ning reestri shakllantiriladi, ya’ni Snshakllantiriladi;
Foydalanuvchilarning masalalarini shakllantirilgan SYTTi resurslari negizida qayta ishlash jarayonlarini modellashtirish maqsadida yordamchi o‘zgaruvchilar kiritiladi va ularga boshlang‘ich qiymatlar beriladi;
Foydalanuvchi so‘rovini bajarish uchun talab etilgan resurs SYTT reestiridan izlanadi. Buning uchun joriy vaqtda SYTT tarkibidagi server kompyuterlaridan tarkib topgan foydalanilmayotgan yagona resurs aniqlanadi. SYTT reestrida saqlanayotgan “Bo‘sh” resurslar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar server markazlariga ulangan kompyuterlarning resurslari asosida shakllanganligi sababli, ularnig ishonchli ishlashi ishonchlilik koeffitsientini muntazam tekshirib borish negizida amalga oshiriladi. Boshqa so‘z bilan, SYTT tarkibidagi kompyuterlarning ishchi holatda bo‘lishi oldindan berilgan ishonchlilik koeffitsienti asosida muntazam ravishda tekshirib boriladi;
Bu operator shartli:
1) agar joriy vaqtda SYTT reestridan kerakli resurs mavjud bo‘lsa, ular boshqaruv tizimi yordamida birlashtiriladi va foydalanuvchi so‘rovini bajarish uchun yagona hisoblash resursi shakllantiriladi. Bunda foydala nuvchi talabiga muvofiq ikki variant tekshiriladi: