Grid texnologiyalari (GT) asosidagi SYTTida foydalanuvchi so‘rovlari uning boshqaruv serveriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tarmoq vositalari va protokollari yordamida kelib tushadi. So‘rovni bajarish uchun kerak bo‘ladigan GT SYTT resurslari bitta axborot tizimi yoki tarmoq vositalari , protokollari hamda oraliq muhit dasturlari yordamida bir nechta axborot qayta ishlash tizimlarining resurslari negizida yaratilgan yagona muhitda shakllangan bo‘lishi mumkin. Bu so‘rovda ko‘rsatilgan talab orqali aniqlanadi. Boshqaruv serveri so‘rovda talab etilgan resursni izlab topadi. GT SYTT boshqaruv serverida SYA reestrining ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi, uning tarkibida taqsimlangan tizim doirasida qanday hajmdagi resurslarni shakllantirish mumkin va ular TT ning qaysi kompyuterlari (“nuqtalari”) negizida yaratilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi. Ya’ni, TT ning taqdim etiladigan resurslari foydalanuvchi so‘roviga muvofiq shakllantirilmaydi, resurslar to‘g‘risidagi ma’lumot oldindan yaratiladi va ular SYA reestrida saqlanadi. Tarmoq vositalari va protokollari hamda oraliq muhit dasturlari yordamida so‘rovga kerakli bo‘lgan yagona axborot qayta ishlash resursi izlab topiladi va so‘rov shu muhitda bajariladi. Natija tarmoq vositalari yordamida foydalanuvchi kompyuteriga yetkaziladi. Servisga yo‘naltirilgan arxitektura yechimlari makro virtuallashtirish yo‘nalishida harakatlanib, dasturiy ta’minot infrastrukturasini yanada mukammallashtirish va integratsiyalashga keng imkoniyatlar yaratib beradi.
205
Tarmoq vositalari va protokollari hamda oraliq muhit
dasturlari yordamida so‘rovga kerakli bo‘lgan yagona
axborot qayta ishlash resursi shakllantiriladi
_►! GT SYTT tarkibidagi ->| tarmoq vositalari va protokollari yordamida so‘rov boshqaruv serveriga uzatiladi
GT SYTT boshqaruv
serveri (hamda SYA reestri
ma’lumotlari saqlanadigan
server) so‘rovga kerak
resurs aniqlanadi
F oydalanuvchilar
- rasm. GT SYTTni tarmoq texnologiyalari asosidagi umumlashgan mantiqiy sxemasi.
Bunday yondoshuv yanada yuqori darajadagi virtuallashtirish jarayonlarini amalga oshirishga, ya’ni ma’lumotlar virtual markazini yaratishdan boshlab, virtual tashkilot va oxir oqibatda virtuallashtirish jarayonlarini global masshtabda qo‘llashga imkon yaratadi.
Ma’lumot qayta ishlash virtual markazining (4.12-rasm) vazifasi korporativ Grid texnologiyalari yordamida dislokatsiyalangan resurslarni umumiy “ombor”ga birlashtirish negizida “biznes-jarayonlar”, xizmatlar va ilovalar uchun virtual servislarning majmuasini shakllantirishdan iborat.
Ushbu markazni yaratish uchun qo‘llaniladigan muhim va katta ahamiyatga ega texnologiyalar qatoriga virtuallashtirishda qo‘llaniladigan apparat-dasturiy ta’minot vositalari, Grid tarmog‘ini yaratishda qo‘llaniladigan oraliq dasturiy