II.BOB. ISLOM TA’LIMOTI VA MAZHABLARI.
2.1.Islom ta’limoti uning muqaddas kitobi – Qur’oni Karim
Islom ta‟limoti uning muqaddas kitobi – Qur‟oni Karimda bayon etilgan.
Islomning aqidalari, e‟tiqod talablari, huquqiy va ahloqiy me‟yorlari, cheklash va
taqiqlari Qur‟on bilan birga uning tafsirlarida, hadis tuplamlari va shariat
qullanmalarida, islohiyot adabiyotlarida o‟z ifodasini topgan.
Islom dinining asosiy aqidasi “Ollohdan boshqa hech bir iloh – yo‟q
Muhammad Ollohning eslchisidir”.
Qur‟on tilida esa: “La Ilaha Illallohu Muhammadur Rasulluloh”. Bu kalimai
tavhid deyiladi. “Guvohlik bermanki, bir Ollohdan boshqa iloh yo‟q va yana
guvohlik beramanki, Muhammad Ollohning bandasi va rasuli(elichisi) dir”. Qur‟on
tilida “Ashhadu an la ilaha illalohu va ashhadu anna Muhammadan a‟bduhu va
rasuluhu”. Bu Kalimai shahodat deyiladi.
Islom diniga kirish, musulmon bo‟lish uchun yuqoridagai ikki iymon
kalimasini tili bilan aytmoq va halban, chin dildan ishonib tasdiqlash lozim. Buni
iymon keltirish deb yuritiladi.
Bu ikki kalimani keltirish iymonning ilk bosqichidir. Iymonning yana qolgan
olti bosqichi-sharti bo‟lib, musulmon kishi yana shularga ishonmog‟i va ularga
amal qilib yashamog‟I ham shart hisoblanadi.
Sunniylikda iymon talabalari 7 tadir. Bular:
1. Ollohning yakkayu- yagonaligiga ishonish, faqat ungagina sig‟inish, e‟tiqod
va ibodat qilish.
2. Ollohning farishtalariga ishonish.
3. Ollohning barcha ilohiy, muqaddas kitoblariga ishonish.
4. Ollohning barcha payg‟ambarlariga ishonish
5. Taqdirga, uning ilohiyligiga ishonish .
6. Ohiratga, qiyomat qoyim bo‟lishiga ishonish.
7. Qayta tirilishga ishonish.
Ana shu etti shart , e‟tiqod talablari – iymonning to‟liq asosi, ustuni sanaladi.
Islomga e‟tiqod qiluvchi har bir kishi tili bilan – “Iymon keltirdim Ollohga, uning
farishtalariga, kitoblariga, payg‟ambarlariga, taqdiriga, qiyomat kuniga va
o‟lgandan keyin qayta tirilishga” , deb aytmog‟i va bunga dili bilan ishonmog‟i
lozim. Endi shular haqida qisqa to‟xtab o‟tamiz. Olloh- dunyodagi barcha
mavjudotlarni yaratgan. Olamda yuz bergan va beradigan barcha voqea va
hodisalar Olloh tomonidan belgilangan va uning irodasi bilan sodir bo‟ladi.
Ollohni hech kim bor qilgan emas u o‟zidan o‟zi border. Olloh birdir.
Yakkadir,yolg‟izdir. U biluvchidir , u bilmaydigan biror bir ish yo‟q. U har ishga
qodirdir, hamma narsani ko‟ruvchi va eshituvchidir. Olloh bildiruvchi, tarbiya
qiluvchidir. Ollohda hech qanday nuqson va kamchilik yo‟qdir. U hamma erda
hozir. Olloh emaydi, ichmaydi, kasal bo‟lmaydi.
Har bir musulmondan Ollohning ana shunday qudratiga ishonmoqlik talab
etiladi.
Farishtalar- Ollohning nihoyatda itoatli, hech bir gunohsiz, nurdan yaratilgan,
odamlar ko‟ziga ko‟rinmaydigan bandalaridir. Ular Ollohning buyurgan ishlarini
bajaradilar. Ularda erlik, ayollik, tug‟ish,tug‟dirish, eyish-ichish, uxlash kabi
hususiyatlar yo‟q. Farishtalarning eng mashhurlari-Jabroil, Makoil, Isrofil,
Azroildir.
Payg‟ambarlar Olloh tomonidan bandalariga din hukmlarini o‟rgatmoq uchun
yuborilgan elchilardir. Ular aqlli, ziyrak, tug‟ri , otoatli bo‟lib odam bolalaridan
chiqadilar. Ular Olloh tomonidan buyurilgan din va shariat hukmlarini bandalariga
etkazadilar, ularni haq dinga, yaxshi ishlarga va‟z, nasihat bilan chaqiradilar.
Qur‟oni karimda 25 payg‟ambarni ismi keltirilgan. Payg‟ambarlar 2 hilga
bo‟linadilar: 1. Rasullar; 2. Nabiylar.
Olloh tomonidan o‟zlariga alohida kitob va shariat berilgan payg‟ambarlar
rasul deb ataladilar. Barcha payg‟ambarlardan 8 nafari: Odam, Idris, Shis, Ibrohim,
Muso, Dovud, Is ova Muhammad rasul payg‟ambarlardir.
O‟zlariga mahsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga berilgan kitob va
shariat asosida ish qilishga buyurilgan payg‟ambarlar nabiy deyiladi. Nabiylar
rasul bo‟lolmaydi. Rasullarning har biri ayni paytda nabiy ham hisoblanadilar.
Muqaddas kitoblar – har bir zamonning o‟ziga yarasha din va muomalat
hukmlarini bayon etib, o‟sha zamonning payg;ambarlariga vahiy qilib yuborilgan
kitoblardir. Olloh o‟z payg‟ambarlariga 100 sahifa – Odam , Shis, Idris, Ibrohimga;
4 kitob esa Muso, Dovul, Is ova Muhammadga yuborgan.
Ohirat – narigi dunyo, o‟lgan bandalarning Olloh qudrati bilan tirilishi va
Olloh tayin qilgan erga yig‟ilish kuni. Yig‟iladigan joining nomi “Mashhur eri”,
kuni esa “Qiyomat kuni” deb ataladi. Bu kuni bandalarning bu dunyoda qilgan
yaxshi, savob yoki gunoh ishlariga yarasha hukm chaqiriladi.
Taqdir – Olloh tomonidan har bir bo‟lgan va bo‟ladigan ishlarning
bo‟lmog‟ini azaldan, oldindan tayin belgilabqo‟yilishidir. Buni bizda peshonasiga
yozilgan ham deyiladi.
Islom dinida “Islom arqonlari” degan tushuncha ham mavjud. U quyidagi
besh asosdan, ustundan iborat : 1. Iymon; 2. Namoz; 3. Ro‟za; 4. Zakot; 5. Haj.
Yuqoridagilar har bir musulmon uchun farz qilib belgilangan. Bulardan tashhari
janoza, sunnat, nikoh va qurbonlik qilish kabi muhim marosimlari ham mavjud.
Islom dini bayramlariga – Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, mavlud va
boshhalar kiradi.
Iymon – yuqorida aytilgan Ollohdan o‟zga iloh yo‟q yo‟qligiga va
Muhammad uning bandasi va rasuli ekanligiga ishonmoq va e‟tiqod qilmoqlikdir.
Namoz – kuniga 5 mahal o‟qilib, kishida doimiy diniy kayfiyatni saqlashning
muhim vositasidir. Namozlar - farz, sunnat, vojib kabilarga bo‟linadi.
Ro‟za – kun chiqishdan to kun botishga qadar yemoq va ichmoqlikdan
tiyilmoq va shunga niyat qilmoqlikdir. Ro‟za har bir sog‟lom musulmon uchun
farz ibodati sanaladi. U hijratning ikkinchi yili Madinada farz qilingan.
Zakot – mol-mulki shariat belgilagan miqdorga etganda yilda bir marotaba
ulardan qirqdan birini, y‟ani 2.5 foizini beva-bechoralarga, miskinklarga, ilm
toliblariga va boshqa muhtojlarga berilishi shart bo‟lgan Ollohning haqi.
Haj – ham jismoniy, ham ma‟naviy, ham moddiy ibodat. Haj – kabatullohni
tavof qilmoq, Safo va Marva tog‟lari orasida yugurmoq, Arofat tog‟ida bo‟lmoq va
zarur marosimlarni ado etmoq uchun Makka shahriga ziyoratga bormoqlikdir.
Hajning shartlari quyidagilar;
1.
Islom dinida bo‟lish;
2.
Balog‟atga etgan bo‟lish;
3.
O‟qil bo‟lish
4.
Ozod bo‟lish
5.
Qodir bo‟lish
Islomning ana shu besh amali har bir musulmonga bajarish uchun farz qilingan.
Yuqorida bayon qilinganlar Islom ta‟limotining asosini tashkil etadi.
Islom dinida ilk davrdan paydo bo‟lgan eng birinchi yirik muammo – oliy
hokimyatni egallashga payg‟ambardan keyin kim haqliroq, degan muammo bo‟ldi.
Halifa Ali bilan ummaviylar o‟rtasidagi that uchun kurashda VII asrning ikkinchi
yarmi boshlarida horijiylarida horijiylar (arabcha – ajralib chiqqan, isyonchi) oqimi
ajralib chiqqan. Ali Muoviya taradorlari bilan oily hokimyatga vorislik masalasida
muzokara olib borishga ko‟ngan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega, deb
hisoblangan tarafdorlarning o‟rtasida norozilik tug‟dirish. Qo‟shinning bir qismi
(12 ming kishi ) halifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketdi. Ajralib
chiqqan qo‟shin Aliga ham, ummaviylarga (muoviya tarafdorlari) ham bab-
barobar qarshi kushganlar. Horijiylar harakati arablar tomonidan bo‟ysundirilgan
Iroq va Eron aholisi, oddiy arab musulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular o‟zlarini
haqiqiy musulmon hisoblab, “dindan qaytgan” deb e‟lon qilingan siyosiy va
g‟oyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo‟lganlar.
Horijiylik yo‟nalishi ta‟limoti halifa diniy jamoat tomonidan saylanadi va
unga bo‟ysunadi; har qanday taqvodor musulmon ( hatto qo‟l yoki habash bo‟lsa
ham) halifa bo‟lib saylanishi mumkin; agar halifa jamoat manfaatlarini himoya
qilmasa vazifasidan bo‟shatiladi hatto qatl qilinadi.
Horijiylar e‟tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim deb
hisoblaganlar. Ular e‟tiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolash muddatini
kechiktirishga qarshi turganlar. Diniy masalalarda islom “musffoligi” tarafdori
bo‟lib, shariat ko‟rsatmalariga qat‟iy rioya qilishlari bilan ajralib turganlar.
Ummaviy va abbosiy halifalar VII – IX asrlarda Horijiylarga qarshi keskin
urush olib bordi. Buning natijasida ular qirib tashlandi. Horijiylarning qolganlari
Shimoliy Afrikada o‟z davlatini vujudga keltirildi. Hozirgi davrda horijiylarning
ibodiy firqasi Jazoir, Tunis, Ummon va Tanziyada uchraydi.Bugungi kunda Islom
dinida sunniylik va shialik yo‟nalishlari amal qilib kelmoqda.
Sunniylik deb, diniy qonun-qoida va tartibotlarga amal qilishda Qur‟oni
karim va payg‟ambarimiz hadislari – “Sunna” ga birdek amal qiluvchilarga
aytiladi. Sunniylik yo‟nalishi “Ahli sunna val jamoa” deb aytiladi. Bu nomda
Payg‟ambarning sunnatiga amal qilish va musulmonlarning asosiy ko‟pchilik
jamoasi ma‟nosi ma‟nolari aks etgan.
Jahonda jam‟mi 1,2 milliarddan ko‟proq musulmonlarning 92,5 foizni
sunniylik
yo‟nalishdagilar
tashkil
etadi.
Shialik
yo‟nalishi
y‟ani
ja‟fariyamazhabidagi musulmonlar 7,5 foizdan iborat halos.
Sunniylikka mansublikni bildiruvchi asosiy belgilar quyidagilardir.
Dastlabki to‟rt halifa ( Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali) hokimyati qonuniy ekanligi
tan olish, oltita hadis to‟plami (al- Buhoriy, Muslim, at-Termiziy, Abu Dovud, an-
Nasoiy, Ibn Moja to‟plamlari) ni sahih (ishonchli) deb bilish sunniylikdagi to‟rt
diniy-huquqiy mazhab – hanafiylik, moliklik, shofi‟iylik, hanbaliylikdan birga
mansub bo‟lishdan iborat.
Sunniylikdagi eng yirik mazhab Hanafiya bo‟lib, unga ergashganlar
jahondagi musulmonlarning 47 foizni tashkil etadi. Bu mazhabning asoschisi Abu
Hanifa Nu‟mon ibn Sobit (699-767) dir. U Iroqning Kufa shahrida tug‟ilgan, kelib
chiqishi jihatdan forslardan. Abu Hanifa Shariat huquqlarini tizimga solgan.
Shariyat qonunlarini musulmonlarini musulmonlar hayotiga qo‟llashda, hukm
chaqirishda, hulosaga kelishda avvalo Qur‟oni karim so‟ngra payg‟ambar
sunnatlari – hadislarni, undan keyin iymonni,undan so‟ngra qiyosni qo‟llagan. U
mahalliy huquq, meyor, odatlarni shariat bilan kelishtirib qo‟llashni joriy etgan.
Islom huquqshunosligiga aql-idrok, mulohazkorlik bilan ish ko‟rish tadbirlarini
kiritgan. Bu yo‟lni Imom A‟zam yo‟li deb ham yuritiladi.
Sunniylikdagi ikkinchi mazhab moliyliklikdir. Uning asoschisi Molik ibn
Anas Abu Abdulloh (713-795) dir. Islom huquqini puxta egallab, “Madina imomi
” unvoniga sazovor bo‟lgan. Molik ibn Anas biror siyosiy siyosiy oqimga
ergashmagan, hokimyatning saylab qo‟yilishi qoidasini afzal bilgan, lavozimlarga
ma‟muriy tayinlanishlariga qarshi bo‟lgan. Moliylik mazhabidagilar Qur‟on va
Hadis huquq asoslari sanaladi deb hisoblaganlar. Ular payg‟ambarga oid
hadislarnigina sahih deb tan oladilar. Madinaning savodli aholisi yakdillik bilan
ma‟qullagan qoidalarnigina ijmo‟ deb hisoblaydilar. Hozirda jahondagi
musulmonlarning 17 foizi molikiylik mazhabidadir.
Sunniylikdagi uchinchi diniy- huquqiy mazhab – shofiylik bo‟lib , uning
asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shof‟iy (767-820)
Shof‟iylik Qur‟on va Sunnaga yagona manba sifatida haraydi. Shofiylikka ko‟ra,
sunna Qur‟onni to‟ldiradi, halos, sunnaning o‟zi qiyoslab o‟rtacha hukm chiharish
uchun asos bo‟lolmaydi. Ular ijmo‟dan foydalanishga katta e‟tibor beradilar.
Hozirda 27 foiz musulmonlar shof‟iy mazhabi yo‟lidan bormoqdalar.
Sunnalikdagi turtinchi mazhab Hanbaliyadir. Uning asoschisi Abu Abdulloh
Ahmad ibn hanbal (780-855) dir. Bu mazhab huquq tizimining o‟ta torligi, har
qanday ko‟rinishdagi “yangilik”kadiniy masalalarda erkin fikr yuritishga
qarshiligi, shariat me‟yorlariga qat‟iy, hech qanday o‟zgarishsiz amal qilishi bilan
ajralib turadi.Mazkur mazhabda Qur‟oni karim va hadislarni erkin talqin etishdagi
har qanday urinishlar qoralanadi. Hozirda barcha musulmonlarning 1,5 foizi
hanbaliya mazhabidadir.
Sunniylikdagi yuqorida qayd etilgan turtala mazhab teng hisoblanadi. Bu
mazhablar diniy huquq doirasida chiqmagan holda shariat maslalarida engilroq
yoki qattiqroq hukm chaqirishi bilan bir-biridan farq qiladi. Bizning yurtimizda
azaldan fiqhda hanafiylik, aqidada esa motrudiylik ta‟limotlariga amal qilib
kelinadi.
Islom dinidagi yo‟nalishlardan yana biri Shialikdir. Shi‟a- arabcha so‟z bo‟lib,
ma‟nosi ”guruh” , “tarafdor” demakdir. Shialikdagi “ja‟fariya” mazhabi Islomdagi
beshinchi diniy-huquqiy mazhab sanaladi.
Shialik aslida guruhlar o‟rtasida hokimyat uchun kurash oqibatida vujudga
kelgan bo‟lsa ham, keyinchalik diniyi ta‟limotidagi tafovut shaklida
barharorlashgan.
Shialik sunniy kabi Qur‟on karimni ilohiy deb e‟tirof etadilar, ammo dastlabki
uch halifa davrida uning ayrim qismlari tushurib qoldirilgan, deb hisoblaydilar.
Ular yana Payg‟ambar hadislarining hammasini e‟tirof etmaydilar, balki faqat
Hazrat Ali va uning tarafdorlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarnigina tan
oladilar. Ular shunday hadislardan iborat to‟plam tuzganlar. Bu to‟plam umumiy
nom bilan “Ahbor” deb ataladi.
Shialar Ali va uning avlodlaridan iborat 12 imom hokimiyatini tan oladi. Alidan
boshqa halifalarni, hususan dastlabki halifalar Abu Bakr, Umar,Usmonni
hokimyatni zo‟ravonlik bilan egallab olgan deb qoralaydilar.Sunniylikda e‟tirof
etilgan 7 ta diniy aqidalardan farq qilib, shialikda 5 ta aqidaga e‟tiqod qilinadi.
Bulardan 4 aqida – Ollohning yagonaligi, taqdirga, payg‟ambarlarga, qiyomat-
ohirat kunining kelishiga ishonish asosan sunniylik ta‟limoti bilan mos tushadi. 5 –
aqida Imomat esa (imomlar hokimyatini e‟tirof etish) sunniylikka va sunniy
halifalar hokimyatiga zidligi bilan farq qiladi. Sunniylar uchun Makka va Madina
shaharlari ziyorat va hajga boradigan muqaddas shahar hisoblanadi. Shialar esa
Makka va Madinani muqaddas hisoblash bilan birga imomlar dafn etilgan
shaharlarni ham muqaddas hisoblaydilar va ziyorat qiladilar.
Shialar ohirgi 12 – imom – Muhammad al – Mahdiyni yashiringan deb
hisoblab, uning qaytib kelishini kutish ular orasida saqlanib kelmoqda. Go‟yo
imom Mahdiy ohirzamonda kelib, Iso bilan birga Dajjol, ya‟juj-ma‟juj va boshqa
kofirlar bilan urushib, ularni engib, qiyomat qoyim bo‟lishidan avval erda adolat
o‟rnatadilar deb ishonadilar. Shialar Imom Husaynga motam tutadilar. “Shahsey-
vahsey” (“Shoh Husayn, voh Husayn”) deb qichqirib, o‟zlariga ozor berib
ko‟chalarga chiqadilar.
Islom davlatlari kengayib borishi va islom dinini qabul qilishi oqibatida
aqidaviy masalalar ham murakkablashib ketadi . Buning ustiga turli tomonlardan
musulmonlar aqidasini buzishga urinish va tanqid qilish ham avj oladi. Ana
shunday sharoitda sunniylik aqidasi va fikrlarini ilmiy asosda jamlash va tartibga
solinishni davr taqazo etdi. Bu ishni musulmon olamining ikki yirik aqoid olimi-
Abu Masur al- Motrudi as-Samarqandiy va Abul Hasan al-Ahs‟ariy amalga
oshirdilar. Shu tariqa islom dinida aqidaviy masalalarni izohlash, tushuntirishda
Movaraunnahrda Motrudiya maktabi, Iroq va Eron tomonlarda Ash‟ariya maktabi
IX-X asrlarda shakllandi. Moturiylik ashariylikdan o‟nlab aqidaviy masalalarda
farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |