273
barcha xududlar o’rtasida transport-iqtisodiy aloqalarning kengayib borishiga imkoniyat yaratadi,
shu jumladan tashqi – iqtisodiy yo‘nalishlarda ham. Yuklarning tashishni takomillashuvi transport
tugunlari, saralash punktlari, yuk stansiyalari ishlarini yaxshilash, omborxonalar port uskunalarini
rekanstruksiya qilish, yangi tipdagi harakatlanuvchi qismlarni joriy qilish, transport-ekspeditsiya
xizmati ko‘rsatish bilan mijozlarni yanada kengroq qamrab olish,
zamonaviy yuqori darajada
mexanizatsiyalash terminal komplekslarini yaratish, intermodal yuk tashuvni rivojlantirish, tashish
jarayonini tashkil etishni takomillashtirish va boshqaruvning iqtisodiy uslublarini joriy etish
zaruriati bilan chambarchas bog‘liq.
Mijozlarga kafolatlangan transport-ekspeditsiya xizmati ko‘rsatish, yuklarni qayta ishlash
va yuklarning to’planishini taminlovchi, hamda zarur servis xizmatlari kompleksiga ega bo‘lgan
zamonaviy va yuqori darajada mexanizatsiyalashgan terminal kompekslarining yo’qligi,
shaxarlararo va xalqaro yo’nalishlarda yuklarni tashish samaradorligini pasaytiradi,
avtotransportning, shu jumladan katta yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan avtomobillarning
ko’chalarda, yo’llarning qatnov qismida notashkiliy tarzda turib qolishlariga, yuklarning
yo’qolishi va ishdan chiqishiga, kriminogen
xolatning kuchayishiga, ekologiyaning keskin
yomonlashuviga, xarakat havfsizligining pasayishiga va yo’l tarmoqlarining yomonlashuviga olib
keladi. Tadbirkorlikning rivojlanishi va u bilan bog’liq tarzda xo’jalik aloqalarining keskin
kengayishi shaxarlararo va xalqaro yo’nalishlarda yuklarni tashishga bo’lgan talabning
kuchayishiga olib keladi.
Yuklarni jo’natishning jaxon tajribasida qabul qilingan terminal texnologiyasiga
asoslangan bir maromda ishlovchi transport-ekspeditsion xizmat ko’rsatish tiziming mavjud
emasligi, tavarlar almashinuvi jarayonini qiyinlashtiradi, transportning harakatlanuvchi qismidan
foydalanish samaradorligini pasaytiradi, umuman olganda barcha xo’jalik
kompleksining
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Katta miqdordagi omborxona maydonlari mavjud bo’lishiga
qaramay, chet el importerlarini qoniqtira oladigan va bojxona rejimida ishlay oladigan, tegishli
servis xizmatlari ko’rsata oladigan, yuqori darajada mexanizatsiyalashgan, ko’p funksiyali
omborxona kompleksilari va terminallari yetishmaydi. Shu munosabat bilan keyingi paytlarda
transport ekspeditsion va bojxona ombor xizmatlari bozor intensiv shakllanib bormoqda. Shuning
uchun mamlakatimizda yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishi bo’yicha
davlat dasturlari qabul qilingan. Dasturlar asosida terminallar, yuk tushirilib qayta ortiladigan va
omborxona
komplekslarini,
konteyner
tizimini
elementlarini,
transport-taqsimlash
infrastrukturasining boshqa inshootlarni tezlashtirilgan tarzda yaratish,
kengaytirish va
rekanstruksiya qilish yotadi.
Dasturda yana quydagi masalalarni hal etish ko’zda tutilgan: Barcha turdagi transportlarning
asosiy yo’nalishlari bo’yicha yuk oqimlaridagi magistral tashuvni terminallashtirish; hudud ichida
terminal tizimlarini vujudga keltirish; turlicha vazifalarni bajaruvchi barcha terminallar va
omborxonalarni zamanaviy, yuklarni qayta ishlovchi va axborot vositalari bilan ta’minlovchi
yuqori samarali tizimni yaratish. Shu maqsadda yuk oqimlarini logistik kuzatuvchi yagona
terminal tizimini yaratish quydagi imkoniyatlarini ta’minlaydi: xududning ijtimoiy-iqtisodiy
masalalarini yechish, yangi ish joylarini tashkil etish va investitsiyalarni jalb etish hisobiga
aholining ish bilan ta’minlanganlik
darajasini oshirish; iste’molchilarga transport-logistik xizmat
ko’rsatishning sifatini oshirish, zamonaviy integratsiyalashgan logistik texnologiyalarni joriy etish
va hududdagi logistik servisining ishlab-chiqarish texnika bazasini rivojlantirish hisobiga xizmat
ko’rsatish sifatini jaxon standartlari darajasiga yaqinlashtirish; hududdagi moddiy-transport
oqimlarini ratsional tartibga solish, tashishni optimal marshrutlashtirish, harakatlanuvchi qismini
va tashish texnologiyalarini jaxon standartlariga mos ravishda ratsional tanlashlar hisobiga
274
transportning atrof muhitga zararli ta’sirini kamaytirish; malakatimiz hamda chet el transport va
logistika firmalar uchun yagona normativ-huquqiy bazasini va kafolatlar tizimini vujudga
keltirish; logistik kordinatsiyalash hamda multimodal va intermodal tashishlarni amalga oshirishda
transport ishini qo‘llab-quvvatlash hisobiga uning ish faoliyatini samaradorligini oshirish;
mamlakatimiz va chet el yuk tashivchilarini avtoservis va moddiy resurslarning asosiy turlari bilan
ta’minlovchi samarali tizimni yaratish hisoblanadi. Bu esa xalqaro standartlarga javob beradigan
transport xizmatlari bozorini shakllantirishga asos bo’ladi.
Adabiyotlar ro`yxati.
1. Aleksander Sladkowski. Intelligent transport systems-problems and perspectives.
Springer.-2016. – 307 ps.
2. Barbara Flugge. Smart mobility – connecting everyone. 2017.
3. Косимов, С. Х., &Нишонов, А. О. У. (2021). Пути развитие логистической системы
при организации перевозки грузов на международных маршрутах.
Academic research in
educational sciences, 2(3).
4. Ю. М. Неруш. КоммерческаялогистикаМоскваЮНИТИ 1997г.
5. Исроилов, Ф. И., & Норқулов, А. Я. (2021). Юкларни истеъмолчи манзилига етказиб
бериш жараёнини бошқариш модели. Academic research in educational sciences, 2(1).
6. Косимов, С., & Косимов, Б. (2021). Факторы формирования и развития современных
терминалов в логистической системе. InterConf.
7. Шарипова, Н., & Рахматуллаев, М. (2021). К вопросу о назначение и классификация
дорожных контролеров в системе дорожное управление. InterConf.
8. Хошимова, Ш. (2017). Автомобиллар учун экологик тоза ёқилғи олиш
технологияси.. In Актуалные вызовы современной науки ХІ Международная научная
конференция (pp. 26–27).
9. Qarshiboev, S., & Berdiyorov, T. (2020). Shifting to a European Credit module system in
Uzbekistan, impact and perspectives to vocational education. Journal of Critical reviews, 7(12),
553-559.
Do'stlaringiz bilan baham: