6.2 Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
Endi biz bozorni boshqa tomoniga murojaat qilsakda va sotuvchilarning bozordagi ishtiroklaridan olayotgan foydalarini ko`rib chiqsak. Sotuvchilar farovonligining tahlili xaridorlar farovonligining tahlili bilan bir xilligini ko`ramiz.
Xarajat va sotish xohishi
Tasavvur qilingki, siz uy egasisiz va shu uyni ta’mirlashni xohlaysiz. Siz 4ta ta’mirlash xizmatlarini ko`rsatuvchi odamlarga murojaat qilasiz: Mariya, Frida, Jorjiya va Grenma. Agar narx to`g’ri kelsa, har bir xizmatchi bu ishni qilishga tayyor. Siz 4ta xizmatchini narxini ko`rib chiqing va kim bu ishni arzonroq narxda bajarishini taklif qilib kimoshdi savdosini o`tkazing. Har bir ta’mirchi agar narx qilinadigan ishga to`g’ri kelsa, ishni bajarishga tayyor. Bunda narx xizmatchining to`g’ri keladigan narxini bildiradi, bu narx xizmatchining qo`shimcha xarajatlarini (bo`yoq shchyotka va xokazolar) va qilinadigan mehnatni o`z ichiga oladi.
2-jadval har bir xizmatchining mehnat narxini ko`rsatadi. Xizmatchining ishi uchun olayotgan narx pastligi sababli narx bu xizmatni sotish o`lchovi hisoblanadi. Har bir xizmatchida mehnatini narxi tannarxdan baland bo`lganda, sotish xohishi bo`ladi. Har bir xizmatchi xizmatini tannarxidan baland narxga sotishga harakat qiladi va undan past narxga sotishni rad qiladi. Agar narx teng bo`lib qolsa, unga bu ishni bajarishning ahamiyati bo`lmaydi. U holda xizmatchi o`z kuchi va vaqtini boshqa narsaga sarflash tarafdori bo`ladi. Ish narxini taklif qilishganda, boshida narx baland bo`ladi, lekin keyin raqobat natijasida narx pasayadi. Boshida Grendma ish uchun 600$ so`raydi va ish unda uni tannarxi 500$ bo`lganligi uchun, bozorda qoladi, Boshqalar Mariya, Frida, Jorjiya bu ishni 600$dan kamiga qilishni xohlashmaydi. Ahamiyat bering, ish bu ishni arzonga bajaradigan xizmatchiga tegadi.
Bu ishni olganidan Grendma qanday foyda ko`radi? Bu ish uchun 500$ sarflasa va ish uchun 600$ olsa, u holda xizmatchi 100$ ishlab chiqaruvchi ortiqchaligiga ega bo`ladi. Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi ish uchun olingan narx ayiruv tannarxga teng. Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi sotuvchining bozordagi ishtirokidan olinayotgan foydani hisoblaydi.
Sotuvchi
|
Narx
|
Märy
|
$ 900
|
Frida
|
800
|
Georgiya
|
600
|
Grandma
|
500
|
Endi ikkita har xil misolni ko`rib chiqamiz. Faraz qiling siz ikkita uyni ta’mirlashingiz kerak. Yana ishni 4 kishiga taklif qilasiz. Hech qaysi xizmatchi ikkala uyni ta’mirlash imkoniga ega emas deb hisoblaylik. Narx ikkita talabgor qolguncha pasayaveradi. Bu holda tanlov ish uchun har biri $800 (yoki ozgina pastroq) taklif qilayotgan Jorjiya va Grendma o`rtasida to`xtaydi. Jorjiya va Grendma ishni shu narxga bajarishga tayyor, lekin Mariya va Frida narxni tushirishni xohlashmaydi. $800 narxda Grendma $300 va Jorjiya $200 ishlab chiqaruvchi ortiqchaligiga ega bo`ladi. Bozordagi umumiy ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi bu holatda $500 ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |