Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Talab , taklif va elastiklikning uch ko`rinishi



Download 4,66 Mb.
bet43/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Talab , taklif va elastiklikning uch ko`rinishi


Fermerlik uchun yaxshi xabar fermerlar uchun yomon xabar bo`lishi mumkinmi? Nima uchun OPEC yoqilg’ining narxini baland saqlab tura olmadi? Dorilar ta’qiqi o`sadimi yoki dorilarga bog’liq jinoyatlar kamayadimi? Avvaliga bu savollar oson tuyulishi mumkin.



Fermer xo`jaligidagi yaxshi xabar fermer uchun yomon xabar bo`la oladimi?


Tasavvur qiling siz bug`doy yetishtiradigan fermersiz. Sizning barcha daromadingiz bug`doyni sotishdan kelishi sababli, siz yeringizni iloji boricha unumdorligini oshirishga ko`proq harakat qilasiz. Ob-havo va turoq holatini kuzatasiz, daladagi zararkunanda va kasalliklarni yo`qotasiz va ilg`or texnologiyalardan foydalanasiz. Siz bilasiz qancha ko`p bug`doy yetishtirsangiz, shuncha ko`p hosil olasiz va sizning daromadingiz ko`proq bo`ladi hamda turmush tarzingiz yaxshilanadi.
Bir kuni, Kanzas davlat universiteti olimlari muhim kashfiyot qilishganligini e’lon qilishdi. Universitetning agronomlik bo`limi tadqiqotchilari fermerlar har bir akrdan(0.4 gektar) oladigan bug`doydan 20 % ko`p hosil beradigan yangi bug`doy navini kashf qilishdi. Bu xabarga qanday munosabat bildirasiz?Bu kashfiyot siz uchun yaxshimi yoki yomon?
Bu savollarga 3 ta qadamda javob beramiz. Birinchi, biz talab yoki taklif egri chizig`i siljigan yoki siljimaganligini tekshiramiz.Ikkinchi, biz egri chiziq qaysi tomonga siljiganini hisoblaymiz.Uchinchi, biz bozor muvozanati qanday o`zgarganligini ko`rish uchun talab-taklif chizmasidan foydalanamiz.
Bu holatda kashfiyot taklif egri chizig`iga ta’sir qiladi. Chunki yangi nav hosildorlikni oshiradi va endi fermerlar istalgan berilgan narxda ko`proq bug`doy yetishtirishni xohlashadi. Boshqacha qilib aytganda taklif egri chizig`i o`ng tomonga suriladi. Talab egri chizig`io`zgarmaydi, chunki iste’molchilarning berilgan narxda bug`doy mahsulotlarini sotib olishga bo`lgan istaklariga yangi navning ta’siri yo`q. 7-chizmada bunday o`zgarish tasvirlangan. Taklif S1 dan S2 ga siljiganda,sotilgan bug`doy soni 100 dan 110 ga ko`tarilgan, narx esa 3$ dan 2$ ga tushgan.

Kashfiyot fermerga ijobiy ta’sir qildimi? Birinchi navbatda, fermerning umumiy daromadiga nima bo`lganligini hisoblaymiz. Fermerning umumiy daromadi PxQ, narxni bug`doy soniga ko`paytiramiz. Kashfiyot fermerga 2 yo`l bilan ta’sir qild. Yangi nav fermerga ko`p bug`doy yetishtirishni ta’minlaydi(Q- soni oshadi), lekin endi har bir boshoq past narxda sotiladi(P-narx tushadi).
Umumiy daromad oshadimi yoki oshmaydimi bu talabning elastikligiga bog`liq. Amaliyotda, bug`doy kabi asosiy oziq-ovqatlarga bo`lgan talab elastik emas, chunki bular nisbatan arzon va o`rnini bosadiganlari juda kam. 7-chizmadagi kabi talab elastikbo`lmaganida, narxlarning tushishi daromadning kamayishiga olib keladi. Chizmadan ko`rinib turibdiki daromad 300 dan 220 ga tushgan. Shunday qilib, yangi navning kashf qilinishi fermerlarning daromadi kamayishiga olib keladi.
Agar fermerlarga bu kashfiyot yomon ta’sir qilsa, kimdir qiziqishi mumkin nega ular buni qabul qilishadi.Javob raqobatbardosh bozor qanday ishlashiga borib taqaladi. Chunki har bir fermer bug`doy bozorining kichik bo`lagi, u bug`doyni berilgan narxda oladi. Istalgan berilgan narx uchun, yangi navdan foydalanish va ko`proq bug`doy sotish yaxshiroq. Lekin buni hamma fermerlar qilsa, bug`doy taklif oshadi, narxi esa tushadi va fermerlarga aks ta’sir qiladi.
Garchi bu misol gipoyezadek ko`rinse ham, o`tgan asr mobaynida Qo`shma Shtatlar iqtisodiyotidagi asosiy o`zgarishlarni tushunishga bu misol yordam beradi.
200 yil oldin ko`plab Amerikaliklar fermalarda yashashgan. Ferma metodlari
haqidagi bilimlar oddiy bo`lgan. Ko`plab Amerikaliklar aholini boqadigan oziq- ovqatni ishlab chiqaradigan fermer bo`lishga to`g`ri kelgan.
Vaqt o`tgan sari, fermerchilik texnologiyasidagi yuksalish har bir fermer ishlab chiqara oladigan mahsulotning miqdorini oshirishga olib keldi. Noelastik talab bilan birgalikda oziq-ovqat taklifidagi o`sish fermerchilikdagi umumiy daromadning tushushiga sabab bo`ldi. Bu esa odamlarni fermerchilik sohasidan chiqib ketishiga olib keldi.
Bir necha raqamlar bu tarixiy o`zgarishning ko`lamini ko`rsatadi. 1950-yilda Qo`shma Shtatlarda 10 million aholi fermerchilikda band bo`lgan, bu ishchi kuchining 17 % ini tashkil qiladi. Hozir esa 3 millionga yaqin aholi bu sohada faoliyat ko`rsatadi, bu ishchi kuchining 2 % ini tashkil etadi. Bu o`zgarish fermerchilikdagi samaradorlik bilan mos tushadi: fermerlar soninidagi 70 % pasayishga qaramasdan, hozir fermalar 1950-yilga nisbatan 2 barobar ko`proq hosil bermoqda.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari uchun bozorning bunday analizi ijtimoiy siyosat paradoksini tushunishga yordam beradi: Ma’lum qishloq xo`jaligi dasturlari fermerlarning barcha yerlariga ekin ekmaslikni majburlash orqali ularga yordam berishga harakat qiladi. Dasturlarning maqsadi qishloq xo`jaligi mahsulotlari taklifini qisqartirish va narxni ko`tarish. Ularning mahsulotlari uchun elastikbo`lmagan talab bilan ular bozorga kamroq hosil bilan chiqishsa, fermerlar ko`proq daromad oladilar. Hech qaysi bir fermer o`z yerini tashlab qo`ymaydi, chunki ular berilgandek bozor narxini olishadi. Lekin buni barcha fermerlar birgalikda qilishsa, har bir fermer uchun yaxshiroq bo`ladi.
Qishloq xo`jaligi texnologiyasining yoki siyosatining ta’sirini tahlil qilinganda, shuni yodda tutish kerakki fermerlar uchun yaxshi bo`lgan narsa butun jamiyat uchun yaxshi emas. Qishloq xo`jaligi texnologiyasidagi rivojlanish fermerlarga yomon bo`la oladi, chunki bu ularni keraksizga chiqarib qo`yadi, lekin oziq-ovqat mahsulotlariga kam to`laydigan iste’molchilar uchun esa bu yaxshi. Agar siyosat qishloq xo`jaligi mahsulotlarining taklifini qisqartirishga yo`naltirilsa, bu iste’molchi xarajatlariga aks ta’sir etadi.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish