Narx
Narx
Miqdor
Talab elastik bo’lgan holat Narx
Miqdor
Miqdor Miqdor
Talabning narx elastikligiga qo`shimcha ravishda, iqtisodchilar bozordagi xaridorlarning xatti-harakatini tasvirlash maqsadida elastiklikning boshqa turlaridan ham foydalanishadi.
Talabning daromad elastikligi Talabning daromad elastikligi iste’molchi daromadi o`zgarganda talab miqdorining qanday o`zgarishini bildiradi. Bu talab miqdorining foizdagi o`zgarishini iste’molchilar daromadining foiz o`zgarishiga nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:
Talabning daromad elastikligi = .
bo`limda muhokama qilganimizdek, ko`plab tovarlar normal tovarlardir: Yuqori daromad talab miqdorini oshiradi. Chunki talab va daromad bir xil yo`nalish bo`yicha harakatlanadi, normal tovarlar ijobiy daromad elastikligiga ega. Ba’zi tovarlar, misol uchun avtobusda qatnash, past mavqeli tovarlar hisoblanadi: yuqori daromad talab miqdorini kamaytiradi. Chunki talab va daromad qarama-
qarshi yo`nalishda harakatlanadi, past mavqeli tovarlar salbiy daromad elastikligiga ega.
Hatto normal tovarlar o`rtasida ham daromad elastikliklari hajm jihatdan sezilarli darajada o`zgaradi. Oziq-ovqat va kiyim kabi zaruriyatlar kichik daromad elastikligiga ega bo`ladi, chunki iste’molchilar daromadlari past bo`lganda ham bu tovarlarning ba’zilarini sotib olishni tanlaydilar. Qimmatbaho taqinchoqlar kabi hashamat tovarlar katta daromad elastikligiga ega bo`ladi, chunki iste’molchilar daromadlari juda ham past bo`lganda ham ularsiz ish qila olishligini bilishadi.
Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi. Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi bir tovarga bo`lgan talab miqdori boshqa bir tovarning narxidagi o`zgarishiga munosabati qanday bo`lishini ifodalaydi. Bu 1-tovarga bo`lgan talabning foizdagi o`zgarishi 2-tovar narxining foizdagi o`zgarishi nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:
Kesishgan Talab elastikligi= .
Bu elastiklik manfiy yoki musbat songa ega bo`lishi tovarlarning bir-birini to`ldiruvchisi yoki o`rnini bosishiga bog`liq. Masalan, hot dog narxining oshishi odamlarni gamburger olishga undaydi. Chunki hot dog narxi va gamburgerga bo`lgan talab bir xil yo`nalish bo`yicha harakatlanadi, narxlar kesishishidagi elastiklik ijobiydir. Bu misol bir-birini o`rnini bosadigan tovarlar uchun xosdir. Endi bir-birini to`ldiradigan tovarlarni ko`rib chiqamiz. Masalan, kompyuter va dasturiy ta’minot bir-birini to`ldiradi. Bu holda elastiklik salbiy bo`ladi. Chunki kompyuter narxining oshishi dasturiy ta’minotga bo`lgan talabning qisqarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |