Miqdor
Narx 4$ dan past bo’lsa talab hajmi cheksiz
Miqdor
Elastiklik 1 dan kichik bo`lganda, talab noelastik bo`ladi, ya’ni talab miqdori narxga nisbatan kamroq suriladi. Agar elastikli aniq 1 ga teng bo`lsa, narx va miqdor bir nisbatda suriladi va talab birga teng elastik deyiladi.
chizmada beshta holat ko`rsatilgan. 0 elastikka ega bo`lgan ekstremal holatda((a) panelda), talab batamom noelastik va talab egri chizig`i vertikal. Bu
holatda, narxdan qat’i nazar, talab bir xil bo`ladi. Elastiklik oshgan sayin, talab egri chizig`i yassi bo`lib boraveradi( (b), (c) va (d) qism). Natijada, talab butunlay elastik bo`ladi( (e) panel). Bu talabning narx elastikligi cheksizlikka intilgan sayin sodir bo`ladi va talab egri chizig`i gorizontal holatga keladi, narxdagi kichik o`zgarish talab miqdorining keskin o`zgarishiga olib keladi.
Umumiy daromad va talabning narx elastikligi
Bozordagi talab va taklif o`zgarishlarini o`rganayotganda, biz o`rganishni xohlaydigan bir o`zgaruvchi bu umumiy daromaddir, tovar uchun xaridor to`lagan va sotuvchi olgan miqdor. Ixtiyoriy bozorda umimiy daromad P x Q shaklida, ya’ni tovarning narxi (P) ko`paygan sotilgan tovar miqdori(Q). Buni biz grafikda ko`rishimiz mumkin.
Talab egri chizig`i ostidagi to`rtburchakning balandligi P, eni esa Q. To`rtburchakning yuzi P x Q ushbu bozordagi umumiy daromadga teng. 2- chizmada P=4$, Q=100, umumiy daromad 4$ x 100 yoki 400$.
Talab egri chizig`i bo`ylab narx yoki miqdor ko`chsa, umumiy daromad qanday o`zgaradi? Javob talabning narx elastikligiga bog`liq. Agar talab noelastik bo`lsa(3-chizma, (a) qism), narxning oshishi umumiy daromadning oshishiga sabab bo`ladi. Bu yerda narxning 1$ dan 3$ga ko`tarilishi talab miqdorini 100 dan 80 ga tushushiga sabab bo`ladi, demak umumiy daromad 100$dan 240$ ga oshgan. Narxning oshishi P x Q ni ham oshiradi, chunki Q talab miqdoridagi pasayish P narxdagi o`sishga nisbatan kichikroq bo`ladi.
Agar talab elastik bo`lsa biz qarama-qarshi natijaga erishamiz: narxning ko`tarilishi umumiy daromadning kamayishiga sabab bo`ladi. Masalan, 3- chizmadagi (b) panelda, narx 4$ dan 5$ ga oshganda, talab miqdori 50 dan 20 ga tushgan, demak umumiy daromad 200$ dan 100$ ga tushgan. Chunki talab elastik, talab miqdori narxga nisbatan ko`proq o`zgargan.
Bu chizmadagi misollar ekstremal bo`lishiga qaramasda, ular bir necha umumiy qoidalarni ifodalydi:
Talab noelastik bo`lganda(narx elastikligi 1 dan kichik), narx va umumiy daromad bir xil yo`nalishda harakatlanadi.
Talab elastik bo`lganda(narx elastikligi 1 dan katta), narx va daromad qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanadi.
Agar narx elastikligi aniq 1 ga teng bo`lsa, narx o`zgarganda umumiy daromad o`zgarishsiz qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |