rasm talab va taklifning bozor muvozanat sharoitida iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini ko`rsatadi. Iste’molchi ortiqchaligi muvozanat narxidan yuqorida va talab egri chizig’idan pastda joylashgan shakl maydoniga teng, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi esa muvozanat narxidan pastda va taklif egri chizig’idan yuqorida joylashgan shakl maydoniga teng ekanligini eslang. Shunday qilib, muvozanat nuqtasigacha talab va taklif egri chiziqlari o`rtasida joylashgan shaklning umumiy maydon ushbu bozordagi umumiy ortiqchalikni aks ettiradi.
Bu muvozanatda resurslar taqsimoti qanchalik samarali? Bu umumiy ortiqchalik maksimallashadimi? Bu savollarga javob berish uchun, eslang bozor muvozanat vaziyatida bo`lganda bozor narxi bozor faoliyatida ishtirok etayotgan sotuvchilar va xaridorlarni aniqlaydi. Tovarni uni bozor narxidan yuqori baholagan xaridorlar sotib oladilar (talab egri chizig’ida AE kesma bilan ifoda etilgan), tovarni uni narxidan past baholagan xaridorlar (EB kesma bilan ifoda etilgan), uni sotib olishdan voz kechadilar. Xuddi shunga o`xshash, xarajatlari narxdan kichik bo`lgan sotuvchilar (CE kesma bilan ifoda etilgan) tovarni ishlab chiqaradilar va sotadilar; xarajatlari bozor narxidan katta bo`lgan sotuvchilar (ED kesma bilan ifoda etilgan), uni ishlab chiqarish bilan shug’ullanishni istamaydilar.
Bu kuzatuvlar bozor natijalarini ikki xil tushunishga olib keladi.
Erkin bozorlar taklif etilayotgan tovarlarni ularni qolganlarga nisbatan yuqoriroq baholovchi xaridorlar o`rtasida taqsimlaydilar, u ularning to`lashga tayyorligi bilan aniqlanadi.
Erkin bozorlar bu tovarlarni kam xarajatlar bilan ishlab chiqaruvchi etkazib beruvchilarning tovarlariga talab bildiradilar.
Shunday qilib, ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlarning bozor muvozanati sharoitida ijtimoiy rejalashtiruvchi iste’molchilarning istemolini yoki etkazib beruvchilarning ishlab chiqarishlarini taqsimotini o`zgartirib, iqtisodiy farovonlikni oshirish imkoniyatiga ega emas.
Biroq, ijtimoiy rejalashtiruvchi taklif etilayotgan tovarning miqdorini ko`paytirish yoki kamaytirish yordamida umumiy farovonlikni oshirish imkoniyatiga egami? Javob – yo`q, bu bozor natijalari haqidagi uchinchi tushunishning shakllanishidir.
Erkin bozorlar iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar umumiy ortiqchaligini maksimallashtiruvchi tovarlar miqdorini ishlab chiqaradilar.
chizma yuqoridagi fikr nega to`g’ri ekanligiga isbot keltiradi. Bu chizmani izohlash uchun talab egri chizig’i xaridorlar uchun tovar qimmatini aks ettirishini va taklif egri chizig’i sotuvchilarning xarajatlarini aks ettirishini esga oling.
Muvozanatli darajadan pastdagi qandaydir miqdorda, misol uchun Q1 da, chekli xaridorning qimmati chekli sotuvchining xarajatlaridan ortiq bo`ladi. Natijada ishlab chiqarish va iste’mol miqdorining o`sishi umumiy ortiqchalikni oshiradi. Bu toki miqdor muvozanat darajasiga yetguniga qadar to`g’ri davom etadi.
Shuningdek, muvozanatli darajadan yuqoridagi qandaydir miqdorda, misol uchun Q2 da, chekli xaridorning qimmati chekli sotuvchinung xarajatlaridan kam bo`ladi. Shunga ko`ra, miqdor pasayishi umumiy ortiqchalikni oshiradi va bu toki miqdor muvozanat nuqtasidan pasaygunga qadar to`g’ri davom etadi. Umumiy ortiqchalikni maksimallashtirishda ijtimoiy rejalashtiruvchi qayerda taklif va talab egri chiziqlari kesishsa shu miqdorni tanlaydi.
Bu 3 ta tushunishlar birgalikda bizga bozor natijasi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklari yig’indisi qanday katta bo`lishi mumkinligidan iborat bo`lishini ko`rsatadi. Boshqa so`zlar bilan aytganda, muvozanatli natija bu resurslarni samarali taqsimlanishidir. Ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi, demak, bozor natijasi adolatli bo`lishiga imkon berishi mumkin. Bu siyosat adabiy jihatdan tarjima qilinganda “ularga qilishga ijozat” degan ma’noni anglatib, Frantsuzcha ”aralashmaslik” iborasiga to`g’ri keladi.
Jamiyat bu rejalashtiruvchi aralashuviga muhtoj emasligidan baxtlidir. . Garchi bu foydali bo`lsada hamma narsani yaxshi biladigan kuchli nazariyaga ega diktator shunday qiilsa, o`sha shaxs uni yo`qotishi shart emasligini tasavvur qiling. Bunday xususuyat bilan kirishish qiyin. Diktatorlar kamdan-kam ko`ngilchanlik qiladilar va hattoki biz kimnidir o`ta samimiy deb hisoblasak, ular yaxshi munosabatda bo`lmaydilar.
Tasavvur qiling, bizning ijtimoiy rejalashtiruvchi bozor tazyiqlariga bo`ysunmay o`zicha resurslarni samarali taqsimlashga harakat qildi. Bunday qilish uchun u bozordagi har bir imkoniyatli iste’molchining qimmatini va har bir ishlab chiqaruvchining xarajatini bilishi kerak. Bundan tashqari u nafaqat shu bozordagi, balki iqtisodiytdagi boshqa minglab bozorlardagilarini ham bilishi lozim. Bu ish esa birmuncha qiyindir, chunki qandaydir sababga ko`ra markaziy rejalashtirilgan
iqtisodiyotlar hech qachon juda yaxshi ishlamaydilar.
Reja qiluvchining ishi oson, biroq u o`ziga hamkor topishi kerak. Adam Smit bozorning ko`rinmas qo`li desak adashmaymiz. Bu qo`l barcha ma’lumotlarini shu jumladan xaridor va sotuvchilar qiymatini oladi va har bir kishiga bozordagi iqtisodiy samaradorlik haqida yo`l-yo`riq ko`rsatadi. Bu takrorlanmas darajadagi mahorat. Bu qandaydir sababga ko`ra iqtisodchilar ko`pincha erkin bozorlar iqtisodiy faollikni tashkil etichning eng yaxsi yo`li ekanligining tarafdori hisoblanadilar.