Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi



Download 4,66 Mb.
bet58/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi


Bozorni baholash samarasida biz o`zimizning tahlillarimizni yangi, tahminiy xususiyatga ega bo`lgan ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi deb nomlangan atama bilan tanishtiramiz. Ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi bu taniqli, kuchli,
aniq maqsadga ega bo`lgan diktatordir. Rejalashtiruvchi jamiyatdagi barchani iqtisodiy rivojlanishini oshirishni xohlaydi. Buning uchun rejalashtiruvchi nima qilishi kerak? U xaridor va sotuvchini o`zlari kelishib olishlariga qo`yib berishi kerakmi? Yoki u bozor samaradorligini shunday yo`l bilan o`zgartirish orqali iqtisodiy rivojlanishni o`stira oladimi?
Bu savollarga javob berish uchun rejalashtiruvchi avvalo jamiyatning iqtisodiy rivojini qanday baholashini bilib olishi darkor. Ulardan biri iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarining umumiy yigindisidir. Iste'molchi ortiqchaligi xaridorlarning bozordagi ishtirokidan kelib chiqadigan foydadir, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi bu sotuvchinig qo`lga kiritgan foydasidir. Shunday ekan umumiy ortiqchalik jamiyat iqtisodiy rivojlanishining ko`rsatkichi hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanishning bu ko`rsatkichinii yaxshi tushunish uchun iste'molchi va ishlab chiqaruvchi oqtiqchaligini o`lchab ko`rish kerak. Biz iste'molchi ortiqchaligini shunday aniqlaymiz:
Iste'molchi ortiqchaligi = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar tomonidan to`langan narx
Shunga o`xshab, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini ham aniqlab olamiz:


Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi = sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xarajatlari
Agar biz iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarini birlashtirsak biz quyidagilarga erishamiz:
Umumiy ortiqchalik = (xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar tomonidan to`langan narx) + (sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xarajatlari)
Xaridorlar tomondan to`langan narx sotuvchilarning sotgan narxi bilan tenglashadi, shuningdek ushbu iboradagi ikki atama o`chib ketadi va natijada umumiy ortiqchalikni yozishimiz mumkin:
Umumiy ortiqchalik = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - sotuvchilarning xarajatlari)
Bozordagi umumiy ortiqchalik bu xaridorlar tovarga o`zlarini hoxishlari asosida to`lamoqchi bo`lgan umumiy narxdan sotuvchilar bu tovarni ishlab chiqarish uchun qilgan umumiy xarajatlarni ayirish natijasidir.
Agar resurslar taqsimoti umumiy ortiqchalikni maksimallashtirsa, biz bu taqsimot samaradorlikni ko`rsatadi deb aytamiz. Agar taqsimot samarali bo`lmasa, unda sotuvchi va xaridorlar ichida ba’zilari savdodan keladigan imkoniyatli yutuqlardan mahrum bo`lgan hisoblanadi. Misol uchun, agar sotuvchilar ishlab chiqarilgan mahsulotni eng past xarajatlardan ham past narxda sotsalar taqsimot samarasizdir. Bu holatda, yuqori xarajatli ishlab chiqaruvchidan pats xarajatli islab chiqaruvchiga o`zgarish sotuvchining umumiy xarajatlarini pasytiradi va umumiy ortiqchalikni oshiradi. Shunga o`xshab, agar xaridorlar mahsulotni eng yuqori daromadlaridan yuqori qiymatda iste’mol qilsa ham taqsimot samarasiz bo`ladi. Bu holatda tovarlar iste'molida past daromadli xaridordan yuqori daromadli xaridorga o`zgarish umumiy ortiqchalikni o`sishiga sabab bo`ladi.
Samaradorlikka qo`shimcha qilib shuni aytish lozimki, ijtimoiy rejalashtiruvchi tenglik haqida ham, ya’ni bozordagi turli xil xaridor va sotuvchi iqtisodiy rivojlanishda bir xil darajada borishi haqida o`ylashi kerak.
Buning asl m’anosi esa bozor ishtirokchilarining bir pirokni teng bo`lib olishiga o`xshaydi.Samaradrlik degan savol esa iloji boricha o`sha pirokning katta bo`lishi anglatadiadi. Tenglik tushunchasi esa o`sha pirok neha bo`lakka bo`lingani hamda ishtirokchilar o`rtasida qanday bolinganinni angladi. Bu bobda biz samarali ijtimoiy rejalashtirish maqsadlari haqida gaplashamiz .Shuni yodda tuting haqiqiy iqtisodiysiyosatchilar har doim tenglik bo`lishi haqida qayg’urishadi.
Tenglik-bu jamiyat a’zolari o`rtasida iqtisodiy resurslarning iqtisodiy o`sish uchun teng taqsimlanishidir.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish