Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet172/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Sof investitsiya - yalpi investitsiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag`ni ajratgandan keyingi qolgan qismi.


Sof investitsiya = Yalpi investitsiya - Qoplash.


Agar yalpi investitsiya qoplashdan yuqori bo`lsa, sof investitsiya musbat bo`ladi (bu holda kapital ko`payadi va ishlab chiqarish kengayadi). Agar yalpi investitsiya qoplashdan kichik bo`lsa, sof investitsiya manfiy bo`ladi (mavjud kapital kamayib boradi). Va nihoyat, yalpi kapital qoplashga teng bo`lsa, kapital hajmi o`zgarmaydi (bu holda kapital oddiy takror ishlab chiqarilmaydi).
Qisqa muddatli loyihalarni (qisqa muddatli investitsiyalarni) tahlil qilganda kapitalning ichki o`zini oqlash koeffitsienti r dan va ssuda foizi i dan foydalaniladi. Qisqa muddatli oraliqdagi investitsiyalarning (bir yillik oraliqdagi) chekli sof oqlashi ularning chekli ichki oqlash koeffitsientidan ssuda stavkasi foizini ayirish orqali aniqlanadi:
r r i,
bu erda r - chekli sof qoplash;
r - chekli ichki qoplash;
i - ssuda stavkasi foizi.
Agar r i bo`lsa, investitsiyadan olinadigan foyda maksimal bo`ladi.
Faraz qilaylik, firma mandarin sotish bilan shug`ullanadi, deylik. Firma sotish quvvati turli bo`lgan do`konlarni qurmoqchi. Do`konlarni qurish uchun sarflanadigan kapital mablag`lar, sotish uchun sarflanadigan harajatlar quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval). Ssuda foizi stavkasi 10 foiz bo`lsin.

1-jadval.


Bir yillik investitsiya qaytimlari


Do`kon- larning sotish quvvati (bir
kunlik), kg

Umumiy investitsi- ya (kapital mablag` sarfi), so`m

Chekli inves- titsiya, so`m

Kapitalga to`lanadi- gan chekli foiz, so`m

Chekli sotish harajatlari, so`m

Chekli umumiy xarajat- lar, so`m (MC)

Investi- tsiyadan olinadigan daromad, so`m (MR)

Chekli foyda, so`m

1000

100000

100000

10000

5000

115000

120000

5000

2000

200000

100000

10000

7500

117500

120000

2500

3000

300000

100000

10000

10000

120000

120000

0

4000

400000

100000

10000

12500

122500

120000

-2500

5000

500000

100000

10000

15000

125000

120000

-5000

Bir kunda 1000 kg mandarin sotadigan do`kon qurish uchun 100000 so`m sarflanadi, 2000 kg uchun esa 200000 so`m sarflanadi va hokazo. Sotish masshtabi 1000 kgga oshganda umumiy sarflanadigan capital hajmi 100000 so`mga o`zgaradi. Foiz stavkasi 10 foiz bo`lgani uchun chekli investitsiya 100000 so`mga, to`lanadigan mablag` 10000 so`mga teng. Har bir 100000 so`mlik chekli investitsiyadan olinadigan chekli daromad bir xil bo`lib, u 120000 so`mga teng. Sotish quvvati 1000 kg bo`lganda, chekli umumiy harajat (chekli investitsiya plyus kapitalga to`lanadigan chekli foiz plyus chekli sotish harajati) 115000 so`m bo`ladi va chekli foyda 120000-115000 = 5000 so`mni tashkil etadi. Sotish quvvati 2000 kg bo`lgan do`kon uchun ushbu ko`rsatkichlar mos ravishda 117500 va 2500


so`mga teng bo`ladi. Agar chekli harajat MC chekli daromad MR ga teng bo`lsa
MC MR , kapitaldan olinadigan foyda maksimal bo`ladi. Do`konlarning bir kunlik sotish quvvati 3000 kg bo`lganda foyda maksimal bo`ladi, ya’ni 5000+2500=7500 so`m. Ushbu holat quyidagi 1-rasmda ifodalangan.
Ishlab chiqarish masshtabi oshishi bilan birga chekli harajat ham oshib boradi, shuning uchun ham MC chizig`i musbat yotiqlikka ega. Chekli daromad 120000 ga teng bo`lganligi uchun MR chizig`i 120000 nuqtadan o`tib abtsissa o`qiga parallel bo`ladi. MC chizig`i bilan MR chizig`ining kesishgan nuqtasi maksimal foydani ta’minlaydigan optimal sotish quvvati 3000 kg ga teng ekanligini aniqlaydi.
MR, MC
MR=120000


Q Sotish quvvati
3000



Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish