Odamlar rag`batlarga ta’sirchandirlar
Rag`batlantirish bu insonni kelajakda jazo yoki mukofot olishga undovchi xatti-harakatidir. Chunki, oqil odamlar foyda va xarajatlarni solishtirib qaror qabul qilishadi va ular rag’batlantirishlarga ta’sirchandirlar. Mikroiqtisodiyotni o`rganishda bu rag’batlar markaziy rol o`ynaydi. Bir iqtisodchi o`z taxminlarida juda uzoqqa ketdi va bularni umumlashtirib oddiygina: “odamlar rag`batlarga ta’sirchandirlar. Izohga hojat yo`qdir” degan ekan.
Bozorlar ishlashini tahlil qilishda rag`batlantirishlar qay darajada muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, olma narxini oshishi natijasida odamlar kamroq olma yeyishga qaror qabul qilishadi. Shu bilan birga, olmazor egalari ko`proq ishchilar yollashga va yana olma yetishtirishga qaror qabul qiladilar. Boshqacha qilib aytganda, bozorda yuqori narx xaridorlar iste’moli hajmini kamaytiradi va sotuvchilarni rag`batlantirib yanada ko`proq miqdorda ishlab chiqishga undaydi. Narxlarni iste’molchilar va ishlab chuiqaruvchilar xatti-harakatiga ta’siri bozor iqtisodiyoti noyob resurslarini ajratishida muhim ahamyat kasb etadi.
Avtomobillarda xavfsizlik kamarlari qonuni qay darajada natija berdi? Natijalar to`g`ridan to`g`ri aniqdir: qachonki shaxs kamarni taqsa, baxtsizlik paytida omon qolish darajasi ko`payadi. Lekin bu imtiyozlarni oxiri emas, chunki qonun ham o`zgarishni rag`batlantiruvchi xatti - harakatdir. Haydovchilarning xatti
- harakatiga mos tezligi ularning mashinaga munosabatini ko`rsatadi. Sekin va ehtiyotkorlik bilan haydash qimmatga tushadi, chunki u haydovchining vaqti va energiyani ko`p ketishiga sabab bo`ladi. Ehtiyotkorlik bilan mashina haydashga qaror qilishni oqil odamlar chekli xarajatlarni mashina haydashni xavfsizligidan foydani solishtirish chegarasi bebaholigini ko`radi. Natijada ular sekinroq haydashadi va e’tiborliroq bo`lib xavfsizlikning kuchayishi foydasi oshadi. Masalan, qachonki yo`llar muz bilan qoplangan bo`lsa, yo`llar ochiq va tiniqligiga qaraganda odamlar mashinalarni diqqatliroq va sekinroq haydashadi.
Keling xavfsizlik kamari bo`yicha qonun natijasida haydovchi xarajatlari- foydasi qanchalik o`zgarishini ko`rib chiqaylik. Xavfsizlik kamarlari baxtsiz hodisaga qaraganda ancha foydalidir, chunki ular jarohat yoki o`lim xavfini
kamaytiradi. Boshqacha so`zlar bilan aytganda xavfsizlik kamarlari sekin yurish va ehtiyotkorroq bo`lib haydashning foydasini kamaytiradi. Odamlar kamar taqib yurishga mas’uldir, ular kam diqqatlik va tezroq haydash natijasida yo`l sharoitlarini yaxshilaydilar. Shunday qilib, xavfsizlik kamarlari qonunan baxtsiz hodisalar sonini kamaytiradi, xavfsiz mashina haydashni kamaytirish natijasida ko`proq piyodalarda (farqli o`laroq balki haydovchilarda ham) hech qanday qo`shimcha himoya afzalligi bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |