Qisqacha xulosalar
Mikroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi - bu jamiyatdagi jarayonlarda mavjud resurslarni cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, farovonlikni oshirish yo`llarini asoslab berish hisoblanadi.
Mikroiqtisodiyot fani - turli moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa tur boyliklarni bir korxona, bir tadbirkor, yakka uy xo`jaligi faoliyati doirasida foydalanishini – olish, sotish, unga talab, uning taklifi, jamiyatdagi ma’lum bir mamlakatdagi barcha resurslar doiraviy aylanishini, ularni samaralik ishlatilishini o`rganadi.
Mikroiqtisodiyot iqtisodiyotning ayrim sub’ektlari - iste’molchilar, mehnat qiluvchilar, kapital qo`yuvchilar, resurs egallari va ayrim firmalar tomonidan bir qarorga kelishning mexanizmini o`rganadi. U bozorlar va sanoat tarmoqlarini shakllantiruvchi iste’molchilar va firmalarning birgalikdagi xatti-harakatlarini tadqiq etadi.
Mikroiqtisodiyot nazariyani tadbiq etishga asoslanadi, nazariya esa iqtisodiyot ayrim sub’ektlarining sa’y-harakatlarini tushuntirishga yordam beradi, kelajak uchun tegishli prognozlar qilishda qo`l keladi. Nazariyaning matematik ifodasi bo`lgan modellar mazkur tushuntirib berishning tasviri sifatida va prognozlash jarayonida qo`llaniladi.
Mikroiqtisodiyotiyot iqtisodiy hodisalarni tushuntirib berish va prognozlash bilan shug’ullanadi. Biroq, mikroiqtisodiyot uchun me’yoriy taxlil ham muhim bo`lib, tahlilda biz qanday muqobillik kim uchun yaxshiroq, firma uchunmi yoki butun jamiyat uchunmi, degan savolga javob beramiz. Me’yoriy taxlil ko`p hollarda ba’zi bir baholarni berishga oid mulohazalar bilan ham birga borishi zarur, chunki bu erda tenglik va adolatlik iqtisodiy samaradorlik singari ko`rib chiqilishi mumkin.
Bozor degan tushunchaga xaridorlar va sotuvchilarning majmui taalluqli bo`lib, ularning o`zaro aloqalari tufayli tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo`ladi. Mikroiqtisodiyot ayrim olingan bitta xaridor yoki sotuvchi narxga ta’sir ko`rsata olmaydigan raqobatli bozorni ham, ayrim agentlar narxga ta’sir eta oladigan raqobatsiz bozorni ham o`rganish bilan shug’ullanadi.
Muqobil qiymat – bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat qimmati bilan o`lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir.
Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni eng kam
resurslarni sarflab, o`zining eng ko`p ehtiyojlarini qondirishi haqidagi fikrdir.
Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi optimallashtirish va muqobil xarajatlar tamoyillari asosida echiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |