Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet6/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Bozor va uning vazifasi


Bozor iqtisodiyoti asosiy iqtisodiy vazifalarni hal etishda unga teng keladigan muqobil variantning yo`qligini isbotladi.
Birinchidan, bozor ishlab chiqarish va iste’molning o`zaro bog’liqligini ta’minlaydi. Bu funktsiyani u taklifni to`lov qobiliyatli talab hajmiga muvofiqligini o`rnatish orqali amalga oshiradi.
Ikkinchidan, xolis ishlab chiqaruvchilar mehnatining natijalarini ijtimoiy baholashni kafolatlaydi. Bunday baholash mexanizmi oddiy, samarali va ob’ektivdir. U bir narsadan: oldi-sotdi bo`lidimi yoki yo`qligidan iborat.
Uchinchidan, bozor ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi uchun sharoit yaratadi. Bunga qoloqlarni ilg’orlardan «ajratuvchi» raqobat yordam beradi.
«Sof» bozor hech qachon mavjud bo`lmagan, bu hayoliy tizim - «mukammal raqobat» deb ataluvchi «hayoliy» modeldir. Erkin bozor yoki «mukammal raqobat» ishi qator majburiy shartlar, institutlar mavjudligi bilan aniqlanadi:
xususiy mulkchilik;
tadbirkorlik va tanlash erkinligi;
shaxsiy manfaat faoliyatning asosiy sababi sifatida; raqobat;
bozor narxlari tizimiga tayanish; davlat rolining cheklanganligi.
Bu barcha institutlar xo`jalik faoliyatini rivojlantirish asosi sifatida iqtisodiy rag’batlantirish tizimini vujudga keltiradi.


3 Microeconomics, Second Edition bv Robert S. Pindyck, 12 bet
Xususiy mulkchilik- bu fuqaro yoki firmani iqtisodiy ne’matga egalik qilish, foydalanish, taqsimlash huquqidir.
Agar mulkchilik huquqlari yaqqol aniqlangan va ishonchli himoyalangan bo`lsa, bunday tizim resurslardan yaxshiroq foydalanishni ta’minlaydi.
Tadbirkorlik erkinligi har qanday inson tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi mumkinligini: resurslarni sotib olish va o`z tanloviga ko`ra har qanday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, ularni bozorda sotish, pullarni bankka qo`yish va boshqalarni ko`zda tutadi.
Tanlash erkinligi resurs egalarini ularni o`z hohishiga qarab foydalanish: xodimlar uchun har qanday faoliyat turi bilan shug’ullanish, iste’molchilar uchun o`z pul daromadlariga tovar va xizmatlarni sotib olish imkoniyatini ko`zda tutadi. Tanlovning to`g’riligi va tadbirkorlik erkinligi iqtisodiyot holati haqidagi axborot to`la hajmining mavjudligi bilan aniqlanadi.
Shaxsiy manfaat faoliyatning asosiy sababi rag’bat, xo`jalik faoliyati sababidir. Bozorda faoliyat ko`rsatayotgan barcha sub’ektlar o`zining shaxsiy manfaatini ko`zlaydi, ularni Adam Smit ta’biricha «ko`rinmas qo`l» boshqaradi. U bozorning barcha qatnashchilarini barcha uchun farovonlikni oshishini ta’minlovchi yo`nalishda harakat qilishga undaydi. Har bir odamnm boylikka intilishi umuman butun jamiyatning boyligiga olib keladi.
Raqobat – cheklangan resurslarning ko`proq miqdoriga, ulardan eng ko`p qaytim olish maqsadida ularni o`z ihtiyoriga olish uchun xo`jalik sub’ektlari o`rtasidagi musobaqadir.
Odatda, raqobat odamlarni cheklangan resurslarni olish va ishlatishning eng oqilona yo`llarini izlashga uyg’otib, ijobiy rol o`ynaydi.
Bozor narxlari tizimiga tayanish. Narx bozorda iqtisodiy vaziyat ko`rsatkichi bo`lib xizmat qiladi va uchta funktsiyani bajaradi:
xaridor va sotuvchilar harakatini yo`naltiruvchi axborotni beradi; ishlab chiqarishning samaraliroq yo`llarini rag’batlantiradi; bozor sub’ektlari o`rtasida daromadlarni taqsimlaydi.
Narxlar bu uchta funktsiyani bajarishi uchun, ularga erkin harakatlanishni ta’minlash zarur bo`ladi.
Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida yechiladi:

  • optimallashtirish tamoyili - har bir faoliyatdan va resurslardan foydalanishdan maksimal foyda olish;

  • muqobil xarajatlar tamoyili - noyob resurslardan foydalanish yo`nalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali.

Iqtisodiy sub’ektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga ko`ra o`z maqsadlariga erishishi uchun xo`jalik faoliyatida faol qatnashadilar, buning asosiy mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy sub’ektlar berilgan resurslardan foydalanishdan olinadigan natijalarni maksimallashtiradi yoki ma’lum natijalarni olish uchun xarajatlarni kamaytiradi.
Mikroiqtisodiyot iqtisodiy sub’ektlarni ikkiga bo`lib qaraydi - iste’molchilar (uy xo`jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi - mumkin darajada o`zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo`lsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko`rsatkichlarini maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir.
Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:

  1. ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;

  2. iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) muvofiqlashtirish;

  3. ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo`yicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish.

Bu muammo tovarlar aylanmasi modeli orqali tahlil qilinadi (1-chizma).




Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish