Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet119/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Monopol bozorlarda foydani maksimallashtirish

Raqobatli bozorda firma agar u chekli daromad chekli xarajatga teng holatni ta’minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsa, maksimal foyda oladi, bunday mahsulot hajmi optimal bo`ladi. Monopolist ham shu optimal ishlab chiqarish shartiga amal qilishi kerak bo`ladi. Sof monopolist tovariga bo`lgan talab ham bozor talabi hisoblanadi. Monopolist o`z tovari narxini oshirsa, unga talab hajmi kamayadi va aksincha, monopolist tovar narxini tushirsa unga talab hajmi ortadi.
Xuddi shunday sof monopolist taklifi ham bozor taklifi hisoblanadi. Masalan, tovar ishlab chiqarishning o`zgaruvchi xarajatlari oshsa, monopolist maksimal foyda olish uchun tovar hajmini qisqartiradi. Taklif hajmining qisqarishi va xaridorlar o`rtasida raqobatning mavjudligi tovar narxini oshiradi.
Agar monopolistning talab chizig`i raqobatlashgan bozordagiday gorizontal bo`lganda edi, u tovar hajmini o`zgartirishi bilan narxga ta’sir qila olmas edi. Monopollashgan bozorda taklif chizig`i ma’noga ega emas. Nega bunday, chunki ishlab chiqariladigan mahsulot (taklif) miqdori bilan narx o`rtasida proportsional bog`liqlik yo`q. Monopolistning qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarishi nafaqat chekli xarajatga bog`liq, balki talab chizig`ining shakliga ham bog`liq bo`ladi.
Monopol bozorda talabning o`zgarishi narxning va taklifning raqobatlashgan bozordagiday proportsional o`zgarishiga olib kelmaydi. Monopolist, talab o`zgarganda mahsulot hajmini o`zgartirmasdan narxni o`zgartirishi yoki narxni o`zgartirmasdan mahsulot hajmini o`zgartirishi yoki bir vaqtning o`zida narxni hamda mahsulot miqdorini o`zgartirish mumkin.


18 Pindayk R.,Rabinfeld D., Microeconomics. P.302
Monopolistning maqsadi maksimal foyda olish bo`lsa, u tovar narxini xohlagancha oshira olmaydi. Narx oshishi bilan mahsulotga talab kamayib boradi, narx oshishi ma’lum darajaga yetganda, umumiy daromad umumiy xarajatni qoplamaydi. Monopolist qanday narx strategiyasini tutishini bilish uchun daromadning narxga ko`ra talab elastikligi bilan qanday bog`liqligini eslash zarur bo`ladi. Talab chizig`ining elastik bo`lgan qismida narxning pasayishi umumiy daromadni o`sishiga olib keladi, elastiklik birga teng bo`lganda, umumiy daromad maksimumga erishadi (MR=0), elastik bo`lmagan qismida narxning pasayishi umumiy daromadni pasayishiga olib keladi. Shuni tushungan monopolist talab chizig`ining elastik bo`lmagan qismida harakat qilmaydi.


Daromad R
A

B
Talab chizig`i





0 Q*
Q maxsulot miqdori
C

Firma daromadi R


TR max

Q
Q*


Sof monopoliyada firmaning mahsulotiga talab, uning chekli va umumiy daromadi19


Monopolist ham raqobatlashgan bozordagi firma kabi chekli harajat bilan




19 B. Salimov va boshqalar. Mikroiqtisodiyot. O`quv-uslubiy majmua. TDIU

chekli daromadni tengligini ta’minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsagina maksimal foyda olishi mumkin. Monopolistning o`rtacha daromad chizig`i bozor talabi chizig`ini beradi. Mahsulot narxi shu mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq funktsiya.



Ishlab chiqarish va uni rejalashtirish to`g`risida gapirganda, ular qisqa va uzoq muddatda amal qilishining farqiga borish muhimdir. Qisqa muddatli deb ishlab chiqarish omillarini hech bo`lmaganda birontasini o`zgartirishi mumkin bo`ladigan davrga aytiladi. Shu vaqt davomida o`zgarmaydigan omillarni doimiy ishlab chiqarish omillari deyiladi. Masalan, firmaning kapitalidan foydalanish yo`nalishini o`zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi zavod loyihalashtirilishi va qurilishi, stanoklar, boshqa asbob-uskunalar buyurtirilishi va joylashtirilishi kerak, buning uchun bir yil va undan ortiq vaqt ketadi. Chekli daromad chekli xarajatga teng bo`lgan Qmaxga yetmagunicha firma ishlab chiqarish darajasini o`zgartirmaydi.


Monopolistning chekli daromadi chekli xarajatlarga (nuqta A) teng bo'lgan miqdorda tanlab olinsa, foyda eng yuqori darajada bo`ladi. Keyin bu miqdorni (nuqta B) sotib olish uchun iste'molchilarni undaydigan narxni topish uchun talab egri chizig’idan foydalaniladi.
Foydani maksimallashtirish uchun bu qoida istalgan raqobatli firma va

monopol firmaga xos.

raqobatli firma uchun: P = M R = MC. monopol firma uchun: P> M R = MC.



Foyda - maksimal miqdorda chekli daromaddan ortadi va chekli iqtisodiy tenglik har ikki firma turlari uchun bir xil bo`ladi. Firma foydasi mahsulot narxi va ishlab chiqarishga ketgan xarajatga bog`liq.
Monopolist qancha foyda ko`radi? Grafikda monopol firmaning foydasini ko`rish uchun umumiy daromad (TR)dan umumiy xarajatlarni (TC) ayirib tashlash kerak:
Foyda = TR - TC.
Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvchi xarakteriga ko`ra firma ishlab chiqarish tuzilishi 3 xil ko`rinishda tashkil etiladi: texnologik, buyumli (buyumli- yakunlangan), aralash (buyumli-texnologik). Texonlogik tuzilishga ko`ra sexlarda texnologik jihatdan bir xil jarayonlar bajariladi. To`qimachilik firmalarida to`quv, bezak berish sexlari, mashinasozlik korxonalarida - quyish, termik, mexanik, yig`ish sexlari. Bunda ish o`rinlarining ixtisoslashuvi chuqurlashadi, ya`ni har bir bo`limga ma`lum bir texnologik operatsiyalar biriktiriladi. Natijada ishlab chiqarishga maxsus jihozlarni joriy etish imkoniyati kengayadi. Shuningdek, firmalar boshqa firmalar bilan mahsulot sotish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash borasida ham ishlab chiqarish aloqalarini o`rnatadi. Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. Ishlab chiqarish ijtimoiy rivojlanish mahsuli va ijtimoiy mehnat jarayonining ob'yektiv zaruriy unsuridir. Binobarin, har qanday nisbatan katta miqyosda amalga oshiriladigan bevosita ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat hozirgi zamon texnika tarqqiyoti bilan uyg`unlikda o`rnatiladi. Ishlab chiqarishni har tomonlama mukammal tashkil etish, uning doirasida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-texnikaviy xarakterdagi alohida faoliyatlar tushuniladi. Bu munosabatlar kooperatsiya va mehnatni, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasiga bog`liq. Ishlab chiqarishni tashkil etish va uni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda rag`batlantirish ishlab chiqarishni

boshqarishning barcha funksiyalari jarayonida o`z aksini topadi. Biz buni quydagicha qayta yozishinmiz mumkin
Foyda=(T R /Q - TC/Q) X Q.
TR / Q –o`rtacha daromad, P narx va TC / Q o`rtacha umumiy narxlar bo`lib, ATC quydagida teng.
Foyda= (P - ATC ) X Q.
(Shuningdek, raqobatli firmalar uchun ham o`rinli) bu tenglama bizga foydani hisoblash imkonini beradi.
5-grafikda monopolist foydasi keltirilgan. (segment BC) jadvaldagi narxdan o`rtacha xarajatni ayiramiz va P - sotilgan tipik mahsulot foydasi hosil bo`ladi, ATC- o`rtacha umumiy xarajatlardir. Jadvaldagi (segment DC) kengligi Qmax sotilgan mahsulot miqdori hisoblangani uchun bu jadval maydoni monopol firmaning umumiy foydasi hisoblanadi.

Iste'molchilar nuqtai nazaridan, bu yuqori narxlar monopolist uchun noqulaylik qiladi. Shu bilan birga, monopolist narxlarni ko`tarish orqali foyda ko`radi. Firma egalarining nuqtai nazaridan, yuqori narxlar monopolist uchun juda qulaydir. Bu firmaning foydasi butun jamiyat nuqtai nazaridan iste'molchilarga yuklatilgan xarajatlarni oshirib, foydani maksimallashtirish maqsadga muvofiqdir. Monopoliya o`z tabiatiga ko`ra ishlab chiqarishda turg`unlik paydo qiladi, chunki monopolist
mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda ko`rish, raqobatning yo`qligi yoki zaifligidan foydalanib, bozorga o`z izmini o`tkazishi mumkin. Yirik kompaniyalarni mayda va o`rtalari bilan birlashishi ko`p tarqalgan. Vertikal ishlab chiqarish integratsiyasi shakllanganda yagona ishlab chiqaruvchi qolishi tabiiy.
Monopolistning ijtimoiy farovonlikga ta'sirini baholash uchun rejalashtirishda uni mahsulotining sotilish va ishlab chiqarilish darajalarini solishtirish zarur. Monopolist ishlab chiqarishda, chekli daromad va chekli xarajatlar chiziqlari kesishishini sotish miqdorini belgilab olish uchun foydalanadi.

Shunday qilib, jamiyat uchun monopolistning taklif etayotgan narxi xaridorlar talabi oshgan sari oshib boradi va narx oshgan sari esa xarid qobiliyati tushib boradi. Shuningdek, monopolistning narx jihatidan bozordagi talab egri chizig`i bo`yicha narxlar o`rtasidagi salbiy munosabatni samarasiz yuqori narxi bilan yuzaga keltiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining murakkabligi va o`zaro bog`liqligining qarama-qarshiligi, ularning ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tartibga soluvchi monopolist o`z maqsadlarini alohida holda emas, balki birgalikda, ularning o`zaro bog`liqligini inobatga olgan holda ishlab chiqishga majbur qiladi. Monopol kompaniyalarning iqtisodiy roli jamiyat iqtisodiy tizimida mulkchilik munosabatlarida iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy
tenglik me`yorlarini ta’minlashdan iboratdir. Ana shunday monopolistlarning jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy rolini amalga oshirishi uchun yirik miqdordagi moliyaviy resurslarga extiyoj sezadi va bunday moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish jarayonga ular ishlab chiqarish hajmi va narxlarni oshirish orqali erishadilar. Monopoliya oqibatida ijtimoiy tengsizlik vujudga kelishi mumkin. Buning uchun ularga strategik reja kerak bo`ladi. Strategik reja ijtimoiy-iqtisodiy maqsadni amalga oshirishning bayonnomasi bo`lib, u uzoq yoki qisqa muddatli maqsadlarni ifodalaydi. Strategik rejalarni tuzish jarayonida ijtimoiy chora-tadbirlar, aholi iste’moli va turli xildagi yuridik hamda jismoniy shaxslarning manfaatlarini nazarda tutish muhim hisoblanadi. Har qanday hollarda ham monopol foyda oladi, hukumat esa faqat soliqli daromadlar bilan cheklanadi.

Monopolist chekli xarajatni mahsulotni yuqori narxda qilib emas, balki uning narxini pastroq barcha iste'molchilar sotib oladigan qilib belgilashi o`rinli. Shunday qilib, monopolist tomonidan ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot miqdori ijtimoiy samarali darajadan past bo`lmasligi kerak. Ijtimoiy nafsizlik quydagiga teng bo`ladi: monopol ishlab chiqaruvchi xarajatlarini ya`ni chekli xarajat egri chizig`i va talab egri chizig`i o'rtasidagi uchburchak sohasida namoyon bo`ladi.
Monopolist firma o`z bozorini kuchaytirish tufayli yuqori daromad topishga harakat qiladi. Monopoliya kompaniyalarini iqtisodiy tahliliga ko`ra, firmaning
foydasi o`z navbatida jamiyat uchun muammo tug`dirishi tabiiy. Bu holga chek qo`yish uchun tovar ishlab chiqaruvchilarning bozordagi erkin raqobatini yo`lga qo`yish kerak. Bozorda tovar egalari uni sotish orqali xaridorni o`ziga qaratishga intiladi. Bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki is’temolchi o`z shartini qo`yadi, o`z izmini o`tkazadi. Iqtisodiyotning muhim tomoni ishlab chiqarilgan tovarga kishilar ehtiyojini qondirish uchun zarur miqdor va turda, ya’ni bozorda tan olinadigan darajada mehnat sarflanishidadir. Uning yana bir belgisi ayirboshlashning muqobil, ya’ni sarflangan ijtimoiy zarur mehnatga muvofiq amalga oshishi hisoblanadi. Bozorda nimaga talab oshib borsa, shu narsani ishlab chiqarish foyda beradi, binobarin, shu tarmoq kengayib boradi. Monopoliyaga xos belgi, bu tovar ishlab chiqaruvchilarning, umuman jamiyat a’zolarining o`z daromadiga ko`ra tabaqalashuvidir. Monopoliyaning mohiyati ijtimoiy davr xarakteri bilan, jamiyatdagi ishlab chiqarish munosabatlari tabiati bilan birgalikda davlatning talablari bilan ham belgilanadi. Monopoliyaning mohiyati va uning roli va maqsadlari korxona bajaradigan funksiyalari, ishlab chiqarish usullari, ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri bilan belgilanadi.



    1. Download 4,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish