Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


BOB. MONOPOL BOZORLARDA FIRMANING QAROR QABUL QILISHI



Download 4,66 Mb.
bet117/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

BOB. MONOPOL BOZORLARDA FIRMANING QAROR QABUL QILISHI15

    1. Monopol bozor xususiyatlari va ko`rinishlari

Firma yagona mahsulot sotuvchisi bo`lsa, u monopol hisoblanadi va uning mahsulotini o`rnini bosuvchi boshqa firmalar bo`lmaydi. Monopol firmaga deyarli to`siqlar qo`yilmaydi. Sababi, boshqa firmalar bozorda monopol firma bilan raqobat qila olmaydi, chunki monopol firmaning bozorida faqat sotuvchining o`zi qoladi. Buning o`z navbatida, uch asosiy manbalari bor:
Monopol resurslari: ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan asosiy resurs bitta firmaga tegishli bo`ladi. Monopol firmani vujudga keltirishning oddiy usuli, asosiy resurs egasi bo`lmish biror firma mahsulotini narxini oshirishidir. Misol uchun, muayyan kichik shaharchada suv yetkazib beruvchi bozorni ko`rib chiqsak. Suv yetkazib beruvchilar orasidagi raqobat natijasida, bir litr suvning narxi, ishlab chiqarish jarayonida chekli xarajat yuqori bo`lishiga qaramay, sotuvchilar mahsulotni arzonroq sotishga harakat qilishadi. Shaharchada monopolist uchun faqat bitta yaxshi tomoni, boshqa bir joydan suv olish mumkin emas, Buning oqibatida quduq egasi suv sotish ustidan monopol bo`lib qoladi. Ajablanarlisi ham shundaki monopolist raqobat bozorida birlamchi ehtiyoj tovari hisoblangan suv uchun past chekli qiymatni belgilasa ham, juda yuqori foydaga erishishi mumkin. Asosiysi mutlaq egalik amaliyoti monopoliya salohiyatiga sabab bo`lsa-da, kamdan-kam hollarda monopoliya yuzaga keladi. Iqtisodiy jihatdan quvvatli va aylanma mablag`i ko`p firmalar tomonidan chiqariladigan mahsulot brend hisoblanib, xalqaro bozorda o`z qiymatiga ega, odatda ularning ko`lami ko`pincha butun dunyo bo`ylab tarqalishiga qarab belgilanadi.
Hukumat tomonidan tartibga solish: hukumat bitta firmaga ba'zi bir xizmat ko`rsatish yoki ishlab chiqarishning mutlaq huquqini beradi. Hukumat biror kishi yoki ba'zi firmalarga xizmat ko`rsatish hamda sotish uchun eksklyuziv huquqni berish orqali monopoliyalarni vujudga kelishiga zamin yaratadi. Ba'zan monopol




15 Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics”7 e.) kitobining XV bobiga muvofiq holda tayyorlangan.
kengayish monopolistlarning siyosiy ta'sirdan kelib chiqqan holda ko`payadi. Masalan, Qirollik oilasi do`stlari va ittifoqchilari uchun maxsus litsenziya beradi. Shunday qilib, boshqa paytlarda davlat manfaati bo`lganligi sababli hukumatga monopol bo`lish uchun sharoit yaratiladi.
Patent va mualliflik huquqlari to`g`risidagi qonunlar bunga muhim misol. Qachonki farmatsevtika kompaniyalari yangi dori kashf etishsa, patent uchun hukumatga murojaat qilishadi. Hukumat albatta haqiqatda sifatga ega bo`lgan dori ishlab chiqaruvchi kompaniyani va 20 yillik dori sotish huquqini beradigan patentni tasdiqlaydi. Bu qonunlar bir ishlab chiqaruvchiga monopol bo`lish imkoniyatini yaratish bilan birga, raqobat ostida sodir bo`ladigan yuqori narxlarga olib keladi. Lekin bu monopol ishlab chiqaruvchilar yuqori narxlar o`rnatishi va ko`p daromad olish imkonini beruvchi bir necha xatti harakatlarni rag`batlantirishdan iborat bo`ladi. Dori kompaniyalari faoliyati yuzasidan ularning tadqiqotlarini rag`batlantirish orqali monopolist bo`ladilar. Ishlab chiqaruvchilar sifatli ishlashlari natijasida savdosi ortgani tufayli ularga monopolist bo`lishga ruxsat beriladi. Tadbirkorlik sub’yektlarini qo`llab-quvvatlanishi transport terminallari xizmatlarini tartibga solish ro`yxatidan chiqarilishi uchun asos bo`ldi. Transport terminallari xizmatlari bozoridagi kontsentratsiyalashuvni pasayishi, litsenziya olgan holda amalga oshiriladigan faoliyat turlari uchun ruxsatnomalar olish tartiblarini soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish borasida davlat tomonidan olib borilayotgan samarali siyosat natijasi sifatida namoyon bo`ldi.
Shunday qilib, patent va mualliflik huquqini oluvchi kompaniyalarda ham foyda va xarajatlar mavjud. Patent va mualliflik huquqi qonunlarida foydani va ijodiy faoliyatini oshirish uchun imtiyozlar beriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni: Yirik firmalar ishlab chiqarishi mumkin bo`lgan mahsulot hajmini faqat bitta kichikroq korxona pastroq narxda ishlab chiqarish imkoniyati.
Shu keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, quyidagi ko`rinishlarini tavsiflashimiz mumkin:

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish