Raqobatli firma bozor narxini qabul qiluvchi bo`lganligi sababli, uning daromadi ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga proporsional tengdir. Tovarning narxi firmaning chekli foydasi va o`rtacha foydasiga ham teng bo`ladi.
Foydani maksimallashtirish uchun, mahsulot miqdorini tanlashi kerak, unga ko`ra chekli daromad chekli xarajatga tengdir. Raqobatlashgan firmaning chekli foydasi bozor narxiga teng bo`lgani uchun firma miqdorni tanlaydi va bu chekli harajatga teng bo`ladi. Shu sababdan firmaning chekli xarajat egri chizig`i uning taklif egri chizig`idir.
Qisqa muddatli holatda agar maxsulot narxi o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan past bo`lsa, firma o`zining doimiy xarajatlarini qoplay olmaydi, firma vaqtinchalik berkilib turadi. Uzoq muddatli holatda agar narx o`rtacha umumiy xarajatdan kam bo`lsa, firma ham doimiy ham o`zgaruvchan xarajatni qoplay oladi, ular bozordan chiqishni tanlashadi.
Erkin kirib chiqish bozorida uzoq muddatli holatda foyda nol darajaga tushadi. Uzoq muddatli muvozanatda barcha firmalar samarali miqdorda mahsulot ishlab
chiqaradi, narx esa o`rtacha umumiy xarajatning eng kam qiymatiga teng bo`ladi, firmalar soni esa narxda talab etilgan miqdordan qoniqishni moslashtiradi.
Turli vaqt oraliqlari orqali talabdagi o`zgarishning turli ta'siri bor. Qisqa muddatli holatda, talabga bo`lgan o`sish narxlarni ham oshiradi, foydaga olib boradi. Talabning tushishi narxlarni tushishiga olib kelib, yo`qotishga sabab bo`ladi. Ammo firmalar bozorga erkin kirib chiqishsa, uzoq muddatli holatda firmalar soni nol foydali muvozanatga sabab bo`ladi.
Tayanch so`z va iboralar: raqobat bozori, o`rtacha daromad, chekli daromad, xarajatlarning pasayishi, tarmoq taklifi
Nazorat savollari:
Raqobat bozori nima degani?
Firma daromadi va foydasi o`rtasidagi farqni tushuntiring. Qaysi firmalarning foydasi maksimallashadi?
Oddiy bir firma uchun firmalar daromadi va xarajatlari egri chizig`ini chizing. Berilgan narxga firmalar foydasini maksimallashtirish uchun mahsulot darajasini qanday qilib tanlashini tushuntiring. 4.Qanday holatlarda firma vaqtinchalik yopilishi mumkin? Izohlab bering.
Qanday holatlarda firma bozordan chiqib ketishi mumkin? Tushintiring.
Firmaning narxi chekli xarajatga tengligi qisqa muddatli holatdami yoki uzoq muddatli holatdami?
Firmaning narxi o`rtacha umumiy xarajatga tengligi qisqa muddatli holatdami yoki uzoq muddatli holatdami?
Bozor taklifi egri chizig`i qanday holatlarda egiluvchan bo`ladi?