Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet121/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Qisqacha xulosalar


Sof monopoliya raqobatlashgan bozorning aksi bo`lib, bu erda bitta sotuvchi va ko`plab xaridorlar qatnashadi. Sof monopolistning raqobatchisi yo`q. Monopolist o`zining bozorida yagona sotuvchi firma hisoblanadi. Hukumat bitta firmaga ishlab chiqarishda yagonalik huquqini beradi. Va u faqat o`zi ishlab chiqargan mahsulot yordamida bozorda yagona bo`lish imkonini qo`lga kiritib butun bozorni to`yintiradi.


Sof monopoliya mahsulot o`rnini bosadigan boshqa mahsulot bo`lmagan hududlarda vujudga keladi. Umuman olganda jahon va milliy bozorlarda bitta mahsulotni bitta sotuvchi tomonidan sotilishi kamdan-kam uchraydi. Sof monopoliya ko`proq mahalliy bozorlarga xos bo`ladi. Masalan, tumandagi yagona kitob magazini, yagona telefon stantsiyasi, yagona tish doktori, yagona jarrox yoki bo`lmasa mahalliy kommunal xo`jaligi xizmati. Yuqorida keltirilgan sub’ektlar bozor sharoitida narxga ta’sir qilish uchun real hokimiyatga ega.
Monopolist bozorda yagona ishlab chiqaruvchi hisoblanib, o`z mahsuloti uchun biror narx belgilashdan avval talab egri chizig`iga yuzlanadi. Monopolist tomonidan ishlab chiqarish oshiriladi, u ishlab chiqarilgan barcha bir birlik mahsulotlaridan daromadlar miqdorini kamaytirmaslikka harakat qiladi. Natijada, monopolistning chekli daromadi har doim uning o`rnatadigan narxidan past bo`ladi.
Raqobatli firma va monopol firma o`rtasidagi asosiy farq mahsulotining narxini tushirish yoki oshirish monopolistning ixtiyorida bo`lib qoladi. Raqobatli firma faoliyatida mahsulotining ishlab chiqarish narxini belgilashda bozor unsuri kichik nisbiy ahamiyatga ega bo`ladi. Bozor sharoitida berilgan talab kabi narxni talabdan kelib chiqib ham belgilaydi.
Sof monopoliyaning vujudga kelishiga ta’sir qiluvchi omil bu - tarmoqqa kirish to`siqlarining kuchliligidir. Tarmoqga kirish to`siqlari - bu monopol firma
bozoriga boshqa sotuvchilarni kirib kelishini to`xtatuvchi cheklanishlar. Tarmoqga kirish to`siqlaridan quyidagilarni ko`rsatish mumkin: davlat tomonidan berilgan maxsus huquq, patentlar va mualliflik huquqi, biror bir ishlab chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan, Amerikaning «De Birs» kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta ishlanmagan olmosning 85 foizini nazorat qilgani uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga ega. Yuqoridagilardan tashqari insonning noyob qobiliyati va bilimi ham manopoliyani vujudga keltiradi. Ishlab chiqarish ko`lami kengayishining musbat samarasi ham tarmoqqa kirish uchun to`siq bo`lishi mumkin. Masalan, avtomobil zavodi ma’lum miqdorda avtomobil ishlab chiqarishga erishgandagina, uning umumiy xarajatlari minimal
bo`ladi.
Bozordagi talab egri chizig`i monopolist uchun uning bozordagi kuchiga va foyda olish imkoniyatiga ta’sir etishi mumkin. Narx o`rtacha xarajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar uchun shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerakligi kompaniya tomonidan hisobga olinadi. Firma o`z tovariga narx qo`yganda foydani maksimallashtirishni ko`zlaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi.
Monopolist ko`pincha xaridorning belgilangan narxni to`lash uchun tayyorligiga asoslangan holda mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilaydi. Shu orqali jamiyat farovonligi uchun turli narxlar qo`llanilsada daromadlarini oshirish mumkin. Narxni disrkiminatsiyalashda ba'zi iste'molchilar uchun ijobiy tomoni bor, biroq iqtisodiy farovon jamiyatdagina mahsulot sotish hajmini oshirish mumkin, aks holda ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib bo`lmaydi. Optimal narx o`rnatishda, monopolist samarasizlik nuqtasini bartaraf qiladi va bozorda barcha ortiqcha bo`lmagan tovarlargina sotuvga chiqadi. Narxni deskriminatsiyalash nomukammal bo`lsa, monopolist o`sha belgilagan narxi bilan ko`zlagan natijasiga erisha olmaydi.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish