10-rasm. TripAdvisor.ru saytida ko’rsatilgan mehmonxona xizmatlari.
Xorijlik sayyohlar va mahalliy sayyohlar uchun xona narxlari:
1.Xorijliklar uchun:
|
Mavsum
(16- mart aprel,
may, avgust
sentabr, oktabr 15-
noyabr)
So’m
|
Mavsum
bo’lmagan vaqt
( yanvar, fevral,
15-mart, iyun,
iyul, noyabr,
dekabr)
So’m
|
2kishilik xona
|
DBL/TW
|
440000 so’m
|
400000 so’m
|
2 kishilik xona
|
DSU/TSU
|
300000 so’m
|
240000 so’m
|
3 kishilik xona
|
TRPL
|
550000 so’m
|
500000 so’m
|
2. Mahalliy aholi uchun:
Joylashtirish turi/ Type of
accommodation
|
NARXLAR ($ dollarda O’zbekiston
Respublikasi markaziy banki kursi
bo’yicha
|
|
|
Mavsum
(16- mart aprel,
may, avgust
sentabr, oktabr 15-
noyabr)
So’m
|
Mavsum
bo’lmagan vaqt
( yanvar, fevral,
15-mart, iyun,
iyul, noyabr,
dekabr)
So’m
|
2 kishilik xona
|
DBL/TW
|
240000 so’m
|
200000 so’m
|
2 kishilik xona
|
DSU/TSU
|
150000 so’m
|
120000 so’m
|
3 kishilik xona
|
TRPL
|
300000 so’m
|
250000 so’m
|
Manzil:200121. 1b1uxoro sh,Khoja Rushnoiy 2
Telefon:+99865 221 40 53
Pochta manzili: ziyobaxsh@mail.ru
Rasmiy sayt: www.ZiyoBaxsh.com
11-rasm. Mehmonxona tashrif qog’ozi
2-bo’lim. Reception
2.1. Kelishi rejalashtirilgan mehmonlarga oid hujjatlar bilan ishlash
Reception – bu nisbatan kichik mehmonxonaning komanda punkti, uning
nerv markazi, mehmon bilan mehmonxona xizmatlari yuzma-yuz uchrashib,
xayrlashadigan joyidir. Mehmon uchun Reception – bu mehmonxonaning yuzi,
turistning mehmonxona bilan munosabati qabul xizmatida turgan xodim suhbati
bilan chegaralanishi mumkin. Shuning uchun bu xizmat xodimlarining odamlar
bilan muloqot qila olishi ularning muhim fazilatlaridan biriga kiradi. Ushbu xizmat
xodimlari “tovar” yani mehmonxona nomerlarini va qo`shimcha xizmatlarini
sotishni bilishi, uning imidjini yaratishi, mehmonxona menejmenti vakili bo’lib,
mehmonning muammolarini yechishi va umuman ularning yaxshi do’sti bo’lishlari
kerak.
12-rasm. Mehmonxona RECEPTION i
Mehmonxona qabul qiluvchi administrator juda tajribali va xushmuomala bo’lib, mijoz bilan suhbatda to’g’ri yo’l tanlashni va u nimani qadrlaydi darrov anglashi muhim(osoyishtalikni, nomerda qo’shimcha xizmat).U mehmonxona haqida barcha ma’lumotlarni (nomerlarning yaxshi va yomon taraflari, joylashishi,narxi, boshqa xizmatlar...), shaharning diqqatga sazovor joylarini, manzilini, qanday borish mumkinligini, transport, muzey, teatrlarning ishlash rejimini to’liq bilishlari shart. Mehmoxona xizmat ko’rsatuvchi tashkilot bo’lib, mehmonxona mijozlari xorijiy va mahalliy sayyohlardir.
Qabul qilish va joylashtirish bo‘limining asosiy funksiyalari: tashrif buyurgan mehmonlarni ro‘yxatga olish, nomerlarni taqsimlash, mehmonlarni joylashtirish, ro‘yxatdan chiqarish va boshqa qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatishdir.
Mehmonxonada 2ta administrator faoliyat ko’rsatib, 1- administrator ertalabki soat 7:00 dan kechki 20:00 gacha o’z ish faoliyatini yuritib 2- administratorga kechki smenani topshiradi. Uning ish faoliyati kechki 20:00dan ertalab 7:00 gacha davom etadi va xushmuomalalik bilanmijozlarga xizmat ko’rsatishadi. Har bir adminstaror o’z ish faoliyatlari davomidakutilayotgan mehmonlar ro’yxati, mavjud mehmonlar ro’yxati va ketishi kerak bo’lgan mehmonlar ro’yxatini topshiradi. Bundan tashqari mehmonlar tomonidan qilingan buyurtmalar(agar mavjud bo’lsa), bronlar ro’yxati, shikoyatlar va takliflarni aytib o’tadi. Shu tariqa navbatma-navbat o’z faoliyatlarini olib boradilar. qo’ldan kelgancha bajarishga harakat qiladi.
“ZiyoBaxsh” Mehmonxona adminstratorlari quyidagi vazifalarni chin yurakdan bajarishga harakat qiladi:
- yordam ko‘rsatish;
- hujjatlarni rasmiylashtirish;
- mehmonxona kompleksi obektlariga yo‘nalishlarni bilish;
- “men bilmayman, bu menga malum emas” iboralariga yo‘l qo‘ymaslik;
- kiyimining tozaligiga e’tibor berish;
- xorijiy tilni bilish;
- mehmonnavozlikka to‘g‘ri keladigan so‘zlardan foydalanish;
- raqobatbardoshlikni saqlash;
- ertangi kunga ish joyini tayyorlash;
- maksimal darajada mehmonxonada kichik lavozimdagi xodimlarning
katta lavozimdagi xodimlarga bo’ysunishi, hurmat qilishi;
- masuliyatni o‘z bo‘yniga olish.
Qolaversa mehmonxona binosining tarkibida xuddi shu nom bilan Sayyohlik firmasi ham faoliyat olib borayotgan bo’lib amaliyot davrimning ko’p qismini aynan mana shu firmada o’tqazdim desam adashmagan bo’alaman.Chunki men ushbu sayyohlikfirmasiga aynan amaliyot o’tash davridan oldinroq 0,5 hissada ishga ham joylashgan edim.Amaliyotim davomida bir qancha tourlar tashkil qildim va bunga qatnashish baxtiga ham muyassar bo’ldim.
2.2. Reception va turistik guruhlarning boshliqlari (turlider) va
gidlar bilan ishlash texnologiyasi. Mehmonlar guruhi bilan reception orasidagi hujatlar bilanishlash qoidalari (viza, passport).
Har bir turistik guruhning turlideri (guruh boshliqlari) yoki ular o’rnida gidlari bo’ladi. Bularga odatda turoperatorlar va mehmonxonalar tomonidan chegirmalar bo’ladi. Chunki oddiy turistlardan ko’ra ozroq ovoragarchilik ishlari bo’ladi. Misol qilib har bir turistning fikrini, muammolarini, nima xohlashi, bir mehmonxonaga kirishdan oldin barcha axborotlarni o’rganib chiqishi va turistlarga tunaydigan xonalarni tekshirib chiqishi ham mumkin. Bularning barchasi albatta
administratorsiz amalga oshmaydi.
«ZiyoBaxsh» mehmonxonasida men amaliyotim davomida shunga guvoh bo’ldimki, turlider va gidlar bilan asosan
administratorlar ishlaydi. Bronlashda turistik firmalar tomonidan buyurtma faks yoki telefon orqali yuboriladi. Administratorlar buyurtmalarni rejaga kiritishadi. Rejada turistik guruhdagi turistlar soni, masalan, 23+1 (23 ta turist, 1 kishi turlider, turlider xonadatunash chegirmalar bilan) turist qayerdan ekanligi, turistik firma nomi, turliderning telefon raqami, restoranda nonushta, ovqatning bo’lishi, transport xizmatlari, kirish biletlari aks ettiriladi.
Har bir mehmonxona biron bir mehmonni kiritishidan oldin albatta u haqida
biror bir ma’lumot beradigan hujjatini olib keyin joylashtiriladi. Mehmonxonasiga
tashrif buyurgan har bir sayyoh avvalam bor o’z hujjatlari, ya’ni passportini taqdim
etadi. Administrator pasportni olinib, uning tugash vaqti hamda viza muddatiga
qaraladi, undan so’ng tezda mehmonlar kitobiga yoki elektron tarzda e-mehmonxona tizimida ro’yxatga oladi. Mehmon xohishiga binoan passport ma’lumotlar yozib olinib darhol qaytarib beriladi, yoki sayyoh joylashguniga qadar administratorda turadi. Xorijga borish va kelishni ro’yxatga olish bo’limi (ОВИР) uchun ma’lumot sifatida adress qog’ozi to’ldiriladi. Ammo hozirda bunday holatlar ko’p vaqt va ortiqcha xarajat qilishi tufayli e-mehmonxona tizimi tashkil qilinganligi sababli “ZiyoBaxsh” mehmonxonasi ham bu tizim bilan ishlaydi. Bu esa hisobotlarni elektron shaklda olish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |