55
ekanligi aytish orqali shoir she’riyatdagi mubolag‘a san’atidan ham mohirona
foydalangan. Umuman, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodida ham ritorik
so‘roq gaplarning xilma-xil mazmunni ifodalagan holda qo‘llangani, bu orqali
shoir o‘z tuyg‘u
va kechinma, g‘oyalarinini berganligini uning yana ko‘plab ijod
namunalari orqali bilishimiz mumkin.
Ritorik so‘roq gaplarsiz she’riyatni tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki ularsiz
she’rning o‘zi bo‘lmaydi. Shu bois ham istalgan ijodkordan bunday misollarni
istagancha topishimiz mumkin. Shoir Iqbol Mirzo she’rlari ham ana shunday
go‘zal va ta’sirchan namuna-yu misollarga boy hisoblandi. Quyida shoirning
she’rlaridan olingan parchalardagi ritorik so‘roq gaplarni tahliliga e’tibor qilamiz,
ularning mazmuni chaqishga urinamiz.
Shoirning mashhur “Yolg‘iz” she’ridan olingan
mana bu parchada ham
ritorik gap mavjud:
Yaratganga borib aytaman seni!
O‘zi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz...
35
Bu bandda biz ajratib ko‘rsatganimiz-
men qaytib kelmayman,
tushunyapsanmi?
Gapi ritorik so‘roq gap hisoblanib, unda ta’kidlash ma’nosi
mavjud. Ya’ni lirik qahraon qaytib kelmasligini ta’kidlash uchun tushunyapsanmi
shakildagi so‘roq gapdan foydalangan.
To‘y buzishga yetarmidi jur’atim?
Un tortgani tegirmonga jo‘nadim.
Tuguniga sig‘magandir suratim…
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.
Yuqoridagi bandda esa birinchi misradagi gap ritorik so‘roq gap, unda
yashirin inkor ma’nosi impliqit tarzda ifodalangan. Bu o‘rinda ritorik so‘roq gapni
hosil qilgan vosita –mi so‘roq yuklamasi sanaladi. Bu qo‘shimcha yuklama ham
35
Iqbol Mirzo . Sizni kuylayman.- T.: Sharq., 2000
56
ritorik so‘roq gap hosil qilishda faol ishtirok etuvchi vositalardan biri sanaladi.
Aslida oddiy so‘roq gapni yasaganida unga ha yoki yo‘q
shaklidagi javob talab
qilinadi. Ammo u ritorik gap tarkibida kelar ekan unga bunday javoblar shart emas.
Chunki uning javobi o‘z ichidadir. Yuqoidagi gapdan esa
to‘y buzishga jur’atim
yetmaydi
degan ma’noni anglashimiz mumkin.
Ey qaldirg‘och qoshligim,
Kel, ahdimiz bir bo‘lsin.
Uchta odam bilgan gap
Qanday qilib sir bo‘lsin?
Bu misolda esa
uchta odam bilgan gap qanday qilib sir bo‘lsin?
Ritorik gapi
orqali uchta odam bilgan gap sir bo‘la olmaydi degan mazmun mavjud.
Iqbol Mirzo qalamiga mansub quyidagi to‘rtliklarda ham ritorik so‘roq
gaplarning go‘zal namunalari qo‘llangan.
Bordir saroy qurganlar,
Bordir davron surganlar.
Bormi bizdek bir tushni
Birgalashib ko‘rganlar?
Binafsha, boychechak, bodrezak
Yonida ochilib kulmadi.
Bunaqa ko‘klam kimga kerak?
Faqat gul kelmadi, kelmadi.
Sen neni bilasan, osmondagi qiz?
Bahorday bildirmay qariydi bu his.
Esiz, yoshligimiz, sevgilarimiz…
Bugun sevgi oddiy ishga aylandi.
Shamol yalab ado qilgan duvolmidik,
Toshloqqa tup qo‘yolmagan niholmidik,
57
Qorda qolgan qaldirg‘ochdek uvolmidik,
Osmon – yuksak, zamin tuban, pastmi, salim,
Sening darding mening dardimmasmi, salim?
Quyida berilgan ikki misolda esa ritorik so‘roq gaplar nahot,
nahotki
yuklamalari bilan shakllantirilgan bo‘lib, ularda taajjub ma’nosi ustunlik qiladi.
Bugun seskantirdi, bir sovuq savol,
Tilimni tishladim, tishlarim sindi.
Nahot, yer ustida bizga yo‘q visol,
Nahot, yer ostida ko‘rishsak endi?!
Birinchi bor o‘zimga yoqib qoldi tovushim:
«Ko‘zimga ishonmayman, nahotki o‘zingsan shu?!»
36
Demak, o‘zbek she’riyati, she’riy matnlari ham tilning, umuman og‘zaki
nutqimizning barcha xususyatlarini o‘zida jamlagan bo‘lishi kerak. Chunki har
qanday milliy adabiyotning yaratuvchisi, albatta xalq vakili bo‘ladi.
Shu boisdan
ham u yaratgan ijod namunalarida ma’lum bir tilning barcha boyliklari,
imkoniyatlari o‘z aksini topadi. Shunday bo‘lsagina uning yozgan asarlari xoh u
nasriy bo‘lsin, xoh nazmiy o‘quvchi, kitobxon qalbiga tezroq yetib boradi va
o‘zining o‘quvchisini topadi. Mobodo, buning aksi bo‘lsa, ya’ni badiiy matn faqat
oddiy so‘zlashuv uslubidagi matnlardan farq qilmasa
unday asar kitobxonni tez
zeriktiradi. Shu boisdan yozuvchi, shoirlarimiz estetik ta’sirni kuchaytirish uchun
o‘z asarlarida lingvistik vositalarning turli ko‘rinishlarini qo‘llaydilar. Ularning
ichida, ayniqsa, ritorik so‘roq gaplar alohida ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi
tahlillardan ham ma’lum bo‘ladiki, she’riy matnlarni
ritorik gaplarsiz taavvur
qilish mumkin emas. Ular o‘zida singdirgan bir necha ma’no orqali, ya’ni qisqa
satrlardagi ko‘p mazmunlilik asosida she’riy matnning o‘ziga xosligini
ta’minlaydi. Shu sabab ham shoirlar bu lingvistik vositaga qayta-qayta murojaat
qilaveradilar.
36
Iqbol Mirzo . Sizni kuylayman.- T.: Sharq., 2000