Vazir lig I alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


 She’riy matnlarda ritorik so‘roq gaplar



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/29
Sana18.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#559347
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
abdullayeva rayhon. (1)

3.2. She’riy matnlarda ritorik so‘roq gaplar 
Ma’lumki, odatiy so‘roq gaplar o‘ziga nisbatan tasdiq yoki inkor ma’nodagi 
javobni talab qiladi. Quyidagi misollarga e’tibor beraylik:
Savol. Nima uchun kecha bazmga kelmadingiz?
Javob. Kecha juda charchagan edim, uyda qolishni afzal bildim.
Savol. Ismingizni ma’nosini bilasizmi?
Javob. Qiziqib ko‘rmaganman, ammo bilishni judayam xohlayman.
Yuqoridagi gaplardan ma’lumki, birinchi kishi savolni ikkinchi kishining 
javobini olish uchun beryapti. Bunday gaplarni o‘ziga nisbatan javob talab
qiladigan oddiy so‘roq gaplar deyishimiz mumkin. Ammo shunday so‘roq gaplar 
ham borki, ular o‘ziga nisbatan javobni talab qilmaydi, balki javobi ham ichida 
bo‘ladi. Shu bilan birga ularda oddiy so‘roq ma’nosi emas, tasdiq, inkor, hayrat, 
ajablanish, qiziqish, ishonchsizlik, kesatiq kabi ma’nolar ustunlik qiladi. Og‘zaki 
nutqimizda, badiiy matnlarda bu turdagi, ya’ni ritorik so‘roq gaplardan juda 
unumli foydalaniladi.
So‘roq gaplar ikki guruhga bo‘linadi:
1.Sof so‘roq gaplar 
2.Ritorik so‘roq gaplar 
Ritorik so‘roq gaplaar yashirin tasdqi, yashirin inkor, taajjub, tashvish, 
g‘amxo‘rlik, g‘azab va gumon, kuchli hayajon ma’nolarini ifodalashi mumkin. 
Bu vatanda nimalar yo‘q
- tasdiq 
O‘zingdan chiqqan baloga, qayga boray davoga-
inkor 
Bu nimasi?
-tajjaub 
Meni tashlab ketmaysanmi?!
- tashvish 
Maqsad nima, maqsad?
- g‘azab 
Paxtalar ham yaxshi ochilmagandir?
-gumon 
Tokaygacha ezilamiz, ota?!
- kuchli hayajon 
Ritorik so‘roq gaplar oxirida ba’zan so‘roq belgisining o‘zi, ba’zan so‘roq va 
undov belgilari barobar qo‘yiladi. 
Dunyoda onadan ulug‘ zot bormi?! 


47 
Bunday o‘rinda albatta, birinchi so‘roq keyin esa undov belgisi qo‘yiladi. 
Ritorik so‘roq gaplar badiiy asarlarda emotsional ta’sirchanlikni oshirish, 
og‘zaki nutqda hayajon vaa tuyg‘ularni ifodalash uchun ham faol qo‘llanildi. 
Yuqoridagi misollarda ritorik so‘roq gapni hosil qiluvchi vositalar tarkibida 
nahotki, kim, ehtimol
kabi leksik birliklarning faol qo‘llanganini ko‘rishimiz 
mumkin. Chunki ritorik so‘roq gaplarda 
nahot, nainki, nahotki
kabi yuklamalar, 
kim
olmoshi kabi birliklarning ahamiyati katta bo‘lib, u holatda ham so‘roq javobi 
aniq bo‘lib turadi. Shu sababli ham bu vositalar ritorik gaplarda faol qo‘llanadi.
Odatda, so‘roq gaplar tinglovchidan javob talab etadi. Ritorik so‘roq
gaplarda esa javob talab etilmaydi, chunki so‘roqning o‘zi ko‘pincha tasdiq
ma’nosini ham ifodalaydi, javobi o‘zidan ma’lum bo‘lib turadi. Bunday
gaplarda ohang katta ahamiyatga ega bo‘ladi: 
Hunarni asrabon netkumdur oxir? 
Olib tufroqqamu ketkumdur oxir? 
(Navoiy. “Farhod va Shirin”) 
Bu baytda
“hunarni asramayman” “uni tuproqqa olib ketmayman”
degan ma’no anglashiladi. 
Ritorik so‘roq usuli she’riy asarlarda juda keng qo‘llangan bo‘lib,
kitobxon shu so‘roqning o‘zidan javobini ham topadi: 
Qizning o‘zi yigit bilan til biriktirib, 
O‘zi xohlab qochgan bo‘lsa, xo‘sh, kimda gunoh? 
 
Endi ayting insof bilan, Mirzo Ulug‘bek, 
Nechuk bo‘lmay bobongizga o‘zim da’vogar? 
Shu baloni daf etgali, qiblayi olam, 
Yuqoridan farmoyishni kutmoqlik shartmi? 
Bu ritorik so‘roqli baytlarning birinchisidan “hech kimda gunoh yo‘q”,
ikkinchisida esa “o‘zim da’vogar bo‘laman” va uchinchisidan “yuqoridan
farmoyishnii kutmoqlik shart emas” kabi javoblar anglashiladi. 


48 
Nasriy matnlardan farqli o‘laroq, she’riy asarlarda ritorik so‘roq gaplarni 
juda ko‘p uchratish mumkin. Bunday gaplar she’riyatning haqiqiy bezagi, ifoda va 
ta’sir etish vositasi sanaladi. Bizga ma’lumki, she’riy asarlarda qahramon bitta 
yoki ikkita bo‘ladi va asosan biror shaxsga, asosan yorga murojaat yo‘llanadi. 
Bunday vaziyatda fikrni eng ta’sirchan, ixcham ifodalashning yagona va maqbul 
vositalaridan biri bu nazmda ritorik gaplardan unumli foydalanishdir. She’riyat 
mulkining sultoni hisoblangan Navoiy bobomiz asarlaridan tortib, to bugungi 
kungacha ijod qilayotgan shoirlarimiz o‘z asarlarida bunday gapladan ustalik bilan 
foydalanib kelmoqdalar. Quyida ayrim she’riy matnlardagi ritorik gaplarni tahlil 
qilishga urinamiz. 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish