51
matn mazmunidan anglashilaveradi. Bu misol ham xuddi shunday. Ya’ni undagi
inkor aslida yashirin tasdiq ma’nosiga ega.
“hammaning paymonasi to‘ladi”
degan ma’no ritorik so‘roq gap ortidagi implitsit tasdqiqdir. E’tibor bersak, ritorik
so‘roq gap tarkibida keladigan kim so‘roq olmoshi tasdiq yoki inkor ma’nosiga
aylantirilganda hamma, hech kim kabi boshqa belgilash olmoshlari bilan
almashadi. Buni ham ritorik gaplarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
sifatida
baholashimiz mumkin. Yuqoridagi bandning oxirgi gapi ham ritorik so‘roq
gapga misoldir.
Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting, qizingiz?!.
Gapida
“qizingiz hech
qaysi o‘g‘ildam kam emas”
degan mazmun va kuchli hayajon ifodalanganini
ko‘rishimiz mumkin.
Tinchlik — shudir mening eng tansiq so‘zim,
Ovutib yashayman o‘zimni-ku, o‘zim,
Ko‘zimga javdirar bir yashar qizim...
Yigirmanchi asr, bu qanday gap axir?!
29
Ritorik so‘roq gapning bu turida muallif yigirmanchi
asrga nisbatan kuchli
hayajon va g‘azab bilan murojaat qilmoqda. Bu ma’nolarni oldingi misralarda
keltirilgan fikrlardan osongina ilg‘ab olish mumkin.
Bizning bo‘ston qayda bor,
Shohimardon qayda bor,
So‘lim surxon qayda bor?
Samarqandnon qayda bor-a,
O‘zbekiston qayda bor?!.
Bu band esa to‘lig‘icha ritorik so‘roq gaplardan tashkil topgan.
Agar bu
she’riy parchani oddiy nasriy gaplarga aylantirsak, quyidagicha ko‘rinishga ega
bo‘ladi:
Bizning bo‘ston hech qayerda yo‘q,
Shohimardon hech qayerda yo‘q,
So‘lim surxon hech qayerda yo‘q,
29
Muhammad Yusuf., Saylanma., T.: Sharq., 2007, B.288.
52
Samarqand non ham hech qayerda yo‘q,
O‘zbekiston ham hech qayerda yo‘q.
Yuqorida
kim
so‘roq olmoshi ritorik so‘roq gapda faol qo‘llanilishini va u
hamma
,
hech
kim
kabi belgilash olmoshlariga ishora qilishini aytgandik. Bu
baytda esa qayerda olmoshining qisqargan shakli qayda so‘zi qo‘llangan va bu
leksik vosita ham ritorik so‘roq gapni shakllantiruvchi
asosiy vositalardan biri
sanaladi. U esa bevosita hech qayer so‘ziga ishora qiladi va ritorik gap bu olmosh
bilan yasalgan payti yashirin inkor ma’nosini anglatadi. Shoir bu she’rida ayni shu
vositani qo‘llash orqali juda chiroyli matn yarata olganligini ko‘rish mumkin.
Umuman olganda, tilning barcha imkoniyatlaridan foydalana olish, ularni o‘z
o‘rnida qo‘llay olish ijodkorning mahorati va bilimi, dunyoqarashidan darak bersa,
ikkinchi tomondan uning
ijod namunalarini xalq uchun, kitobxon uchun manzur
bo‘lishiga yo‘l ochadi. Ritorik gaplar ham tilimiz ma’no nozikliklarini o‘zida aks
ettirishi va oddiy darak yoki so‘roq gaplardan ta’sirchanroqligi uchun ham
badiiy
matnlaarga o‘ziga xos joziba, shu bilan birga ularning
qabul qilinishida katta
ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: