Vazir lig I alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/29
Sana18.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#559347
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
abdullayeva rayhon. (1)

Bob bo‘yicha xulosa 
Nasriy matnlarda ritorik so‘roq gaplar juda faol qo‘llanilib, ular asar 
qahramoning monologik nutqida uning o‘y-xayollari, ichki kechinmalarini yanada 
ta’sirchan ifodalaydi,asarning badiiy etetik qiymaatini oshiradi. Dialogik nutqda 
esa so‘zlovchining tinglovchiga ta’sir etish, fikrini tasdiqlatish yoki inkor etish 
vazifalarini bajaradi. Shu bois ham mahoratli yozuvchi va adiblar ritorik gaplardan 
o‘z asarlarida mohirlik bilan foydalanadilar.
Mazkur bobimizda ritorik so‘roq gaplarning amalda qo‘llanilishi, yanayam 
aniqlashtiradigan bo‘lsak, badiiy matndagi xususiyatlari va o‘ziga xos vazifalarini 
tahlil qilishga urindik. Ritorik gaplar tilimizning imkoniyatlarini o‘zida mukammal 
tarzda namoyon eta olish xususiyati tufayli ular ijodkorlar tomonidan badiiy 
matnlarda faol qo‘llanilishi haqidagi fikrlarimizni umumlashtirib quyidagi 
xulosaga keldik:
She’riy matnlarda ritorik so‘roq gaplar juda faol qo‘llanilib, ular asar 
qahramoning monologik nutqida uning o‘y-xayollari, ichki kechinmalarini yanada 
ta’sirchan ifodalaydi,asarning badiiy estetik qiymatini oshiradi. She'riy matnda 
so‘zlovchining tinglovchiga ta’sir etish, fikrini tasdiqlatish yoki inkor etish 
vazifalarini bajaradi. 



59 
Umumiy xulosalar 
“O‘zbek tilida ritorik so‘roq gaplar va ularning lingvistik xususiyatlari” 
tahlili natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 
Ma’lumki,tilshunoslikda gaplar, kuzatilgan maqsadning har xilligiga — 
maqsadning yo‘nalishiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi
1. Darak gaplar 
2. So‘roq gaplar 
3. Buyruq gaplar 
4. Undov gaplar 
So‘roq gaplar quyidagi yirik guruhlarga bo‘linadi: 
1. Sof so‘roq gaplar (asl so‘roq gaplar). Bular javob talab qiladigan 
so‘roqni ifodalaydi. Masalan: Bugun qaerga borasan? Bunday so‘roq gaplar 
shubha, taajjub kabi ottenkalarga ham ega bo‘la oladi. Bunday ottenkani 
og‘zaki nutqda ohang ko‘rsatadi. 
2. Ritorik so‘roq gaplar. Bunday gaplar javob talab qilmaydi. Bunda 
so‘roq yo‘li bilan tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning 
bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi. 
3.So‘roq-buyruq gaplar. Bunday gaplar so‘roq yo‘li bilan bu - yurish 
ottenkasini ham beradi.
So‘roq gapning kuzatilgan maqsad bilan bog‘langan grammatik -
ohang xususiyatlari ham bor. Bunda biz mustaqil qo‘llangan, so‘roq gapligi 
aniq bilinib turadigan turlarni nazarda tutamiz. Qo‘shma gaplarda 
to‘ldiruvchi ergash gapning bir turi, so‘roq gap tusida tuzilgan bo‘lishi 
mumkin, lekin bu ergash gapda so‘roq xususiyati deyarli yo‘qolgan bo‘ladi 
(bunday hollarda so‘roq belgisi qo‘llanmaydi). So‘roq gapning intonatsiyasi 
darak gapnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Gapdagi eng so‘nggi elementning 
keyingi bo‘g‘ini darak gapda tushuvchi ohang bilan aytilsa, so‘roq gapda 
ko‘tariluvchi ohang bilan aytiladi (u aytdi gapi so‘roq va darak gaplar tusiga 
kiritib aytilsa, bu holat ochiq ko‘rinadi). So‘roq gap maxsus so‘z — element 
orqali ifodalanganda, bu gapning ohangi darak gapning ohangiga bir oz 


60 
yaqinlashadi (bunda ohang so‘roqni ifodalashda bosh rolni o‘ynamaydi). 
Lekin shunda ham gapning oxiridagi ohang darak gapdagidek, u bilan 
tenglasharli darajada past bo‘lmaydi. 
So‘roqni bildiruvchi so‘z gapning oxirida bo‘lmagan vaqtda bu 
element boshqa so‘zlarga nisbatan kuchli aytilib, qolganlari bunga 
qaraganda past ohang bilan aytiladi 
Nasriy matnlarda ritorik so‘roq gaplar juda faol qo‘llanilib, ular asar 
qahramoning monologik nutqida uning o‘y-xayollari, ichki kechinmalarini yanada 
ta’sirchan ifodalaydi, asarning badiiy estetik qiymatini oshiradi. 
Dialogik nutqda esa so‘zlovchining tinglovchiga ta’sir etish, fikrini tasdiqlatish 
yoki inkor etish vazifalarini bajaradi. Shu bois ham mahoratli yozuvchi va adiblar 
ritorik gaplardan o‘z asarlarida mohirlik bilan foydalanadilar.
Nasriy matnlarda ritorik so‘roq gaplar yashirin tasdiq, g‘azab, kinoya, taajjub 
kabi ma’nolar ifodalanib, dialogik nutqda qahramonlar nutqining jonli chiqishiga 
va ta’sirchan bo‘lishiga xizmat qiladi. Ular orqali muallif o‘zi yaratayotgan 
obrazlarning fikrlarini ixcham, ta’sirchan tarzda berishga erishadi, bu esa asarning 
o‘qimishli bo‘lishiga, asarning badiiy - estetik qimmatini oshirishga xizmat qiladi. 
She’riy matnlardan olingan namunlarni tahlil qilish asnosida shunday xulosa qilish 
mumkinki, ularda ta’sirchanlikni oshiruvchi, lirik qahramon tuyg‘ularini 
ifodalovchi vositalardan biri bu ritorik so‘roq gaplardir.
Ular she’riy manlarda turli ma’nolarni, xususan yashirin inkor, tasdiq, taajjub, 
g‘azab, gumon, ta’kid kabilarni turli leksik birliklar: olmosh, yuklama, tinish 
belgilari orqali ifodalab keladi. Shuningdek, ritorik gaplarning qo‘llanilishi shoir 
mahoratidan va she’rning mukammalligidan darak beradi. 

Nasriy matnlardan farqli o‘laroq, she’riy asarlarda ritorik so‘roq gaplarni juda 
ko‘p uchratish mumkin. Bunday gaplar she’riyatning haqiqiy bezagi, ifoda va ta’sir 
etish vositasi sanaladi. Bizga ma’lumki, she’riy asarlarda qahramon bitta yoki 
ikkita bo‘ladi va asosan biror shaxsga, asosan yorga murojaat yo‘llanadi. Bunday 
vaziyatda fikrni eng ta’sirchan, ixcham ifodalashning yagona va maqbul 
vositalaridan biri bu nazmda ritorik gaplardan unumli foydalanishdir. She’riyat 


61 
mulkining sultoni hisoblangan Navoiy bobomiz asarlaridan tortib, to bugungi 
kungacha ijod qilayotgan shoirlarimiz o‘z asarlarida bunday gaplardan ustalik bilan 
foydalanib kelmoqdalar.
Bizga ma’lumki, she’riyatda qahramon odatda bitta, ikkita yoki uchta bo‘lishi 
mumkin. Ularning birinchisi muallifning o‘zi yoki lirik qahramon. Odatda 90 foiz 
she’rlarda faqat shu lirik qahramon mavjud bo‘ladi va butun she’rda uning ichki 
kechinmalari, tuyg‘ulari, boshidan o‘tkazgan voqea-hodisalari oniy lahzada aks 
etgan qalb kechinmalari sifatida qog‘ozga to‘kiladi. Bu o‘rinda u she’riy matnda 
aksariyat hollarda o‘zi bilan o‘zi gaplashadi, ya’ni monologiik nutq yuzaga keladi. 
Lirik qahramon o‘z ichki meni bilan gaplashganligi sababli ham unda savol-
javoblar bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda esa bu ritorik so‘roq gaplar orqali 
yuzaga chiqadi. Shu bilan birga, lirik qahramon, she’riy matn ichida o‘z yoriga, 
sevgilisiga, do‘stiga, Ollohga murojat qilishi va raqibiga yuzlanishi ham mumkin. 
Ularga ham savollar beradi, ammo ularning javobini o‘zi bilib turadi. Shu bois 
ham bunday o‘rinlarda shoirlar ritorik so‘roq gaplardan unumli foydalanadilar. 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish