Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/145
Sana27.05.2023
Hajmi2,49 Mb.
#944786
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика (1)

 
5.3.2. Evristik suxbat. 
Mazkur metod qo’llanganda o’qituvchi o’quvchilar oldiga ma’lum bir 
muammoli masalani qo’yadi. So’ngra o’qituvchi yordamchi savollar va 
ayrim ma’lumotlarni eslatish yo’li bilan o’quvchilarni ilgari olgan 
bilimlariga tayanib muammoni mustaqil xal etishga undaydi. Bu yerda 
o’qituvchi o’quvchilarni bilish faolligi ustidan nazorat qiladi, savollar 
shunday qo’yilishi kerakki, berilgan javob asosiy fikrni isbotlashi va shu 
fikrni davom ettirishi zarur. Masalan, Markaziy va Sharqiy Osiyoda havo 
haroratining yillik farqi qanday?, Markaziy va Sharqiy Osiyo yillik harorati 
farqining sababi nima?, Iqlim diagrammasiga qarab Sharqiy Osiyoda yil 
davomida yog’inning taqsimlanishini aniqlang?, Yog’in nima uchun ko’p 
yog’adi? Mazkur savollarga o’quvchilar javob berganlaridan so’ng 
Markaziy va Sharqiy Osiyo iqlimlarining turi aniqlanadi. Markaziy Osiyo 
iqlimi quruq va o’zgaruvchan, Sharqiy Osiyoniki esa nam. 
Evristik suxbat katexezik suxbatga nisbatan murakkabroq. Evristik 
suxbat o’tkazganda o’quvchilarga keng ma’noda gapirishga imkon 
beriladi, bunda ular hayotiy tajribaga, qiyoslashga va fikrlashga asos-
lanishadi. Evristik suxbat asosan yangi o’quv materialini o’tishda va 
umumlashtiruvchi takrorlashda qo’llaniladi. 
Tabiiy geografiyaning boshlang’ich kursida Evristik suxbat barcha 
mavzularni o’rganishda qo’llanishi mumkin. Materiklar va okeanlar 
geografiyasida va jaxon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida Evristik suxbat 
quyidagi mavzularni o’rganishda qo’llanishi mumkin: materikni yoki 
mamlakatni geografik joylashishini aniqlashda; turli o’lkalar va mamla-
katlar tabiiiy sharoitining asosiy xususiyatlarini o’rganishda.


Har qanday suxbatning samarasi o’qituvchining savoliga bog’liq. 
Shuning uchun darsga tayyogarlik davomida o’qituvchi beriladigan 
savollarni o’ylab ko’rishi lozim. 
Birinchi navbatda bir-biri bilan mantiqan bog’langan va bir-birini 
to’ldiradigan, o’quvchilar bilimiga tayanadigan va o’quvchilarni xulosalar 
chiqarishga undaydigan savollar tuzish lozim. Didaktik maqsadlarga ko’ra 
suxbat 3 turga bo’linadi: Kirish, yangi bilimlarni o’rganish; umumlash-
tiruvchi yoki yakuniy suxbat.
- kirish suxbati: maqsadi yangi bilimni puxtaroq o’zlashtirish uchun 
zarur bo’lgan (ilgari o’zlashtirilgan) bilim va ko’nikmalarni o’quvchilar 
xotirasida qayta tiklashdan iborat. O’quvchilar geografik borliq va 
xodisalar o’rtasidagi aloqalarni mustaqil aniqlashdan iborat bo’lgan 
vazifalarni bajaradi. O’quvchilar karta va boshqa qo’llanmalar vositasida 
yangi bilimlar eski bilimlar bilan bog’lanadi. Masalan, Afrika iqlimini 
o’tishda V-sinfda va yil boshida o’zlashtirishgan iqlim tushunchasi esga 
solinib, iqlimga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi: 
-yangi o’quv materiallarini o’rganish suxbati. Bunda yangi mavzu 
o’quvchilarni ilgari olgan bilimlariga tayangan holda o’rganiladi. Mazkur 
suxbatning eng asosiy qismlari o’quvchilar tomonidan bajarilishi lozim. 
Masalan, O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’rganayotganda tabiiy 
geografik rayonlarni ajratish tamoillariga e’tibor beriladi. Bayon qilingan 
metodlar o’qituvchi tomonidan xulosalanishi va mazkur materialni 
o’zlashtirilganligi tekshirib ko’rilishi lozim. Shundan so’ng o’quvchilarni 
mustaqil ishlarini tashkil qilish lozim; 
-yakunlovchi suhbat. Ma’zkur takrorlash va bilimlarni muayyan bir 
tartibga solish, shuningdek o’rganilgan bilimlarni umumlashtirish va 
chuqurlashtirish hamda kengaytirishda tatbiq etiladi. Bunda o’quvchilar 
xulosalar chiqrishga o’rgatiladi. Bu suhbat yirik mavzular, qismlarni 
o’tgandan keyin qo’llaniladi. 
Suhbat davomida beriladigan savollar quyidagi talablarga javob 
berishi kerak: 
1.Savol va javoblar aniq va ravshan bo’lishi kerak. 
2.Qo’shaloq savol bermaslik kerak. Masalan, Xisor tog’larida qanday 
relef shakllari tarqalgan va ular qanday paydo bo’lgan? Jamolungma 
cho’qqisini kim qachon zabt etgan? 


3.Cavollarda keraksiz so’zlar bo’lmasligi, javobi sezilib turadigan
savollar ham bermasligi lozim. Masalan kuzatuvchi yuqoriga ko’tarilgan 
sari ufq chizig’i kengayadimi? 
4. Murakkab yoki «Ha», «Yo’q» javobini talab qiladigan savollar 
bo’lmasligi lozim. Masalan, Volga daryosi Kasbiyga quyiladimi? 
5.Savollar o’quvchini o’ylab ko’rishni, muhokama qilishni talab 
etadigan shaklda tuzilishi kerak. 
Savollarning murakkabligi sinflarga qarab ortib boradi. 
V sinfda beriladigan savollar murakaab javoblarni talab qilmaydi. 
Masalan, daryo qaerdan boshlanadi?, Daryo qaerga quyiladi? U qaysi 
yo’nalishda oqadi? 
VI sinfda o’rganiladigan «Materiklar va Okeanlar tabiiy geografiya-
sida» savollar biroz murakkablashadi. Berilgaan savollar o’quvchilarning 
o’ylab ko’rishga va ma’lum bir aqliy faoliyatni amalga oshirishga majbur 
etiladi. Masalan, Anxel sharsharasini geografik joylashishini aniqlang. 
VII sinfda savollar yanada murakkablashadi, bunda savolga javob 
berish uchun o’quvchilar katta aqliy faoliyatni amalga oshirishlari lozim. 
Masalan, O’zbekiston tabiiy kartasi qanday proektsiyada tuzilgan? 
O’zbekistonda Tyanshan tog’ tizmasining qaysi qisimlari joylashgan? 
Yuqori sinflarda o’rganiladigan iqtisodiy va ijtimsoiy geografiya 
kurslarida o’quvchilarga keng va to’liq javobni talab qiladigan savollar 
beriladi. Masalan, jaxon davlatlari qanday guruhlarga bo’linadi?, Yoqilg’i-
energetika sanoati O’zbekistonni qaysi iqtisodiy rayonlarida yaxshi 
rivojlangan? 
Geografiya ta’limida suxbat metodi ko’p hollarda karta va ko’rgazmali 
qurollar bilan ishlash metodlari bilan birga qo’llaniladi. Ayrim xollarda 
suxbat metodi xikoya va tushuntirish elementlarini ham o’z ichiga oladi. 
Shunday qilib suxbat metodi geografiya ta’limida asosiy metod sifatida 
ham, yoki qo’shimcha usul sifatida ham qo’llaniladi. 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish