Taqdir taqozosi bilan o‘tgan asrning 20-30-yillarida ikki millionga yaqin o‘zbek oila-
lari qizil imperiya changalidan qochib, o‘z vatanlarini tashlab ketishga majbur bo‘ldilar.
Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Eron, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakat-
larda o‘zbek oilalari paydo bo‘la boshladi. O‘tgan asr 50-yillarining oxiridan boshlab AQSh-
ga ko‘pchilik o‘zbeklar ko‘chib kela boshladilar. Ular kim? U yerda nima bilan mashg‘ul?
O‘zlarining milliy urf-odatlari va ona tillarini saqlay oldilarmi? Shu va shunga o‘xshash
savollarga javobni biz mustaqillik sharofati bilangina bilish imkoniga ega bo‘ldik. Yaqinda
Amerika Qo‘shma Shtatlariga qilgan navbatdagi tashrifi m chog‘ida o‘zbek vatandoshlari-
miz bilan yana bir bor uchrashib, mazkur savollarga javob izlashga urinib ko‘rdim. Bugungi
suhbatdoshim «Turkiston-Amerika» o‘zbek jamiyati prezidenti Abdulloh Xo‘ja Akbarxo‘ja
o‘g‘illaridir. O‘zbekona yasatilgan dasturxon atrofi dagi Iliq va samimiy suhbatimiz Nyu-Jersi
Do'stlaringiz bilan baham: |