Vatanni va xalqni bir-biridan hech qachon ajratib tasavvur
etib bo‘lmaydi. Xalqimiz timsolida Vatanimizni ko‘rsak,
Vatanimiz timsolida xalqimizni ko‘ramiz.
Xalqimiz dunyodagi eng qadimiy xalqlardan biri. Avvalo, Vatani-
mizning qadimiyligi, uning tuprog‘ida uch ming yillar oldin ayni
shu xalq shahar va qishloqlar, milliy davlat, madaniyat barpo etgani
bu haqiqatni yaqqol isbotlaydi.
«Xalq» so‘zi ona tilimizga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib,
yaratilgan degan ma’noni bildiradi. Ya’ni, ezgu ishlar uchun
yaratilib, bir tilda so‘zlab, umumiy an’ana va qadriyatlar
asosida yashab, yagona maqsad sari intiladigan kishilar
xalqdir. Bu so‘z o‘rnida millat, el, ulus, elat, aholi, xaloyiq
so‘zlari ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |