O‘zbekiston xalqining tarkibi ko‘p millatli bo‘lgani kabi,
o‘zbek millatining tarkibi ham ko‘p elatlidir.
So‘g‘dlar, saklar, massagetlar kabi turkiy qabilalar hozirgi o‘zbek-
larning qadimiy ajdodlari bo‘lgan. Siz massagetlar yo‘lboshchisi To‘-
marisning eron lashkariga, sak qabilasidan chiqqan Shiroqning Doro
askarlariga, so‘g‘d o‘g‘loni Spitamenning yunon qo‘shiniga qarshi
kurash olib borgani haqidagi hikoyalarni o‘qigan bo‘lsangiz kerak.
O‘zbek xalqi tarkibini shakllantirishda qorluq, o‘g‘uz, nayman,
qipchoq, qo‘ng‘irot, kenagas, barlos, mang‘it kabi ko‘plab qabila va
urug‘ vakillari ham muhim hissa qo‘shganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |