Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. “O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasi”
2. www.Ziyonet.uz sayti
Mavzu №33. Insonparvarlikning oliy belgilari
Reja:
1.Muloqot madaniyatining mohiyati.
2.Insonga shafqat,muruvvat va oqibat ko’rsatish- insonparvarlikning oliy sifati.
3.Nifoqning oldini olish,kishilarga pand bermaslik,qasd qilmaslik,tilni yomon so’zdan asrash.
Tayanch so’z va iboralar: Muloqot madaniyati, ibratli hikmatlar, suhbat odobi, mutakkaburona, g’ofil, ehtiyoj, muruvvatli, munofiq.
Insoniyatning muomala quroli til bo’lib, odamlar bir-birlari bilan bo’ladigan barcha muomala va muloqotlarni so’zlashish yordamida amalga oshiradi. Dono xalq so’zlash qoidasi, tilga ehtiyot bo’lish, har bir so’z. Har bir jumlani o’ylab gapirish, qisqasi- so’zlash odobi va muloqot madaniyati haqida juda ko’p ibratli hikmatlar aytilgan.
Ko’pchilik o’tirgan yig’inga borib,suhbatlashib o’tirgan odamlar orasiga kirsangiz, quyida zikr qilingan suhbat odobiga rioya qiling: avvalo o’tirganlarning nafratiga sabab bo’lmaslik uchun badaningiz va kiyimingiz ozoda, pok bo’lsin,og’zingizdan sarimsoqpiyoz hidi kelmasin. So’ng suhbatdoshlar orasiga kirib, salom berib, ular bilan ko’rishing, bitta salom hammalariga kifoya qiladi.Sizdan yoshi kattalardan yuqori o’tirmang.Ikki kishi orasiga ruxsatsiz kirib joylashmang.Mutakkaburona o’tirishdan saqlaning.Muomalangiz xush, chiroyingiz ochiq, so’zlaringiz shirin va muloyim bo’lasin.
Avvalo dushman orttirmaslikka harakat qil.Mabodo bir kishi dushmaning ekanini bilsang, xoh ochiq, xoh yashirin ravishda uning andishasidan, harakatidan doimo xabardor bo’lib tur,g’ofil bo’lma.Unga o’zingni ojiz va qo’rqoq qilib ko’rsatma.
Achchig’ing kelgan chog’da o’zingni bos, sekinlik va muloyimlik bilan so’zla.Birovning yuziga ochiq ayta olmagan so’zingni u yo’q paytda aytib g’iybat qilib yurma.Agar bir odam sening aybing, kamchiligingni aytsa, qabul qilib kamchiligingni yo’qotishga harakat qil.
Senga ehtiyojini arz etib kelgan kishini hech bir kamsitma, balki yordam qilib, uni zaruriyatdan qutqar.O’zingdan kichiklarga yaxshi muomala qil. Ularga mehribon bo’l.Do’st va dushmaningga muruvvatli bo’l,hammaning olqishi sazavor bo’lishni istasang, lutfu karam yo’lini tut.
Boshqalarga ezgulik qilishdan maqsad inson bo’lganimiz uchundir. Shaxsiy foydamizni ko’zlab boshqalarga ezgulik qilish aslo to’g’ri emasdir.Egri yo’lga kirgan odamni foydali nasihatlar bilan to’g’ri yo’lga solish mushkul ahvolda qolgan odamni mushkullikdan qutqazish.bir kishining bilmagan narsasini unga bildirish, tushuntirish-bularning hammasi egulik qilishdir.
Nifoq deb kishining oldida bir xil, orqasida boshqa xil so’zlanadigan so’zga aytiladi. Bunday so’zlovchi ikkiyuzlama kishilar munofiq deyiladi.Munofiqlar do’stlik va ahillikning dushmani bo’lganliklari sabab dunyoda izzat, oxiratda rohat yuzini ko’rmaslar.Shuning uchun bunday ikkiyuzlama, axloqsiz,harom-harishni farq qilmaydigan munofiqlardan hazar qilmoq lozimdur.
Rasululloh(s.a.v.) bir hadisi sharifda shunday deganlar: “Qaysi kishi musulmonlar orasiga judolik solsa, bizdan emasdur”
Adabiyotlar:
1.“Hayot va turmush odobi” O .Alimardonova, Q.Nazarov.Toshkent-1996.
2. “Ey farzand” Imom G’azzoliy. Toshkent. Movarounnahr-2005.
3. “Hikmatnoma” Toshkent. “Cho’lpon”
4.Kultura povedeniya. Ruben Safarov – Tashkent: “Sharq”,2012
Do'stlaringiz bilan baham: |