Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir



Download 0,8 Mb.
bet2/48
Sana30.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#718565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Murabiylik darsi jami

Mavzu №2. Ozod elning farzandiman
Reja:
1. Kelajagi buyuk yurt farzandiman!
2.Vatanim – faxrim
3.Vatan uchun xizmat qilaman


Tayanch so`z va atamalar: Ozodlik, farovonlik, bunyodkorlik, taraqqiyot, Vatan, yurtboshimiz, mustaqil, faxr, Xizmat…

Yurtboshimiz aytganlaridek, men uchun O‘zbekiston deya atalmish go‘zal va betakror o‘lkada tug‘ilib, uning bag‘rida kamol topayotganligim, mustaqil mamlakatning hur farzandi ekanligim katta baxt. Xalqimizga erkinlik va ozodlik, baxt-u saodat, umid va ishonch sururini baxsh etgan eng ulug‘, eng muqaddas ayyom — istiqlol sanasi bilan tengdosh ekanligim qalbimda faxr va g‘urur uyg‘otadi. Zero, mustaqillik — yorug‘ istiqbolimiz, kelajagimiz kafolatidir Vatan ozod va mustaqil bo‘lsa, uning bag‘ri jannat bog‘laridek obod, xonadonlari fayzli va farovon, odamlari baxt­li, farzandlari esa bilimdon va zukko bo‘ladi. Shuning uchun Vatan ozodligi va mustaqilligi har bir farzandi uchun jon kabi aziz va muqaddasdir. Vatan ozodligi ajdodlarimizning buyuk armoni va muqaddas e’tiqodi bo‘lib, ular bu yo‘lda jonlarini fido qilishdan ham qaytmaganlar. Shiroq matonati, To‘maris jasorati, Najmiddin Kubro, Jalolliddin Manguberdi, Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimiz, shuningdek, o‘tgan asr boshlarida yashab o‘tgan ma’rifatparvar bobolarimizning ozodlik yo‘lidagi kurashlari vatanparvarlikning yuksak namunasidir. Ularning qahramonlik va fidoyiliklari, hayot yo‘llari biz yoshlarga hamisha ibrat bo‘lib qoladi.


Mamlakatimizda biz yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik eng yuksak darajaga ko‘tarilgan. O‘z navbatida yurtimiz farzandlari o‘z bilim va iqtidorlarini butun dunyoga namoyish etib, Vatan sha’nini yanada yuksaklarga ko‘tarmoqda. Mustaqil O‘zbekiston yoshlari xalqaro sport va fan olimpiadalarining yuqori shohsupalarini egallab, vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarmoqdalar. Iste’dodli tengdoshlarimiz milliy hunarmandchilikning mo‘‘jizaviy bezak va buyumlari bilan jahonni lol qoldirmoqda.
Ha, davlatimizda yoshlar uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq, faqat undan unumli va samarali foydalana bilsak bas. Bu borada Prezidentimizning qu­yidagi so‘zlari barchamizni yangidan-yangi marralarga undaydi: “O‘zbek millatining, o‘zbek farzandlarining qobiliyat, zehn-zakovat, tirish­qoqlik borasida boshqa hech bir millat yoki xalqdan qolishadigan joyi yo‘q. Faqat mavjud intellektual imkoniyatlarimizni to‘liq ishga solishimiz, ulardan mukammal tarzda foydalana bilish zarur...” Bizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar zamiridagi ulkan ishonchni bir zum ham unutishga haqqimiz yo‘q. Vatanimizni, mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash biz yoshlarning muqaddas burchimizdir. Zero Mustaqillik timsolida biz o‘zimizni, yorug‘ kelajagimizni, baxtu iqbolimizni ko‘ramiz
Inson hayotida unutilmas onlar, yillarga tatigulik lahzalar ko‘p bo‘ladi. Oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lish, ilk visol quvonchi, birinchi farzand tug‘ilishi, ota-onaning o‘g‘li yo qizi birinchi marta maoshini olib kelgandagi duosi kabilar shular jumlasidandir. Shukurki, mening hayotimda ham bunday lahzalar ko‘p bo‘lgan. Ulardan eng muhimi, hech qachon yoddan chiqmaydigani 1991 yil 31 avgustda Yo‘lboshchimiz Islom Karimov tomonidan O‘zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishidir. O‘shanda ushbu tarixiy qarorni butun dunyo ahliga e'lon qilar ekan, Prezidentimiz majlis ishtirokchilari — Oliy Kengash deputatlari — sessiya qatnashchilariga murojaat etib: “Nega qarsak chalmayapsizlar? Nima, qo‘rqib ketdilaringmi?” degan edi. Buni unutib bo‘ladimi!
Darhaqiqatdan ham o‘sha kuni qo‘rqishga arziydigan, uncha-muncha odam uddalay olmaydigan buyuk tarixiy voqyea ro‘y bergan edi. Mustabid tuzum vallomatlarining “qovog‘idan qor yog‘ilib”, “qilichi qonsirab turgan” qaltis bir vaziyatda Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligini e'lon qilgan — tom ma'nodagi mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan edi...
Mana, shunga ham yigirma ikki yil bo‘libdi. Bu davr mobaynida O‘zbekiston o‘z Prezidenti rahnamoligida murakkab va shonli mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Siyosiy istiqlol iqtisodiy mustaqillik bilan mustahkamlandi. o‘alla, yonilg‘i kabi hayotiy zarur mahsulotlar bilan o‘z ehtiyojlarimizni o‘zimiz ta'minlashga o‘tdik, energetika mustaqilligiga erishildi. Milliy avtosanoatimiz tashkil etildi. Bir so‘z bilan aytganda, chetga qaramlikning har qanday ko‘rinishlariga barham berildi…



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish