Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir


Mavzu №3.Odam savdosiga qarshi kurash



Download 0,8 Mb.
bet3/48
Sana30.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#718565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Murabiylik darsi jami

Mavzu №3.Odam savdosiga qarshi kurash.
Reja:
1. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan odam savdosiga qarshi olib borayotgan ishlari.
2. Odam savdosi tuzog’iga tushib qolganlar.
3. Odam savdosidan insonlarni ogoh etish chora- tadbirlari.


Tayanch so’z va atamalar: mudhish, odamfurushlik, dalolat, tuzoq , huquq-tartiboti , qabih , plakatlar, izchil , muayyan.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasi davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishi etib belgilangan. Bugungi kundagi mudhish, chegara bilmas jinoyatlardan biri – odam savdosi barcha mamlakatlarga jiddiy xavf solmoqda. Yurtdoshlarimizni ushbu og‘ir jinoyatdan asrash, undan jabr ko‘rganlarga ko‘mak berish borasida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni Sirdaryo viloyati misolida ham ko‘rish mumkin.Viloyatda odam savdosining oldini olish, unga qarshi kurashish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilayapti.


Qashqadaryo viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida odam savdosi bilan bog‘liq 23 jinoiy holat aniqlangan. Bu ko‘rsatkichning 2011-yil shu davriga nisbatan sezilarli darajada kamaygani odamfurushlikka qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘z samarasini berayotganidan dalolatdir.
Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar ko‘pincha sodda, ishonuvchan kishilarni, ayniqsa, ayollar va hayot tajribasi kam bo‘lgan yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirishga harakat qiladi, – deydi psixolog Rushana Zubairova. – Ular tasodifan suhbatlashib qolganday bo‘lib, gapni moddiy masalaga buradi. Yaqinlaridan biri xorijda oson va ko‘p miqdorda pul ishlayotganini suhbatdoshining ongiga singdirishga, unda qiziqish uyg‘otishga urinadi. Ustomonlik bilan bu qabih niyatiga erishadi ham. Viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan bunday kimsalar faoliyatiga chek qo‘yish, aholining ogohligi va hushyorligini oshirish, huquqiy bilim va madaniyatni yuksaltirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayapti. Joylarda, xususan, mahallalarda davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida ikki yuzdan ortiq shunday tadbir o‘tkazilib, ko‘chalarga, jamoat joylariga ko‘plab banner va plakatlar o‘rnatildi. Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, 2011-yili odam savdosidan jabr ko‘rgan fuqarolar va ishga talabgor shaxslarning bandligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan mehnat yarmarkalari o‘z samarasini bermoqda. Ayni kungacha ana shunday tadbirlar orqali 9,5 mingdan ziyod fuqaro ishga joylashtirildi. Tegishli idoralar hamkorligida aholini ishga joylashtirish, odam savdosining oldini olishga bag‘ishlangan bunday tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Odam savdosi insonning sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquq va erkinliklariga qarshi og‘ir jinoyatdir, – deydi “Istiqbolli avlod” yoshlar axborot-ma’rifat markazi mas’ul xodimi Feruza Umarova. Bu huquqiy kafolatlarni hayotga to‘la tatbiq etish borasida bir qator izchil chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz. Odam savdosining oldini olish, bu jinoyat oqibatida jabr ko‘rgan insonlarni aniqlash, ularga zarur yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, jamoat tashkilotlari hamkorligi yaxshi samara bermoqda. Odam savdosining oqibatlari haqida targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlari olib borish, seminar-treninglar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi tufayli bugungi kunda ko‘pchilik bu jinoyatning sabab va ayanchli oqibatlarini anglab yetayotir.Shunga qaramay, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar xususida huquq-tartibot idoralariga va mazkur markazga murojaat qilish holatlari uchrab turibdi. Murojaatlar bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli aybdorlar aniqlanib, zarur choralar ko‘rilmoqda.Tadbir ishtirokchilari odam savdosiga qarshi kurashish bilan bog‘liq ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashdilar.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish