Mavzu №29. Kim yoshligida ulug’lar so’zini olsa, keksayganda uning o’zi ulug’ bo’ladi.
Reja:
Keksalarni etsang azizu izzat,seni ham keksaygach etishar hurmat!
Sharq donishmandi Kaykovusning nasihatlari
Qarisi bor uyning derlar: “parisi bor”
Tayanch so’z va atamalar: Mehr-muruvat, qadriyatlar, hurmat, tavof
Bizning xalqimiz oqibatli, mehr-muruvvatli ekanligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi.
To’g’ri, biz xalqimizga xos mehr-muruvvat, tavoze, izzat-ikrom bilan keksaygan ota-onalarimiz, bobo- buvularimiz,mahalla- ko’y va jamoat joylarida duch kelgan joyimizdagi qariyalarga hurmat-ehtirom ko’rsatamiz, duolarini olishga harakat qilamiz. Ammo, shu bilan ularning ko’nglini topdim, ruhiyatini to’liq tushuna oldik, deb ayta olamizmi?
Menimcha “ Ha” deb javob berishga shoshilmganimiz maqul. Chunki xalqimiz orasida odam keksayganda uning bolalik davri yana qaytib keladi, deb bejiz aytilmagan. Zero,odamning yoshi ulug’lashgan sari faqat jismoniy quvvati kamayib qolmay , balki ruhiyatida ham o’ziga xos o’zgarishlar nomoyon bo’la boradi, ya’ni qariyalarga uchta narsa lozim bo’lib qoladi: “ yumshoq ovqat “ “yumshoq to’shak” “ yumshoq so’z.
Darhaqiqat odam organizmining keksayish sirlari, bu yoshdagilarning hayot faoliyati, turmush tarzi, mehnat qobilyati, turli xil kasalliklarning kechish xususiyyatlari va ruhiyatidagi o’zgarishlar hamda boshqa masalalar gerontologiya fani yordamida o’rganiladi.
Yaratganning inoyati bilan keksalik yoshiga yetish va bu ulug’, qutlug’ davrning gashtini surish nasib etishdan umidvor bo’lib yashayotgan inson keksalikka o’zini oldindan ham jismonan, ham ruhan tayyorlab borishi lozim bo’ladi.
Shuning uchun har bir yosh keksalarni hurmat etish, e’zozlash lozim. Shu o’rinda Sharq donishmandi Kaykovusning quyidagi nasihatini eslash joizdir.
“Ey, farzand, hushyor bo’l, yigitlik davringda takabbur bo’lma…
Hamma vaqt yigitlar bilan hamsuhbat bo’laverma qariyalar bilan hamsuhbat bo’l…
Yigit hammadan o’zini dono biladi, ammo shu ishi bilan u hammadan nodondir. Bas, ey, farzand, ana shu yigitlardan hisoblanma, qarilarni hurmat qil ular haqida behuda so’z aytma, uarning oldida odob va kamtarlik bilan so’zla”
Shunday ekan har bir yosh keksalarni hurmat etishi, ularning mushkulini oson qilishga ko’maklashishi lozim, ana sundagina u ham keksayganda izzat topadi.
Qarisi bor uyning derlar: “parisi bor”
Barakasi bor bu uyning , chunki qarisi bor.
“ Qariyalar xonadonning farishtasi, farishtalar duogo’ydir, duolarin sirlari bor
Duolarga qo’l ochganda qo’llarin o’p,
Tavof aylab, ular bosgan izlarin o’p.
Hurmat qilgin, ey o’g’lonim yoshliging bor,
Quvvating bor, -odobing bor, burching bor.
Unutmagin ajdodlaring kim bo’lganin,
Taringda ajdoding bor,avloding bor,
Vaqt o’tmasdan xulosa qil, imkoning bor,
Chunki, sening “Turon” degan Vataning bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |