Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir


Mavzu №26.Dilozor o’z baxtsizligini tili bilan yaratadi



Download 0,8 Mb.
bet33/48
Sana30.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#718565
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48
Bog'liq
Murabiylik darsi jami

Mavzu №26.Dilozor o’z baxtsizligini tili bilan yaratadi


Reja:
1. Tilning fazilatlari, foyda va zararlari haqida.
2. Zakovat va bilimning ochqichi tildir
3. Boshga baloni til keltiradi.


Tayanch so’z va atamalar: Zakovat, kulfat, g’addor, til sohibi, donolik, gung, bilimsiz nodon, mangu nom...

Ajdodlarimiz qadimdan to’g’ri, ta’sirchan, chiroyli gapirishga intilish va ularga odatga aylantirishga ma’rifiy-axloqiy talab sifatida qarab kelganlar.So’zni qadrlash, yaxshi so’zlay olish, so’zlaganda o’ylab, tushunib gapirish, chin so’zlash, tilni tiyish, suhbat sirlarini saqlash,ezma va vaysaqi bo’lmaslik kabilarga amal qilish nutq odobining asosiy talablari hisoblangan. Nutqiy muomaladagi bu odatlar xalqimizning o’ziga xos an’anasi sifatida yashab va takomillashib kelmoqda.


Zakovat va bilimning ochqichi tildir, insonni yorug‘likka boshlovchi tiimizni shirin qilmog’imiz, dilozorlikdan o’zni olib qochmog’imiz lozim.Insonni til ulug‘laydi, uni baxtiyor qiladi, shuningdek, til insonni beqadr ham qiladi, uning boshiga balolar keltiradi.Til qafasda yotuvchi arslon kabidir, qafasdagi g‘addor vaxshiy boshingga yetishi hech gap emas.Til tufayli ozor chekkan inson nima deydi, eshiting, bu so‘zga amal qilib o‘zingizga manfaat oling:
Tilim meni juda ko‘p kulfatlarga soladi, tilim mening boshimni kesmasidan burunroq men tilimni kesayin.So‘zlaringga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin, tilingni tiyib tut, u tufayli tishing sinmasin.
Insonning tili yomon, u doim sen haqingda so‘zlaydi, kishilarning fe’li hasadli, ular seni g‘ajishga ham tayyor turadi.Bilimlilar til haqida puxta ta’lim bergandirlar: ey til sohibi, boshingni asragin, deganlar.
Sen o‘zingning eson-omonligingni istasang, tilingdan zinhor yaramas so‘zlarni chiqarmagin.
Bilib-tushunib so‘zlangan so‘z donolikdan dalolatdir, nodon-johilning so‘zi o‘z boshini yeydi.
Ko‘p so‘zlashdan ortiqcha naf ko‘rmaganman, so‘zning ko‘pidan foyda ham topmaganman.So‘zni ko‘p so‘zlamasdan biroz oz so‘zlagin, ming so‘zli chigalni bir so‘z bilan yechgin.Odam so‘z tufayli ulug‘likka erishadi, podsho bo‘ladi, ko‘p va ortiqcha so‘z esa yuzni yerga qaratadi.Haddan ortiq so‘zlaganlarni ezma deyiladi, shuningdek hech so‘zlamaganlarni gung deb ataladi.Modomiki shunday ekan, o‘rtacha yo‘riqqa amal qil, o‘rtacha yo‘riqqa amal qilgan odam yuksaklikka erishadi.
Tilingga juda ehtiyot bo‘lgin, boshing omon saqlanadi, so‘zingni qisqa qilsang, yoshing uzayadi.Tilning foydasi juda ko‘pdir, sen o‘zingni bosib ol, til goho maqtaladi, goho tahqirlanadi.Modomiki shunday ekan, so‘zni bilib so‘zla, so‘zing ko‘rmas ko‘rlar uchun ko‘rar ko‘z bo‘lsin.
Bilimsiz kishi shubhasiz ko‘rdir, kel ey bilimsiz nodon, bilimdan o‘zingga ulush olgin.Tug‘ilganlar o‘ladi, nom-nishonsiz va izsiz bo‘lib ketadi, so‘zingni ezgu so‘zlasang, o‘lsang ham so‘zing bilan mangu qolasan.Odam ikki narsa tufayli qarimaydi: biri–yaxshi fe’li, ikkinchisi esa ezgu so‘zi.Odam tug‘iladi va o‘ladi, uning so‘zi qoladi, inson o‘ladi, uning nomi mangu qoladi, buni unitma.O‘zing o‘lmas mangu nom istasang, fe’lingni va so‘zingni ezgu tutgin, ey dono.Tilning foydasi va zararlari haqida anchagina gapirdim, bundan maqsadim senga ushbu so‘zlarni aytish edi.
Har qanday so‘zni so‘zlayverilsa, aqldan bo‘lmaydi, odam kerakli so‘znigina so‘zlaydi, uni yashirmaydi.
So‘zlarimni senga so‘zladim, ey o‘g‘lim, bu pand-nasihatlarni senga qildim, ey jigarbandim.Mendan senga kumush va oltinlar qolsa, sen ularni bu so‘zlarga teng tutib almashmagin.Oltin-kumushni ishga solsang tugaydi, olqinadi, so‘zlarimni ishga solib amal qilsang oltin-qumush keltiradi.Odamdan odamga meros bo‘lib so‘z qoladi, bu meros qolgan pand-nasihatlarga amal qilinsa nafi behisob bo‘ladi.
“Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh munshiy ekan. Podsho hamma vaqt Navoiyning deganlariga quloq solar ekan. Kunlardan bir kuni Husayn Boyqaro ertalab saroyga kirib ketayotib, Navoiyga qarabdi-da, ko‘rsatgich barmog‘i bilan boshini ko‘rsatibdi. Navoiy ham shu barmog‘i bilan tilini ko‘rsatibdi. Husayn Boyqaro boshini chayqabdi-da, saroyga kirmay qaytib ketibdi.
Bu voqeani kuzatib turgan Navoiyning shogirdlari imo-ishoraning sababini so‘rabdilar. Navoiy:
— O‘zlaring o‘ylab topinglar, — deb aytmabdi. Shogirdlar o‘ylab-o‘ylab hech topisholmabdi. Ulardan biri Navoiyni so‘zlatish maqsadida siyohdonni ag‘darib yuboribdi.
Shunda Navoiy:
— Abdullatif, nega buncha hayol parishon bo‘lmasangiz. Siyohdon ag‘darildi-ku, — debdi.
— Kechiring ustoz, — debdi shogirdi.— Haligi muammoning sababini o‘ylab, hayolim qochibdi.
Navoiy aytishga majbur bo‘libdi:
—Husayn Boyqaro: «Boshga baloni nima keltiradi?» — deb so‘radi, men «til» deb javob berdim.
Shogirdlar Navoiyning ziyrakligiga yana bir marta qoyil qolibdilar.”



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish