Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir


Mavzu №24. ,,O’g’lim senga aytaman, qizimga atalgan so’zlar.’’



Download 0,8 Mb.
bet30/48
Sana30.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#718565
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
Bog'liq
Murabiylik darsi jami

Mavzu №24. ,,O’g’lim senga aytaman, qizimga atalgan so’zlar.’’


Reja:

  1. O’g’limga aytganlarim.

  2. Qizlarga atalgan so’lar.



Tayanch so’z va atamalar: Targ’ibot, zamin, muvozanat, bahtiyor, munosib

Taniqli shoira va ma’naviyat targ’ibothisi Tursunoy Sodiqovaning ,,O’g’lim, senga aytamanqizimga atalgan so’zlar’’ kitobi yigit-qizlar va yosh oilalarga atab bitilgan. Muallif bu risolada erkak va ayolning murakkab turmush chorrahalaridagi insoniy burchlari, o’zaro munosabati , ro’zg’or tutish san’ati haqida ibratli mulohazalarini bayon etadi. Shaxs, oila va jamiyat tushunchalarining o’zaro bog’liqligini, ularning Vatan yuksalishi uchun poydevor ekanligini boy misralar, shirador til bilan ifodalangan.


O’g’lim.
Bu katta dunyoni ikkitagina ustun ushlab turadi— ERKAK va AYOL! Gar bu ustunlarning biri sal og’sa, dunyo muvozanatini yo’qotadi, zamin zirillaydi. Dunyoni tutib turish – demak, bu ilm va uni har ikki toifaga o’rgatib borish esa ham qarz,ham farzdir. O’g’lonim, baxt va baxtiyorlikning soni ming bitta. Uning tusi ham, mazasi ham turfa va sonsizdir.
Darvoqe, baxtiyorlikning o’zi nima?
Nazarimda, uning eng sodda ta’rifi — QONIQISHDIR. Senga taalluqli bo’lgan insonlar, muhit va ishlaringdan ko’ngling to’lishidir. Ammo bu dunyoning hisob-kitobi juda qattiq; bermaguningcha, ololmaysan! Har bir inson – iqlim yaratuvchi manba, nur uzatsang, atrofing chaman bo’ladi, muzlab tursang, bahorni ham qishga aylantirasan. Demakki, bahtiyor bo’lish uchun avvalo o’zingni unga munosib ayla. Boshqacha qilib aytganda, BAXT SENGA TUHFA QILIB BERILMAYDI, YO’L YOPIB, UNING QOSHIGA O’ZING BORASAN.
O’g’lon bolam, shu yo’lingda ko’makchi bo’laylik deb, ushbu risolani bityapmiz.
Oriyatni ,,siz’’la!
O’g’lonim, "sha’n" degan qimmatbaho so’z bor, uyda sen turib, oilaning jismoniy ishlariga ota-onangning boshqalarga yukinishlari yoki sen turganda bolg’a, ketmon ko’tarib yurishlari, ‘’biz yaroqsiz bola boqib qo’ydik, na qilaylik’’ , deya seni el o’rtasida sazoyi qilishlari bilan tengdir.
Seni butunlikka yetaklaydigan narsa ,,yigitmanmi, yigitday bo’lishim shart’’ degan ORIYATdir! O’g’lonim, umring bo’yi o’zingni ‘’sen”lab, ORIYATNI ‘’SIZ,,lab o`tgin! Bo’yingdan oriyating baland bo’lsin! O’g’il bolaning birinchi yarashig’i shu!
To’rt tarafing o’quvxona.
Atrofingga yaxshilab qara, to’rt tarafing o’quvxonadir. Insonni maktab kursisigina emas, hayotning o’zi dono qiladi. Faqat berilib kuzat va astoydil ma’nisini uq! Karvonini buzmay don orqalab yugurayotgan chumoli senga mehnatkashlikni o’rgatadi. Zilday asfaltni ko’tarib tashlab, nish urayotgan qilday maysa yashash uchun kurash qanday bo’lishini ko’satadi! O’zingni solishtir va ulardan ming bora zaifliging uchun uyal, bolam!
Kimning o’rtog’isan?
O’g’lonim hamisha aqli va fe’li o’zingdan kuchlilarga yaqin yur. Tovonlaringni ko’tarib bo’lsa-da , ularga tenglashmoqqa intil, xudodan astoydil tilab intil, sen hozir bir pokiza vujudsan –ixlos bilan so’rasang, albatta beradi! Xalqning yaxshi gapi bor va u aynan senga taalluqli: ‘’Yuzta ahmoqning ichida aqlligi bo’lib yurgandan ko’ra, o’nta aqllining ahmog’i bo’lib yur’’. Shunda yutasan, bolajon!
Yigitdagi ikki ovoz.
Ro’baro’ kelgan voqea hodisotga nisbatan kallangga birinchi uriladigan, ya’ni ,,iye, bu uyat-ku’’ yoki ‘bu —yomon ish’’ degan fikrini mahkam ushla, chunki uni yuragingga xudo soladi. Ammo orqasidanoq to’ntarilib keladigan ikkinchisi, ya’ni ‘’uyat bo’lsa bo’lar, men hohladimmi, qilaveraman’’ yoki ‘’ bu ishni boshqalar qilyapti-ku, nega menga mumkin emas’’ degan sas shaytonnikidir! Xato ustiga xato qilib, uni to’g’rilay olmay beli sinib o’tayotganlar iblisga quloq tutganlardir …
Qizim, dilbandim!
Gapni ‘’Hazrati ayol’’ kitobimdan senga keltirgan ta’riflarimdan boshlay: ‘’Kamolga yetgan qiz mukammal san’at asaridir. G’ozal asardir. U - Boychechak. U – muattar qatlari endi yozilib kelayotgan g’uncha. Hozirgina yomg’ir yuvib o’tgan oqi oq, qizili qizil bo’lib yashnagan chamanzor u!
U ustiga ko’ylak emas, bodom gullarini kiyib olgan, o’sha, yonlab o’tganinsiz, shuncha sarxush qilarmidi?
Uning ko’zlarida o’g’risi bor — hayolingizni oladi. Ovozida qumrisi bor – ohangni yuragingizga soladi. Butun dunyoning armoni shu – kamolga yetgan qiz! Muhabbat uning poyiga bosh urib,yig’lab halak! Shoirlarning dastidan yer sharining ochiq joyi qolmagan – qizlarni ta’riflab she’rga to’ldirib yuborganlar! Ro’yi zamin shu kamolga yetgan qizga qasida aytib yashaydi …
Yaratganning shunday buyuk ijodi, ne’mati bo’lgan qizoyim, assalomu alaykum!
Mo’jiza zot
‘’ Tug’iladigan bola qiz bo’lsa to’lg’og’i achchiq bo’ladi,’’ – derdilar onam. Dunyoga inqilobiy jarayon bilan kelayotganining o’zi bu zot oddiy emasligi,unda bir gap borligiga ishora. Buni qarangki, o’g’il bolaga qaraganda qiz bola jismonan pishiq tug’iladi va oson katta bo’ladi bu ham bir sir!
Qolaversa, ayol zoti nisbatan uzoqroq yashaydi, bu ham sinoat! Yana, yo o’qiganman, yo eshitganman— agar erkak yillab emas, aqalli bir necha kun davomida bir ayol o’taydigan yumushni surunkali bajarib ko’rsa, charchabgina yoki kasal bo’libgina emas, hatto o’lib qolishi mumkin ekan! Ayol esa uzilaman deb turgan qilday beli, gulday nozik jussasi bilan bu dunyoning erkaklar ko’tarolmagan zil yuklarini ko’tarib o’tadi! Uning harakatlari bamisli asfal’tni yorib chiqayotgan maysaday! Yana buning ustiga birday yashnab turaverishini aytmaysizmi! Esimni tanibmanki, o’z toifamni hayrat bilan kuzatishdan charchamadim! Ayol — asrorxona! Ayol — mo’jiza!
Milliy g’urur.
Sen razm solgin, dunyo xalqlari eng katta minbarlarda, qaddini jahon ko’radigan joylarda, o’zining muborak kunlarida milliy tili, milliy kiyimlari va milliy madaniy meroslarini namoyish etib o’rtaga tushadi. Bu ularning’’mening naslu nasabim bor, zotim, tarixim tayin’’ deganlaridir. Milliy g’urur shu, bolajon.
O’zliging bo’lsin.
Bu borada, qizim-jonsaragim, sen eng ogoh va vafodor bo’lishingga yurakdan ishonaman va yana bir bor quloqlaringga aytib qoyay:
Udda qilsang, o’nta tilni yodlagil bulbuldayin,
Avvalo o’z tilginangning xizmatin qil quldayin,
So’ylasang o’zbekchada, bo’ylar taratsin guldayin,
Nozik o’lsin qildayin izhor etarda dildagin,
O’zligingni avval uq, o’zbekkinamning bolasi!
Shu she’rning yana bir joyida ,,do’ppilar armon bu kun, eh, beqasam to’nlar qani?’’ deya oh uribman!
Ohlarim yetsin senga!
Dunyoga kelib, boshi iroqi do’ppi ko’rmay o’tayotgan qiz o’zbekning bolasiman deydimi?
Qiz bo’lib kamolga yetib, sochini biror marta mayda o’rdirmagan oyim ham o’zbeklikni da’vo qiladimi?
Bir baxting – diling, niyating!
Avvalo, hamma yaxshi narsalarni barchaga tila,keyingina o’shalarning qatorida o’zingga so’ra.Boisi, Yaratgan hamma bandalarini birday sevadi, sen avval o’zgalar uchun kuyishni bilgin, sen uchun esa uning o’zi qayg’uradi.
Chiroyli niyatlar qil.
Ota-onang, yaqinlaring, xattoki bola-chaqangdan ham xoxlagan narsangni so’rolmaysan, xammasi xisob jitobli. Faqat yaratgandangina istaganingcha tilashing mumkin. Uning dargohi keng va ugina beminnat muruvvatga qodirdir!
Shuning uchun niyatni ulug’ qil. Niyating qancha baland bo’lsa, hayoting o’shancha durkun bo’ladi, jismingda o’sha darajada faoliyat uyg’onadi.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish