Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir


Mavzu №34.Biz buyuk yurt farzandlarimiz



Download 0,8 Mb.
bet41/48
Sana30.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#718565
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
Bog'liq
Murabiylik darsi jami

Mavzu №34.Biz buyuk yurt farzandlarimiz
Reja:

  1. Yurt fidoiylari

  2. Kelajagimiz davomchilari

  3. Avlodlar merosi



Tayanch so’z va iboralar: Tafakkuri, ruhan, ongi, qardyatlar, mutafakkur

“Hozirgi kundagi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz-jamiyatimiz a’zolarini avvalam bor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol topdirish,ularning qalbida milliy g’oya,milliy mafkura,o’z Vataniga mehr-sadoqat tuyg’ularini uyg’otish,o’zligini anglash,milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir”.


Mamlakatimiz mustaqilligi yillarida ro’y bergan muhim o’zgarishlardan biri ma’naviy yangilanish, kishilarnng ongi,tafakkuri va dunyoqarashining boyib,kengayib borayotganligi hamda erkinlik kasb etayotganligidir.Xususan,yoshlarimizning elu-yurt,xalq,millat va Vatan manfaatlarini anglash,ularning shon shuhratini yanada oshirish, ilmu-fanna va madaniyatini hamda san’atini gullab yashnatish,mamlakat hafsizligini taminlash , o’tmishini, ajdodlari boy merosini, tarixi,dini va qadryatlarini o’rganish,munosib baholash borasidagi faoliyatlarni ayniqsa kishini quvontiradi.
Mamlakatimiz rahbari Islom Abdug’anievich Karimov 2008-yilni “Yoshlar yili”deb e’lon qildi. Bu O’zbekiston yoshlariga katta masuliyatni yuklaydi desak mubolag’a bo’lmaydi. O’ylaymizki, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topayotgan yurtimiz yoshlari bu yuksak ishonchni oqlash yo’lida bor bilimi va kuch g’ayratini,albatt safarbar etadilar.
Yosh avlodni ma’naviy,ahloqiy yetuk inson bo’lib yetishtirishda, Qur’onu- Karim va hadislarda,O’rta Osiyolik mashhur mutafakkir va donishmandlar Muso al-Xoraazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf xos Xojib asarlarida, shuningdek “ Temur tuzuklari”da , Ulug’bek va Alisher Navoiy asarlarida hamda XIX asrning o’rtalarida ijod qilgan Ahmad Donish, Furqat, Muqumiy va boshqalarning kitoblarida umuminsoniy qadryatlarning ahamyatiga katta e’tibor berilgan.Ma’naviy-ahloqiy kamolot nima?
Odamzot paydo bo’libdiki hamisha odamiylik shaniga yarasha hatti-harakat qilishga,o’zida u yoki bu fazilatlarni mujassamlashtirishga intilib keladi.Odob,hulq-atvor asrlar davomida tarkib topgan, takomillashib brogan. Ular har bir shaxsning o’zini tuta bilishi, hatti-harakati,muomalasi jarayonida o’z ifodasini topadi.
Ma’naviy yetuklik insonning ehtiyojiga aylanib qolishi zarur.Odob qoidalariga hamma hayotiy talabdir. Ahloq kishining ichki olami e’tiqodi,fazilatlari sifatida mavjud bo’lsa odob shaxsning ko’zga tashlanadigan mulozamati,xulq-atvori,muomala munosabati tarzida nomoyon bo’ladi.
Jamiyatimiz bugungi ,ertasi va kelajagi ko’p jixatdan yoshlarimiz tarbiyasiga bog’liq.Shunday ekan bizning maqsadimiz milliy, ma’naviy va moddiy qadryatlarimizni odob-ahloqni yoshlarimiz ongiga chuqurroq singdirishdan iboratdir.
Yoshlarimiz ahloqiy tarbiya jarayonida, ya’ni o’qish, jamoat ishlarida tirishqoq, do’stlarga sofdil munosabatda bo’lish, o’z burch va vazifalariga vijdonan yondashish,halol mehnat qilish kerakligini, ba’zi tengdoshlarining ayrim salbiy odatlariga befarq bo’lmasligini tushunib anglab boradilar.Shuningdek ular o’z manfaatlari uchungina emas, balki oilasi,sinf va maktab jamoasi sha’niga dog’ tushurmaslikka o’rganadilar.Insonning insonligi, birinchi navbatda uning ma’naviy-ahloqiy barkamolligi,pokligi bilan belgilanadi.
Ma’naviy-ahloqiy tarbiya tushunchasi keng qamrovlidir.
Ma’naviy-ahloqiy barkamol inson ota-onasi,farzandlari, qariindoshlari xullas butun oila a’zolari,qo’ni qoshnilari,mahall-kuyi va butun mamlakat xalq farovonligi haqida qayg’uradi; tevarak-atrofni o’rganib olgan insonlar unga kerak bo’lgani singari, o’zi ham unga kerakli kishi bo’lishiga intiladi;Odob-ahloq,fe’l-atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblaydi; ota-bobolaridan yodgor bo’lib qolgan ma’daniy merosni qadiraydi; Milliy qadryatni e’zozlaydi va ularga sodiq bo’lib qoladi; Vatanparvarlik, xalqparvarlik,insonparvarlik tuyg’ulari barqaror bo’ladi; o’zaro muomala munosabatida o’rnak bolishiga moil bo’ladi’birovning og’irini yengil qilishni odat qiladi; umumxalq ma’qullagan va xurmat qilgan Konstitusiyani hurmat qiladi va unga sadoqat na’munalarini amalda ko’rsatadi; Vatanni himoya qilish,boshqacha aytganda,harbiy vatanparvarlik tuyg’ulari bilan yashaydi; diyonat va adolat, mehr-shavqat va ezgulikni himoya qiladi va’daga vofoli bo’lishni o’ziga kasb qilib oladi.
Vatan-mehr muruvat manbai. Ajdodlar va avlodlar hoki nixon topgan, kidik qoni tomgan, daryolar oqqan, bogu-rog’larni gullatib yashnagan, ekinzorlari mavjlanib va boyliklari qatlanib yotgan,elu-yurtini, xalqu-millatini birlashtirgan, daholaru, yo’lboshchilar, donishmandu donolari bo’lgan makon- Vatandir. Vatanni anglash,tushunish his-tuyg’usi eng muqaddas,ulug’ va azizdir. Bu tuyg’uni shakllanishi inson borasida birdaniga bir zumda hosil bo’lmaydi, balki Vatan tuyg’usi bolada ona allasi aytila boshlagandan boshlab to inson umrining so’nggi damlarigacha davom etadi.
Vatan muqaddas,u munavvar, mukarram shajdagohdir, Vatan iftihordir, sadoqatdir, Vatan muqaddas kitobdir,o’qigan sayin o’qiging kelaveradi,qalbing quvonchga,sevinchga, shodlikka va g’ururga to’laveradi.
Vatanni, onani hech nimaga almashtirish, tenglashtirish va baholash mumkin emas. Vatanni, uning yerini va suvini sotgan kishi bir umurga la’natga,nafratga mahkumdir. O’sib kelayotgan yosh avlodga Vatanni sevish, elu-yurt, halq millat timsollariga sadoqat, ularning tarixi,tili,dini,qadryatlari,turmush tarzi,urf odatlari va san’atlariga hurmat bilan qarash kerkligini doimo uqtirib kelmog’imiz shart. Oila-ahloqiy tarbiya asosi. Oila insoniyatning betakror,bebaho,umri kechadiga,taskin topadigan,beg’ubor rohat farog’atlar,g’amxo’rliklar, shodu-hurramlik va ayni mahalda, g’am-anduhlar,tashvishu ko’ngilsizliklar xalovat va xalovatsiz damlarning o’zaro bog’liqligidan iborat dargoh hisoblanadi.
Oilalarda barcha ijtimoiy ma’rifiy , ma’naviy hamda ahloqiy qadryatlar shakllanadi va kamolga yetadi. Oilada beriladigan ahloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi bolalarda ijobiy sifatlarni hosil qilish, ularni yaxshi hulq atvotga o’rgatish va ahloqiy hislatni rivojlantirish hamda ijobiy hatti-harakat,ko’nikma va odatlarni vujudga keltirishdan iboratdir. Bolada mehnatni to’g’ri tashkil qulishning eng oddiy ko’nikmalarini hosil qilish, uni intizomli bo’lishiga, topshirilgan ish uchun masuliyatni sezishga o’rgatish oilada ahloqiy tarbiya berishning birinchi galdagi vazifasidir.
Ma’naviy va ahloqiy tarbiyaning asosi oiladan, ota-onaning tarbiya uslubi va mazmunidan boshlanadi.
Bola tarbiyalanayotgan oilada ota-ona ozaro totuv bo’lishi,biri biriga bo’lgan samimiy munosabati.vafodorligi,ishonch va hurmati,og’ir vazmin bolishi, har qnday vaziyatda ham aql bilan sih tutishi,izzat hurmat bilan bir biriga qalbiga yo’l topishga intilish bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi.Kamol topayotgan har bir bolaga birinchi navbatta, xushmuomalalik, oila azolariga e’tiborli,qarindosh urug’larini, yaqinlarini holidan habar olib turmoqlikni o’z oilasi shaniga dog’ tushurmaslikni, o’tib ketgan avlod ajdodlarni yod etib turishni,ulardan qilgan udumlarni davom ettirish kerakligini tushuntirish foydadan holi emas. Qadryatar ezgulikka boshlaydi. Yoshlarni tarbiyalshda qadriyatlardan foydalanish,yangilanish davrida tarbiyaviy tasirning muhim omillaridan biri sifatida juda katta ahamiyatga ega.
Qadryat o’zi nima? Uni qanday ta’riflash kerak?
Jaxonda biror xalq yoki elat yo’qki o’zining milliy qaryatiga ega bo’lmasa . Darhaqiqat, o’zbek millatining ham milliy qadriyatlari- tug’ilgan makon va ona yurtga ehtirom, avlodlar hotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat , muomalada mulozamat, hayo, andisha kabilar bo’lib,bular musstaqillikni mustahkamlashda ma’naviy asoslardan biri sifatida rol o’ynamoqda. Milliy muhit qadryatlarni yaratadi va yaxshiliklarni pardozlaydi, voyaga yetkazib jaxon miqyosiga olib chiqadi. Azal azalda avlodlar o’rtasida poklik, xalollik,xaqqoniylik, adolat, lavz, oriyat, obro’,g’urur kechirimlilik, qadr-qimmat, bag’rikenglik, insof-diyonat singari qadryatlar ham yashab amal qilib kelinmoqda. Yana ham fikrimizni davom ettirib aytadigan bo’lsak, yo’l yuzasida yotgan toshni chetga olib qo’yish, mahalla-ko’y uyushtirgan hasharlarda qatnashish, kuzda yoki erta bahorda ko’chat o’tqazish, marakalarda qatnashish, taziyalardagi tashvishlarga sherik bo’lish singari ijtimoiy ahloqiy hodisalar hamma zamonlarda, xalqlar, jami millatlar va elatlar hayotida amal qilib, avloddan avlodga o’tib turgan.
Biz yoshlarni ma’naviy ahloqiy avlodlar merosiga, madaniyatiga, qadriyatiga nisbatan hurmat bilan qarash, ularni e’zozlash,qadrlash, sayqal berish va boyitishga o’rgatishimiz zarur. Mehnat insonni ulug’laydi. Inson hamisha ezgu niyat, orzu havas bilan yashaydi: Ilm olish hunar egasi bo’lish, jamiyatga va xalqqa naf keltirish. Hayotta o’zining o’rnini topish singarilar……. U shu narsalarni amalga oshirish uchun hamisha oqilona ish tutishga, xalol mehnat qilishga o’rganishi,adolatli, haqiqatgo’y va mard bo’lishi lozim. Bunday kishilar qanday holat va sharoitda bo’lmasin xalq tomonidan ardoqlanadi.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish