Mavzu №31.Mehnat – salomatlik garovi
Reja:
1.Mehnat — inson ziynati
2.Mehnat mehnatni tagi rohat
Tayanch so’z va atamalar:Dunyoqarash, ilxomlantiradi, malaka, ko’nikma
Mehnat insonning maqsadga yo`naltirilgan faoliyati bo`lib, xayot kechirishining asosiy shartidir. Chunki mehnat tufayli inson o`zining moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondiradi.
Inson tabiatan mehnatkashdir. U mehnat tufayli o`zining iste’dodi, qobiliyati, layoqatini namoyon etadi.
Mehnat jarayonida insonning dunyoqarashi kengayib, bilim saviyasi oshib, u o`z o`zini jismoniy va ma’naviy jixatdan shakllantirib boradi.
Mehnat insonni ulug`laydi, yashashga, go`zallikka ilxomlantiradi. Insonning boshqa mavjudodlardan farqli jihatlaridan biri xam mehnat qilishidir. Shuning uchun xam xalqimizda: «Mehnat qilgan elda aziz», «Mehnatning tagi roxat», degan maqollar mavjud.
Inson mehnati mazmunan aqliy va jismoniy mehnat tarzida amalga oshiriladi. Har ikkalasining hamoxangligi natijasida shaxs xar tomonlama voyaga yetadi. Aqliy mehnat inson tafakkurini rivojlantirsa, jismoniy mehnat uning barkamol, sog`lom o`sishi uchun zamindir. Chuqur bilim, aql bilan egallangan jismoniy mehnat malaka va ko`nikmalari toshga o`yib yozilgan san’at asariga o`xshaydi. Bunday kamolotga erishganlar mehnatda toblangan, el yurt va oilasida obro` e’tibor qozongan, o`z mehnati bilan bir qatorda o`zgalar mehnatidan roxatlanadigan, uni qadrlaydigan, kasb hunar malakasini egallagan insonlar hisoblanadi.
Mehnatni sevmaydigan inson esa o`zini xam sevmaydi, dangasa, ishyoqmas beuquv va beburd bo`lib qoladi. Bunday inson xech qachon komillik darajasiga yeta olmaydi.
Yalqovlik inson xayotining savodi, kambag`allikka eltuvchi asosiy yo`ldir, go`zal va boy hayot kechirmoq uchun bor kuch imkoniyatni ishga solmoq, hunar o`rganmoq, g`ayrat shijoat bilan mehnat qilmoq zarur. Baxt, boylik obro` e’tibor, sog`lik o`z o`zidan kelmaydi. «Хech kimga ko`kdan oltin yog`maydi, yerdan o`t kabi kumush o`sib chiqmaydi», Barcha obro` e’tibor, baxt saodat, molu dunyo faqat inson aqlu zakovati mehnati tufayli vujudga keladi.
Oilaning moddiy va ma’naviy darajasi ham mehnat tufayli ortadi. Oila a’zolarining mevqei obro` e’tibori, ularga nisbagan o`zgalar munosabati esa mehnatning natijalari asosiga ko`riladi.
Inson olamdan o`tgach, uning mehnati, foydali ishlari yaxshi so`zlar bilan esga olinadi. Ota onani oilada farzandlariga o`rgatgan mehnat saboqlari, kasb kori avlodlari uchun bebaxo boylikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |