ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ
ИҚТИСОДИЁТ ФАКУЛТЕТИ
“Эконометрика ва иқтисодий моделлаштириш” кафедраси
“Иқтисодий амалий дастурий маҳсулотлар” фанидан
КУРС ИШИ
Мавзу: Чорвачиликда махсулот етиштиришнинг прагнози
Бажарди: Эконометрика йўналиши 3 курс, EU-18 гуруҳ талабаси
Илмий раҳбар: Мирзев Б.
Тошкент-2021
Mundarija
Kirish 1
Chorvachilikda yetishtiriladigan maxsulotlar 2
Chorvachilikda maxsulot ishlab chiqarish texnalogiyasi 3
Chorvachilikda maxsulot yetishtirishning pragnozi 4
Xulosa 5
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 6
Kirish
Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, ulardan turli xiI oziq-ovqat ishlab chiqarish kishilar uchun muhim hayotiy ahamiyat kasb etadi. Chorva mahsulotlaridan ayni mahalda tibbiyotda ba'zi davolash ishlarida nihoyatda zarur bo'lgan dori-darnonlar, sanoat uchun turli texnik mahsulotlar hamda chiqitlaridan har xiI bezak va galanteriya mahsulotlari ham tayyorlanadi.
Odamlaming kundalik hayotini chorva mahsulotlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu borada go'sht va go'sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlarining tutgan o'mi beqiyosdir. Rossiya tibbiyot fanlar akademiyasi olimlarining tavsiyalariga qaraganda, har bir inson uchun yiliga go'sht o'rtacha me'yori, go'sht mahsulotlari va moyni ham qo'shib hisoblaganda, 80 kg ni tashkil etishi kerak ekan.
Go'sht va go'sht mahsulotlari inson hayoti uchun nihoyatda qimmatli oqsil manbai bo'lib, organizmni plastik va energetik moddalar bilan ta'minlashda hayotiy ahamiyat kasb etadi. Go'sht oqsillari o'simlik oqsillaridan binnuncha yuqori turadi. Binobarin, hayvonlaming oqsili va yog'lari odamlaming kundalik ratsionida ancha salmoqli o'rin egallaydi. Shuning uchun ham odamlaming hayvon oqsili va yog'iga bo'lgan talabi kun sayin ortib bonnoqda. Shunga ko'ra, o'zbekistonda go'sht va sut sanoatining rivojlanishiga katta ahamiyat berilmoqda.
Hukumatimiz qarorlarida sut va go'sht mahsulotlari yetishtirishni oshirish bilan birga ulaming sifatini yaxshilash, turlarini ko'paytirish, tannarxini arzonlashtirish masalalari o'z aksini topgan. Shuningdek, yen3 gil sanoatimiz uchun muhim xom ashyo hisoblangan hayvon terilari, mo'ynasi, juni va hokazolaming sifati ham yaxshilanishi lozim.
Go'sht tarkibida barcha muhim elementlar tayyor holda mavjud bo'ladi, ular inson organizmida moddalar almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadi. Go'sht miyaga ijobiy ta'sir ko'rsatadi: miya yaxshi rivojlanishi uchun oziqni asosan go'shtdan oladi.
Ma'lumki, har bir organizm o'z faoliyati davomida ma'lum miqdorda oqsil, yog', uglevod, tuz va vitaminlar sarflaydi. Shu bilan birga, ana shu sarflangan moddalaming o'mi mintazam to'ldirilib turilishi lozim. Inson ratsionida uning organizmiga zarur hisoblangan moddalar yetarli bo'lishi kerak. Bu moddalar (oqsil, uglevod, yog' va h.k.) Asosan organik va anorganik birikmalardan tashkil topgani holda murakkab suv aralashmasi sifatida organizmga tarqaladi.
Bilamizki, chorvachilikda yetishtiriladigan maxsulotlarni pragnozi muhimligi shundan iboratki unda ishlab chiqariladigan maxsulotlarning narxlari doimiy ravishda barqaror bo’lishi uchun uning narxlari oldindan pragnoz qilinishi zarur, va narxlarning mutanosibligiga erishish lozim.
Shuning uchun narxlar doimiy nazorat qilib boriladi va zarur holatda pragnozda olingan natijalar asosida turli omillar orqali o’zgartirib boriladi.Turli omillar deganda chorvachilikda ishlab chiqariladigan maxsulotlarga tasir etuvchi ichki va tashqi omillar nazarda tutiladi.Masalan, O’rinbosar tavarlar va ularning narxlari orqali tasir etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |