Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Download 0,8 Mb.
bet19/48
Sana30.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#718565
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
Murabiylik darsi jami

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” I.A.Karimov
2. “O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasi”
3. www.Ziyonet.uz sayti
4. “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiya” kitobi.


Mavzu №15. O’zbekistonning tinchlik va xalqaro xavfsizlikni ta`minlashdagi o’rni


Reja:

  1. Diniy ekstremizmning oldini olishda mintaqadagi hamkorlik shakllari

  2. O’zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo’yicha xalqaro tuzilma va tashkilotlardagi ishtiroki

Tayanch so’z va iboralar: xalqaro maydon, mintaqaviy xavfsizlik, mintaqaviy tashkilotlar, Afg’oniston muammosi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Еvroosiyo iqtisodiy hamkorligi tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, O’zbеkistonning xalqaro maydondagi tashabbuslari, mafkuraviy immunitеt.


Diniy ekstremizmning oldini olishda mintaqadagi hamkorlik shakllari. Mustaqillikka erishgan O’zbekiston Respublikasi diniy aqidaparastlik, mutaassiblik, ekstremizm va terrorchilikning mintaqaviy va umumbashariy miqyosdagi xavf ekanidan kelib chiqib, jahon hamjamiyati unga qarshi birgalikda kurashishi lozimligi to’g’risidagi g’oyani jahonning nufuzli tashkilotlari minbarlaridan e`lon qildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1993 yil 28 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan ma`ruzasida jahon hamjamiyatini Afg’oniston muammosini izchil o’rganish va Yechishga chaqirdi.
2001 yilning 28 sentyabrida BMTning Xavfsizlik Kengashi 1373(2001)-sonli rezolyutsiyani qabul qilib, BMT doirasida terrorizmga qarshi kurash qo’mitasini tuzdi. Ushbu qo’mitaning tuzilishi va faoliyati O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov taklif qilgan terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazining kontseptsiyasiga hamohangdir. Zero, Yurtboshimiz 1999 yilning noyabrida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Stambulda bo’lib o’tgan Sammitida va 2000 yilning 7-8 sentyabrida Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan BMT Bosh Assambleyasining “Mingyillik sammiti”da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish taklifini bayon qilgan edi. Ushbu tashabbus ro’yobga chiqqanidan so’ng, O’zbekiston 2001 yil dekabr oyida va 2002 yilning avgust oyida BMT Xavfsizlik Kengashining yuqorida zikr etilgan rezolyutsiyasining bajarilishi xususida BMTning terrorizmga qarshi kurash qo’mitasiga ma`ruzalar taqdim etdi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1998 yilda tashkil topgan “6+2” guruhining BMT rahbarligida 1998–1999 yillarda olib borgan faoliyati Afg’onistonda eks­tremizm va terrorizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega bo’lganini ta`kidlash zarur. Bu guruh Afg’oniston bilan chegaradosh olti davlat (Xitoy, O’zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston) va mintaqa tashqarisidan Afg’onistondagi vaziyatga jiddiy ta`sir ko’rsatib turgan ikki davlat – AQSH va Rossiya Federatsiyasining yuqori darajadagi vakillaridan tashkil topgan edi. Bu guruh bir qator majlislar, muhokamalar va muzokaralar o’tkazib, ularga Afg’onistonda bir-biri bilan kurashayotgan kuchlar vakillarini jalb qilib, “Afg’onistondagi mojaroni tinch yo’l bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari to’g’risida”gi Toshkent Deklaratsiyasini va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo’yicha bir qator boshqa hujjatlarni ishlab chiqdi. 1999 yilning 28 iyulida BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida “6+2” guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlari yuksak baholandi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda Yurtboshimiz tomonidan Afg’onistonda vaziyatni barqarorlashtirish bo’yicha yagona xalqaro amaliy mexanizm bo’lib kelgan, 1997-2001 yillarda BMT rahnamoligida samarali faoliyat ko’rsatgan, Afg’oniston bilan qo’shni davlatlar, AQSH va Rossiyaning vakolatli vakillaridan tashkil topgan “6+2” muloqot guruhini hozirgi voQelikni inobatga olgan holda va muzokaralar jarayonida NATO vakolatxonasi ham albatta ishtirok etishini nazarda tutib, “6+Z” guruhiga aylantirish zarurligi haqidagi g’oyat qimmatli amaliy taklif ilgari surilganini ham alohida qayd etish lozim. Bunday mexanizmning qayta tiklanishi barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish jarayoniga ijobiy ta`sir ko’rsatishi shubhasiz.
Respublikamiz ekstremizm va terrorizm bilan birga uni moliyalashtirish bilan uzviy bog’liq bo’lgan narkobiznes va narkotrafikka qarshi kurashda ham qat`iy siyosat olib bormoqda. 1999 yilda “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to’g’risida”gi, 2000 yilda “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi va 2006 yilning 1 yanvaridan amalga kiritilgan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunlarning qabul qilingani ham fikrimizni tasdiqlaydi.
Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko’plab xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, ulardagi majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, bu masalalarda o’zining tashabbuslarini ilgari surayotganini ham alohida ta`kidlash zarur.
Ma`lumki, BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan 13 ta hujjati (11 ta Konventsiya va 2 ta protokol) mavjud. Hozirda O’zbekiston 12 ta ana shunday xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilgan. Ular qatorida 1971 yildagi fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash; 1973 yildagi xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, shu jumladan, diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlar uchun jazolash va ularni bartaraf qilish; 1979 yildagi garovga olish harakatlariga qarshi kurash; 1980 yildagi yadroviy materiallarning himoyasi; 1988 yildagi dengiz kemalari harakati xavfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash; 1997 yildagi bombaviy terrorizmga qarshi kurash; 1999 yildagi terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash xalqaro konventsiyalari borligini ko’rish mumkin.
O’zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan 7 xalqaro shartnomani imzolagan. Ularning ichida 1977 yildagi terrorizmning oldini olish; 1978 yildagi shaxslarning o’qotar qurollarni sotib olish va ularning saqlanishini nazorat qilish; 1983 yildagi zo’ravonlik bilan amalga oshirilgan jinoyatlar oqibatida jabrlanganlarga kompensatsiyalar berish to’g’risidagi Yevropa Konventsiyalari hamda 1957 yildagi ekstradiktsiya to’g’risidagi Yevropa Konventsiyasi 1975 va 1978 yildagi qo’shimcha protokollari va 1959 yildagi jinoiy ishlar bo’yicha o’zaro huquqiy yordam to’g’risidagi Yevropa Konventsiyasining 1978 yildagi qo’shimcha protokoli bilan imzolanganini alohida qayd etish lozim.
Qayd etilgan konventsiya va protokollarda mustahkamlab qo’yilgan qoidalar respublikamizda qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa huquqiy-me`yoriy hujjatlarda ham izchil ifodasini topmoqda.
Markaziy Osiyo respublikalari hamkorligi doirasida ham O’zbekiston diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm va narkobiznes xavfini o’zaro birgalikda bartaraf etish bo’yicha qator tashabbuslar bilan chiqib, uni ro’yobga chiqarib kelmoqda. 2000 yil 21 aprelda Toshkentda O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston va Qirg’iziston respublikalari terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilik hamda tomonlarning barqarorligiga xavf tug’diradigan boshqa tahdidlarga qarshi kurashda hamkorlikda harakat qilish haqida shartnoma imzolagani ham buning isboti bo’la oladi.
Jamiyat taraqqiyotiga muqobil ravishda diniy ekstremizm va terrorchilik bilan bog’liq jinoyatlar sifat va miqdor jihatidan o’zgarib, uning masshtab doirasi tobora kengayib bormoqda. Shuningdek, terrorchilar sodir etayotgan jinoyatlarning intensivligi va og’irlik darajasi ham kun sayin dahshatli tus olayotgani juda achinarli holdir. Bu esa insoniyat xavfsizligi va dunyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga tahdid hamon saqlanib qolayotganidan dalolat beradi.
XX asrning so’ngi choragiga kelib, diniy ekstremistik va terrorchi kuchlarga qarshi kurash xalqaro muammo darajasiga ko’tarildi. Bu esa diniy ekstremizm va terrorizm tinchlik va barqarorlik uchun asosiy tahdid ekanini ko’rsatadi. Ayniqsa, ko’plab ekstremistik va terrorchi guruhlar faoliyat olib borishga intilayotgan Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta`min etishda mintaqadagi davlatlar o’rtasida terrorizmga qarshi kurashish bo’yicha o’zaro hamkorlik aloqalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Osiyoda diniy ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurashda eng dolzarb vazifalardan biri vayronkor kuchlarga qarshi kurash borasida davlatlararo hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish va huquqiy hamkorlik shakllarini rivojlantirishni taqozo qiladi. Bu eng avvalo, mintaqa davlatlarining milliy qonunchiligidagi diniy ekstremizm va terrorizmga aloqador normalarni bir xillashtirish, ya`ni unifikatsiyalash bilan chambarchas bog’liqdir.
Buning uchun terrorizm tusidagi qilmishlarni jinoyat deb tasniflash belgilangan o’ndan ortiq xalqaro konventsiyalardagi qoidalar talqiniga asoslanib, xalqaro terrorizmga qarshi kurashda mintaqa davlatlarining o’zaro hamkorligini ta`minlovchi shartnomaviy-huquqiy qoidalarning yagona tizimini yaratish va amaliyotda qo’llash chorasini ko’rish zarur. Chunki, Markaziy Osiyodagi mavjud diniy vaziyat va diniy sektalarga munosabat xilma-xil bo’lib, bir davlat qonunchiligida g’ayriqonuniy deb topilgan xatti-harakatlar ikkinchi mamlakatda qonuniy hisoblanadi.
Shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda jinoyatchilarni ekstraditsiya qilishga aloqador xalqaro va davlatlararo ikki yoki ko’p tomonlama Konventsiya yoki shartnomalar muhim o’rin egallaydi. Ammo xalqaro hujjatlardagi qoidalar qat`iy va majburiy tarzda belgilanmaganligi uchun ham xalqaro maydonda o’ta xavfli sanalgan jinoyatchi to’dalar, jinoiy uyushmalar rahbarlari yoki boshchilariga nisbatan ular jinoyat sodir etgan hududda davlat tomonidan, jumladan, O’zbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan hukmlar ijro etilmayotganini, jazodan qutulib qolgan jinoyatchilar esa yanada dahshatli usullarda terrorchilik harakati sodir etayotgani inkor etib bo’lmaydigan holatdir.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish