Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir


Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar



Download 0,8 Mb.
bet27/48
Sana30.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#718565
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
Bog'liq
Murabiylik darsi jami

Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar
Ajalga davo yo‘q,
Yomonga – balo.
***
Aslning xatosi bo‘lmas,
Yomonning oshnasi bo‘lmas.
***
Baxtiyor bo‘lsa zamon,
Noshukur bo‘lmas – yomon.
***
Bekorchidan bezib qoch,
Chaqimchidan – ko‘chib.
***
Bir kishi ariq qazaq,
Ming kishi suv ichar.
***
Bir kun tuz ichgan joyga
Qirq kun salom ber.
***
Bir ko‘ngil imorati –
Ming Makka ziyorati.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. “O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasi”
2. www.Ziyonet.uz sayti
3. She’rlar to`plami

Mavzu №21. Sog’ tanda sog’lom aql
Reja:
1. Salomatlik inson xazinasi.
2. Sog’lik –tuman boylik.
3. Sport –salomatlik garovi.
Tayansh so’z va atamalar: salomatlik, salom, sport, dunyo, yurtboshimiz,O’zbekiston,bolalar, tinchlik, aholi, qonun, boylik.
Dunyoning barcha mamlakatlarida salomlashish yuksak madaniyat belgisi hisoblanadi. Ko‘chaga chiqqanda uchragan birinchi tanishga, do‘stlarga, o‘qish yoki ish joyiga kiriboq hamsaboqlar, hamkasabalarga, uyga qaytganda esa oila a’zolariga salom beriladi, salomga alik olinadi. Salom-alikning ma’nosi, eng avvalo, bir-biriga sog‘liq, tinchlik, omonlik tilashdir.SHundan ham ko‘rinadiki, inson uchun sog‘liq, omonlik, tinchlikdan qimmatroq boylik yo‘qdir. Shuning uchun ham bir-birimiz bilan uchrashganda «Assalomu alaykum! Salomatmisiz? Sog‘liqlaringiz yaxshimi? Sog‘-omonmisiz?» desak, xayrlashayotganda esa, albatta, «Sog‘ bo‘ling! Xayr, salomat bo‘ling!» deymiz.
Doim sog‘ bo‘lish mumkinmi? Ha, mumkin. Buning uchun o‘z vaqtida rejali ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish, o‘qish yoki ishni qat’iy tartib asosida yo‘lga qo‘yish, ertalab badan tarbiya qilish, tanani, o‘qish yoki ish joyini doim toza-ozoda saqlash, asabiylashishdan o‘zni tiyish, ko‘proq quvnoq kishilar davrasida bo‘lish, o‘z vaqtida dam olish, turli meva, sabzavot va ko‘katlardan iste’mol qilib turish lozim.
Afsuski, har doim ham vaziyat biz istagandek bo‘lavermaydi. Doim ham bir-birimizni to‘g‘ri tushunavermaymiz. Oqibatda kishi asabiylashadi. Asabiylashish esa o‘qish yoki ishdagi dilxiraliklarga, eng yomoni, salomatligimizning yomonlashuviga sabab bo‘ladi. Shuningdek, ob-havoning tez-tez o‘zgarishi, quyosh yoki tabiatdagi muvozanatning o‘zgarishi, o‘qish, ish yoki yashash joyimizdagi turli noqulayliklar ham salomatligimizga salbiy ta’sir etadi. Oqibatda kishi tanasi o‘zining doimiy muvozanatini saqlab turolmay, tashqi yordamga muhtojlik sezadi. Shunda biz shifokorlarga murojaat etishga majbur bo‘lamiz.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati aholi sog‘ligini mustahkamlash uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratmoqda. 2000-yili respublikamizda «Sog‘lom avlod yili» deb e’lon qilindi. Aholi sog‘ligini mustahkamlash yo‘lida alohida xizmat ko‘rsatgan kishilar uchun «Sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis etilgan. Mamlakatimizda xalq hayotini farovonlashtirish, atrof-muhitning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida bir qancha qonunlar qabul qilingan. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilinadi. Ko‘pchilik korxonalarning profilaktoriyalari, dam olish pansionatlari mavjud. Aholi sog‘ligini tiklash va mustahkamlash uchun qishloq vrachlik punktlari, ambulatoriyalar, poliklinikalar, shifoxonalardan tashqari, o‘nlab sanatoriyalar, dam olish uylari yil bo‘yi ishlab turadi.
Sog‘ligini asrash har kimning o‘z qo‘lidadir. Buning uchun har birimiz uyda, o‘qishda va ishda xushmuomala bo‘lishimiz, rashk, ig‘vo, fitnalarga barham berishimiz, bir-birimizga mehribon bo‘lishimiz, ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik, fohishabozlik kabi illatlarni tag-tubi bilan yo‘q qilishimiz, chang, tutun va shovqin-suronsiz sharoitda yashash, o‘qish va ishlash imkoniyatini yaratishimiz, ovqatlanish va dam olishni to‘g‘ri tashkil etishimiz, asabga tegadigan har qanday omillardan voz kechishimiz, sport bilan shug‘ullanib chiniqishimiz, qisqasi – sog‘lom hayot tarzini yaratishimiz lozim. Ana shundagina dunyoning barcha boyliklaridan ham qimmatroq bo‘lgan sog‘ligimizni asrab, baxtli hayot kechiramiz.
O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishida davlatimiz rahbari Islom Karimov mazkur tashkilotning unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, aholi keng qatlamining hayot tarzini sog‘lomlashtirishdek olijanob vazifalarni amalga oshirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil fikr bildirdi.
Yurtimizda har tomonlama sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish asnosida butun xalqimiz sog‘lom, jamiyatimiz barqaror bo‘lishini targ‘ib-tashviq qilish vazifasi ommaviy axborot vositalari xodimlari zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. Bunda ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga aniq javob to xususida atroflicha mulohaza yuritish va chuqur mushohada chig‘irig‘idan o‘tkazish muhim ahamiyatga ega.
Darhaqiqat, Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab farzandlarimizni barkamol qilib ulg‘aytirish, ularni yetuk insonlar sifatida ko‘rish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jismoniy tarbiya va sportning tutgan o‘rni g‘oyat muhim. Sport bilan shug‘ullangan yigit-qizlar avvalo o‘zini anglaydi. Jismoniy tarbiya bolalarni kichkinaligidan boshlab ustun va zaif tomonlarini sezish, tushunish va kamchiliklarni bartaraf etish uchun o‘z ustida doimiy ishlash lozimligiga o‘rgatadi.
Poydevori mustahkam, ko‘rkam qo‘rg‘on
Xalqimiz hurriyatga erishgan kundan o‘z oldiga buyuk kelajak yaratishni oliy maqsad qilib qo‘ydi. Ana shu ulug‘ maqsadga yetishning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘lini tanladi. Bu yo‘lda uchraydigan turli qiyinchilik va to‘siqlarni mardona yengib o‘tishda ko‘mak-madad beradigan, muhim omil bo‘ladigan tadbir-tadoriklar dasturini ishlab chiqdi. Va ularni astoydil amalga oshirmoqda.
Dono rahbarning uzoqni ko‘ra bilish salohiyati tufayli ana shu sa’y-harakatlarning samaralari asta-sekin bo‘y ko‘rsatmoqda. Uning ulug‘vorligi va hayotiyligi boshqalarni beixtiyor andoza olishga undayapti.
Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, barkamol shaxsni tarbiyalashga faqat sportni ommaviylashtirish orqali erishib bo‘lmasligi tabiiy. Ammo bolalar sportini rivojlantirish katta jarayonning muhim bir bo‘g‘inidir. Sog‘lom tanda sog‘ aql, degan ibora esa yetti iqlimda aksiomaga aylangan. “Poydevorning poydevori” ruh pokligi va vujud salomatligini asrashdan boshlanadi.
Poydevori mustahkam ko‘rkam qo‘rg‘onning birinchi g‘ishtlari yoshlarni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb etishning huquqiy asosini yaratish maqsadida 1992 yilda – “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish bilan qo‘yilgan.
Shu qonunning 10-moddasida qayd etilganidek, ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport uzluksiz ta’lim tizimining eng muhim majburiy qismi bo‘lib, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Noyob tuzilma
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktabrdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida“gi va 2004 yil 29 avgustdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmonlari barkamol avlod orzusi yo‘lidagi islohotlar izchilligini ta’minlashda muhim dasturilamal bo‘layotir.
Faoliyatining qamrovi, ko‘zlangan g‘oyaning mazmun-mohiyatiga ko‘ra, dunyoning boshqa mamlakatlarida bunday tashkilot uchramaydi. Darhaqiqat, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi o‘ta noyob tuzilma bo‘lib, ayni paytda qator davlatlar uni qimmatli tajriba sifatida o‘rganmoqda.
Izchillik va tadrijiylik asosida – jamg‘arma faoliyat yo‘nalishi va “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida belgilgangan vazifalarning uyg‘unligiga huddi ana shunday ta’rif berish mumkin. Xususan, Davlat dasturida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ulkan ishlarni izchil davom ettirish, ayniqsa, bolalar sportini yanada rivojlantirish, shahar va qishloqlarimizda davr talabiga javob beradigan sport majmualari bunyod etish, ularni zamonaviy anjomlar, yuqori malakali murabbiylar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgani tilga olingan hamohanglikning amaldagi tasdig‘idir. Demak, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, ommaviy sportni, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish borasidagi ishlar ko‘lami yanada keng quloch yozmoqda.
Prezidentimizning 2007 yil 12 dekabrda qabul qilingan “2008 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi budjetini va bolalar sport ob'yektlari qurilishining aniq manzilli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida“gi qaroriga muvofiq tegishli mutaxassislar tomonidan 2008-2009 yillarda qurib bitkazilgan sport inshootlari va maktab sport zallari uchun zarur sport jihozlari ro‘yxati ishlab chiqildi va ular shunday anjomlar bilan ta’minlandi. 2009 yilda qurib bitkazilgan inshootlarning 174 tasini maktab sport zallari tashkil etadi. Jamg‘arma tuzilgandan buyon o‘tgan davrda, ya’ni 2003-2009 yillar mobaynida 674 maktabda sport zali barpo etildi. Shuningdek, bu davrda 178 ta alohida bolalar sporti inshooti qurib, foydalanishga topshirildi. Umuman olganda, 2003-2009 yillarda mamlakatimizda 1123 sport majmuasi bunyod etilgan bo‘lsa, ularning 922 tasi qishloq joylarda qad rostladi.
Sport jihozlari ishlab chiqaradigan mahalliy korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Masalan, bundan besh yil ilgari mahalliy korxonalarimizda bolalar sport inshootlari uchun zarur 120 xil anjomning 73 turi tayyorlangan bo‘lsa, bugunga kelib 113 xildagi sport jihozlari o‘zimizda ishlab chiqarilmoqda. Bunda bolalar uchun sifatli sport jihozlari ishlab chiqarish imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadida eng qulay va maqbul jihozlar katalogi yaratilgani korxonalar faoliyatida muhim omil bo‘ldi.
Hammamizning ishimiz
“Fitnesclub”, “Fitnescenter” nima degani? Ularning o‘zbekchasi yo‘qmi? Bu qo‘shma so‘zlarning ikkinchi qismi barchaga birdek tushunarli. “Fitnes”ni esa “chiniqmoq” tarzida tarjima qilish mumkin. Modomiki, shunday manzillar peshtoqiga “Chiniqish markazi” deya o‘zbekona kalom bitib qo‘ysak, qanday chiroyli jaranglaydi. Bu bilan ham ona tilimizni – davlat tilimizni hurmat qilgan, ham mazkur lavhalarning ortiga yashiringan qandaydir mavhumlikdan qutulgan bo‘lamiz.
Yoshlar orasida sportni ommalashtirish, bolalarni jismoniy chiniqishga o‘rgatish tegishli tashkilotlarning vazifasi, deb yuradiganlar ham yo‘q emas. Aslida bunday kishilar o‘zining ishi, farzandining tarbiyasiga ham beparvo va loqayd bo‘ladi. Sport bilan shug‘ullanaman, degan o‘smirga qo‘limizdan kelgan yordamni qilsak, uning qobiliyati yuzaga chiqishiga ko‘mak bersak – qanday yaxshi. Natijada bola o‘z maqsadi yo‘lida tishini tishiga qo‘yib astoydil intiladi, tinimsiz harakat qiladi, ezgu niyatga erishish asnosida unda mustahkam iroda shakllanadi.
Boshqacha aytganda, yoshligida toblangan, sport mashg‘ulotlarida chiniqqan bolada mardlik va oqibat tuyg‘ulari kurtak yozadi. Ko‘chaga chiqib mushtlashish emas, sport musobaqalarida, turli bellashuvlarda irodasi mustahkamlangan bolalar tom ma’noda yurtimizning shon-shuhratini oshiradigan, uning nomidan maydonga tushishni faxr-iftixor deb biladigan yigit-qizlar sifatida kamol topadi.
Bir necha yil avval mamlakatimizda nogiron yigitlardan iborat “Matonat” futbol jamoasi tuzilgan va ular jahon chempioni bo‘lgan edi. Ularni nogiron oyog‘i bilan futbol o‘ynashga, barcha raqiblarini mag‘lub etishga nima undagan edi? Insoniy matonat, yoshlikdan shakllangan xarakter, har qanday sharoitda ham o‘z irodasini namoyon etish ishtiyoqi emasmi?!
Armrestling bo‘yicha besh karra jahon chempioni Umid Ahmedovni yaxshi bilasiz. Shu yigit ham nogiron. Yana o‘sha xarakter, yana o‘sha iroda uning butun kuchini bilagiga yig‘a olishiga, o‘zini dunyoga tanitishiga, Vatan obro‘sini oshirishiga imkon yaratib berdi.
Xotin-qiz murabbiylar qayerda tayyorlanadi?
– Xotin-qiz murabbiylar ilgari asosan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida tayyorlangan, – deydi O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi boshqarma boshlig‘i Rashid Matkarimov. – Lekin hozirgi kunda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi mutaxassisliklar tayyorlash imkoniga ega 17 oliy o‘quv yurtida 27 ming 911 nafar talaba tahsil olayotgan bo‘lsa, shundan 8 ming 105 nafarini qizlar tashkil etadi. 2010 yilda faqatgina O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlab, mutaxassislik diplomiga ega bo‘ladigan bitiruvchilarning 184 nafari ayol murabbiylardan iborat.
Ammo joylarda qizlarni sportga jalb etishdagi mavjud muammolarning sababi aksariyat hollarda ayol murabbiylarning yetishmasligiga borib taqalayotgani bu borada hali qilinadigan ishlar ko‘pligini ko‘rsatadi. Shuning uchun Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi vazirliklariga 2010-2011 o‘quv yilida oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish rejasini shakllantirishda xotin-qizlardan yuqori malakali murabbiylar va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tayyorlashni kengaytirishni nazarda tutuvchi aniq ko‘rsatmalar berildi.
Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining sifat tarkibi raqamlar ko‘zgusiga solinganda ham tilga olinayotgan ehtiyoj dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ayon bo‘ladi.
Bugun mamlakatimizda 27 ming 241 nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchisi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, shundan 7 ming 54 nafari ayollar.
Sportning hayotiy sabog‘i
Inson avvalo yurti bilan, Vatani bilan g‘ururlanib yashashi lozim. Sport orqali milliy istiqlol g‘oyasini keng rivojlantirish uchun beqiyos imkoniyatlar mavjud. Hayotda sportning o‘rni va ahamiyati oshib borayotganini sezish, bundan to‘g‘ri xulosa chiqarish, yoshlarga bugun yurtimizda olib borilayotgan siyosatni, an’ana va qadriyatlarimizga hurmatni sport orqali singdirish darkor. Shu yo‘sinda tarbiya topgan bolalar “ommaviy madaniyat” yanglig‘ bosimlar oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi, hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlashda adashmaydi.
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashi yig‘ilishida Prezidentimiz “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” degan shior negizida ham sport, jumladan, bolalar sporti tushunchasi mujassam ekanini alohida ta’kidladi. Albatta, tabiiy boyliklar, iqtisodiy salohiyat, davlat va jamiyat qurilishi yo‘lidagi yutuqlar buyuk kelajakning asosi hisoblanadi. Shu bilan birga, buyuk kelajakning bir omili borki – bu yosh avlodning salomatligi, jismonan va ma’nan yetuk inson bo‘lib yetishishidir. Buni sira unutmasligimiz darkor.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish