Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir



Download 0,8 Mb.
bet24/48
Sana30.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#718565
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
Bog'liq
Murabiylik darsi jami

Mavzu №19.Havas va Hasad
Reja:
1.Hasad va havas so`zlarining ma`nosi
2.Hayotda hasad va havas.
3.Doimo havas qilib yashang


Asosiy so`z va tamalar:hasad,havas,orzu,ichi qora,bog`,yaxshilik,ezgulik,umid

HAVAS va HASAD har doim yonma-yon yurar ekan va odamlar qaysi birimizni tanlar ekan deb baxslasharkan. Havas-ezgulikka, Hasad-yovuzlikka chorlar ekan. Aziz do`stlarim siz doimo Havasni tanlang. Zero havas qilganga Olloh ham beradi deyishadiku


“Hasad” so'zining ma'nosi“Hasad” so'zi lug'atda “biron kishidagi Alloh bergan ne'mat yoki fazilatni zavol topib, o'ziga o'tib qolishini xohlash” ma'nosini ifodalaydi. Ibn Arobiyning ta'kidlashicha, “hasad” aslida “terisini shilmoq” ma'nosini bildiradi.
Hasad yomon illatdir. Unga teskari bo'lgan ma'noda arab tilida “g'ibto” so'zi qo'llaniladi. Mazkur so'z “biron kishidagi ne'matni ko'rib, uni o'zida ham bo'lishini xohlash”, “havas qilish” ma'nolariga ega. “G'ibto”da o'sha ne'matni zavol topishini xohlash ma'nosi bo'lmaydi. Ammo ulamolar g'ibto ham xuddi hasad kabi zararli ekanini faqat ziyoni hasaddan engilroq ekanini ta'kidlashgan. Jumladan, al-Azhariy: “G'ibto hasadning bir turidir, biroq undan engilroq”, degan. Bu ma'no “Lisanul arob” lug'atida shunday tushintirilgan: “Hasad aslida “terisini shilmoq”, g'ibto esa “biron narsani tekshirib bilmoq, aniqlamoq” ma'nolarini ifodalaydi. Agar daraxt po'stlog'i shilib olinsa, u qurib qoladi. Bu hasaddir. Agar uning yaprog'i yulib olinadigan bo'lsa, ildizi qurimasa ham daraxtning o'ziga zarar etadi. Bu g'ibtodir” (Ibn Manzur. “Lisanul arob”, 5-juz', 3208-bet)
Ibn Umar roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Ikki kishiga havas qilish mumkin: birinchisi – Alloh unga Qur'on (ilmi)ni bergan bo'lib, u kechayu kunduz uni tilovat qilib, u asosida ish yuritadi. Ikkinchisi – Alloh unga mol-dunyo ato etgan bo'lib, u o'z boyligini kechayu kunduz infoq-ehson qiladi” (Imom Buxoriy, Imom Muslim, Termiziy, Ibn Moja va Ibn Hibbon rivoyati).
Ushbu hadisda biz “havas” deb tarjima qilgan so'z asliyatda “hasad” so'zi bilan ifodalangan. Ba'zan “hasad” kalimasi ham “havas” ma'nosida keladi. Buni Imom Navaviy “Sahihi Muslim”ga yozgan sharhida shunday tushintirgan: “Ulamolar aytishadi: “Hasad ikki xil bo'ladi: haqiqiy hasad va majoziy hasad. Haqiqiy hasad ne'matni o'z sohibidan ketishini xohlashdir. Bu ijmo va sahih hadislarga ko'ra, haromdir. Majoziy hasad esa, g'ibto (havas qilish)dir. U biron kishidagi ne'matni o'zida ham bo'lishni istashdan iborat. Lekin bu erda ne'matni zavol topishini xohlash iroda qilinmaydi. Agar g'ibto dunyoga tegishli ishlardan bo'lsa, muboh, Oxirat va toat-ibodat masalalariga tegishli bo'lsa, mustahabdir”. Hadisdagi “hasad”dan murod g'ibtodir” (Imom Navaviy. “Sharhun navaviy 'ala sohiyhi muslim”, 6-juz', 9

MEHNATSEVARLIK


Mehnatsevarlik o‘zbekning qon-qoniga singib ketgan xayrli fazilatlardandir. Kattalarimiz uqtirishlaricha, mehnat – shodlik, rohat va baxt poydevori.


O‘zbekning mehnatsevarligi faqat tirikchilik uchun emas, u mehnatdan jismoniy zavq oladi, ruhiy zavq oladi, estetik zavq oladi. O‘zbek katta lavozimda ishlasa-da, dam olish kunlari yoniga o‘g‘lini olib, kichkinagina tomorqasiga ekin ekadi, gulzoridagi gullarni parvarishlaydi. Tushlik mahal esa o‘zing ekkan daraxt soyasida yerga ko‘rpacha solib, tomorqadan chiqqan sabzavotlardan tushlik qilib, achchiqqina ko‘k choy ichib o‘tirishga ne yetsin?
Xorijda yashaydigan o‘zbek do‘stim kuyinib aytib qoldi: «Bu yerdagilarga hayronman. Hech ishlagisi kelmaydi. Xotini bilan ham jo‘rtaga ajrashib oladi-da, davlatdan ishsizlik, bola, ajrashganlik nafaqalarini olib, kafema-kafe gamburger yeb, pivo ichib yuraveradi. Shuning uchun ham hammasi semirib ketgan…»
O‘zbek esa hech qachon halol mehnatdan qochmagan. O‘zbek uchun o‘zi ishlab topgan bir burda non o‘zganing to‘kin ziyofatidan afzal. U faqatgina mehnat ortidan keluvchi boylikni qadrlaydi, qora ter evaziga barpo bo‘lgan turmushni chiroyli deb biladi.
Qadim zamonda bir kambag‘al dehqon o‘tgan ekan. Uning hovlisida bir tup toki bor ekan, shu tokdan olgan hosilni sotib qishin-yozin tirikchilik qilar ekan. Bir kun dehqon betob bo‘lib yotib qolibdi. Shunda u yolg‘iz o‘g‘lini yoniga chaqirib bunday debdi:
— O‘g‘lim, mening kunim bitganga o‘xshaydi. Senga aytadigan bir gapim bor. Shuni qulog‘ingga isirg‘a qilib taqib ol. Gapim shuki, toklarimizning orasiga ikki xum tilla ko‘milgan. Shu tillani yilda ikki marotaba — bahor ham kuzda kovlab olib, tirikchiligingga ishlat. Zora shu bilan boyib ketsang.
Otasi shu gaplarni aytibdi-da, olamdan o‘tibdi. Bu payt qish ekan, bola bahorni orziqib kutibdi. Olamni gullolaga o‘rab bahor ham kelibdi. Yigit ketmonni qo‘liga olib, toklarning tagini belbog‘ bo‘yi qilib kovlab chiqibdi. Biroq oltin topilmabdi. Shu orada toklar kurtak chiqarib yaproq yoza boshlabdi. Yigit tilla qidirishni vaqtincha to‘xtatib, tok bilan ovora bo‘lib qolibdi. Shu yili tok chunonam hosil beribdiki, yigit uni pullab tamom qila olmabdi. Kelasi yil ko‘klamda ham yigit oltin qidirib bog‘ning tit-pitini chiqarib yuboribdi. Yana oltin topilmabdi.
Biroq bu yil tok o‘tgan yildagidan ham ko‘p hosil beribdi. Yigit uni pullab juda ham boyib ketibdi. Lekin hamon yigitning xayoli otasi aytgan oltinda ekan. U shu to‘g‘rida xayol surib o‘tirgan ekan, otasining qadrdon oshnasi kelib qolibdi. Yigit unga voqeani aytgan ekan, chol xoxolab kulibdi-da, keyin:
— Bolam, otang aytgan oltinlarni olibsan-ku, — debdi.
— Otaxon, bog‘dan bir misqol ham oltin topganim yo‘q, — debdi yigit.
— Nega yolg‘on gapirasan? Bo‘lmasa, bu boyliklarni qayerdan orttirding? — debdi chol.
— Mehnat qilib topdim.
— Sen mehnatni mo‘l hosil olish uchun emas, oltinni topish uchun qilding. Otang rahmatli ko‘p aqlli odam edi. U senga mehnatdan unadigan oltinlarni aytgan, — debdi chol.
Xalqimiz dangasalik, mehnatni sevmaslikni kambag‘allikka olib boruvchi yo‘l deb ta’lim beradi. Barcha yomon fazilatlar dangasalik, bekorchilik orqasidan kelib chiqishini uqtiradi.
Bir qashshoq donishmand cholning oldiga kelib:
— Ota, yeyishga nonim, kiyishga kiyimim yo‘q, juda qiynaldim, nima qilishimni bilmay qoldim. Endi qayerga borib dod desam ekan? — debdi. Chol:
— Sen kambag‘almisan? — desa, u:
— Ha, bola-chaqalarim va o‘zim ochman, kiyim-kechagimiz yo‘q, — deb nihoyatda zorlanibdi. Chol:
— Xo‘p, bo‘lmasa menga o‘ng qo‘lingni sot, necha pul beray? — desa, haligi yigit:
— Yo‘q, o‘ng qo‘lim o‘zimga kerak, sotmayman, — debdi. Shunda chol:
— Bo‘lmasa o‘ng ko‘zingni sot, — debdi. Yigit:
— Nega men o‘ng ko‘zimni sotar ekanman, u menga doimo kerak, — debdi.
Chol shu tarzda yigitning tana a’zolarini birma-bir sotgin, deb aytib chiqibdi. Yigit «yo‘q» javobini qaytaravergach, chol yigitga:
— Ha, butun muchalaring sog‘ bo‘lsa, turmushdan zorlanib nima qilasan. Sog‘ bo‘lsang qanday ish bajarsang, qo‘lingdan keladi. Kuning o‘tadi, — deb javob qaytargan ekan.
…Rahmatli bobom bekorchilarni yomon ko‘rardilar. — Dunyodagi eng yomon odamlar bekorchilar, — derdilar u kishi, — Odam bekorchi bo‘lgandan keyin peshona teri bilan mehnat qilayotganlarning g‘iybatini qilishni boshlaydi, gap tashiydi, eng yomoni o‘zi ishlamaydi-da, yana zamondan noliydi… Sen mehnatimning samarasi bo‘lmayapti dema, halol mehnatning natijasini sen albatta ko‘rasan. Uning samarasi farzandlaringda bilinadi. Farzand kamoloti — sening halol mehnatdan topgan rizqingda…
Halol mehnat bilan ikki dunyo saodatiga yetishlik barchamizga nasib etsin!

Hayot davomida inson turli rag‘bat va shahvatlar oqimiga duchor bo‘ladi. Bu narsalar insonni birovga zarar qilib bo‘lsa ham, faqat o‘zi haqida o‘ylashga undaydi. Unday kishi qilgan ishlari yomon bo‘lsa bo‘lsin, lekin o‘zi uchun foydali bo‘lishini o‘ylaydi. Islom insonni havoyi-nafsga berilishidan saqlashga qattiq harakat qiladi. Buning uchun inson istaklarini tabiiy tartib bilan, odilona qondirishga yo‘l topadi. Chunki havoyi-nafs insonning tabiiy istaklarini doimo tashvishga solib turadi. Agar inson havoyi-nafs to‘riga tushsa, u insonni tabiiy intizomdan chiqaradi, uning barcha quvvatini faqat bir narsa uchun sarflashga majbur qiladi. Shunday qilib, istaklar orasidagi tenglik buziladi. Ulardan biri ustunga chiqib oladi va boshqalarni chetga suradi. Shuning uchun ham Qur’on havoyi-nafsni «buzg‘unchi» deb sifatlaydi. Aslida esa bu hayotda haqiqiy hukm surishi zarur edi. Alloh shunday deydi:



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish