98
Qisqa meva beruvchi spur kurtaklar asosan ikki yoki uch yoshli novdalarda
shakllanadi va bunday spur kurtaklar novdaning tashqi yuzasida shakllanadi. Spur
kurtaklar vaqt o‘tishi bilan bir necha yil meva beruvchi balog‘atga yetgan novdalarni
hosil qiladi, lekin daraxt katta bo‘lgan sari ushbu balog‘atga yetgan novdalarning
hosildorligi tushib boradi. Shu sababdan har yili
yengil butab borish spur
kurtaklarning ko‘payishiga olib keladi, daraxtlarni qattiq kesish esa hosildorlikni
tushiradi.
Bir-biriga ishqalangan yoki ortiqcha shoxlarni kesayotganda meva beruvchi
shoxlarni ko‘p olib tashlamaslikka e’tibor tavsiya qilinadi. Shunday bo‘lsada qattiq
chigallangan
meva
beruvchi
shoxlarni
siyraklashtirish
meva
hajmini
kattalashtirishga va ularning ishqalanib shikastlanishi oldini olishga yordam beradi.
Asos shoxlarni ham ba’zida butalab eng kuchli va yaxshi shakllanganlarini qoldirish
maslahat beriladi. Hosildorlikni yuqori va har mavsumda bir xil ushlab turish uchun
3-5 yoshli shoxlarni yangilariga almashtirish hamda
vaqtida meva bermaydigan
so‘ruvchi novdalarni tozalab turish maqsadga muvofiq.
Yuqorida tilga olinganidek anor daraxtlari yoshi katta (2-3 yosh yoki undan
katta) va bir yoshli (shu mavsumdagi) novdalarda meva beradi, lekin eng yaxshi
meva yoshi katta shoxlarda hosil bo‘ladi. Mevani
yoshi katta shoxlarda
shakllantirish uchun shoxlarni erta gullashdan oldin kesish kerak ya’ni ushbu
mavsumda shakllangan novdaning yarmini kesib qisqartirish va gullashiga yo‘l
qo‘ymaslik kerak.
Yodingizda tuting, daraxtlarning yoshi katta bo‘lib borgan sari gullariga
qanchalik ko‘p quyosh nuri tushsa va ular orasida havo aylansa meva sifati va
hosildorlik shuncha yaxshi bo‘ladi. Demak yoshi katta 5-6
ta shoxni butayotgada
ular orasini oching va bir-biriga ishqalangan shoxlarni (novdalarni) kesib tozalang
(2.7.8-rasm) Mevaning asosiy qismi daraxtning tashqi yuzasida, yoshi katta
shoxlarda shakllangan yosh spur kurtaklarda hosil bo‘ladi. Shu sababdan juda ko‘p
shox kesib tashlamaslikka harakat qiling, oqibatda hosildorlik tushib ketadi.
99
Quyosh nuri meva hosil bo‘lishida va sifatida juda muhim o‘rin tutadi. Yozgi
butalash, so‘ruvchi va ortiqcha novdalarni kesib tozalab turish quyosh nuridan
unumli foydalanishga yordam beradi.
Juda ko‘p bog‘bonlar meva terish jarayonini
optimallashtirish uchun
daraxtlarini 3-4 metrda kesib, balandligini nazorat qilib turishadi. Anor
yetishtirishdagi katta muammolardan biri bu yosh novdalarni birinchi yilidayoq
meva og‘irligi evaziga egilib o‘z shaklini yo‘qotishi va vaqt o‘tishi bilan egilgan
shoxlardagi mevalarning yerga tegib qolishi. Buning
oldini olish uchun shoxlar
simbag‘azga tortiladi yoki kesib qisqartiriladi. Shu sababdan ayniqsa hosildorligi
yuqori yosh novdalarni simbag‘azga tortish muhim ahamiyatga ega (2.7.9-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: