berilishi tavsiya qilinadigan omillar
Yer tayyorlash-yerni tozalash
Dastlab qiyaligi katta bo‘lmagan yerlarni maxsus texnika yordamida shox-
shabbalardan (buldozer tirmasi, diskalash yoki kuchli o‘t o‘ruvchi moslama
yordamida) tozalanadi. Ko‘pgina bog‘bonlar tuproqning suv o‘tkazuvchanligini
yaxshilash, kemiruvchilar inlarini buzish, tosh yoki eski daraxt ildizlarini yer
yuzasiga chiqarish uchun maxus uskuna bilan yerni 50 sm dan 1 m gacha bo‘lgan
chuqurlikda haydashadi. So‘ngra mola bosiladi (tekislanadi). Bunday amaliyotni
yangi ochilayotgan yerlarga qo‘llashda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki qishki ko‘p
yomg‘irlar oqibatida yer erroziyasi muammo keltirishi mumkin. Tuproq ozuqa
72
bazasini bilish uchun 50sm (1 metrgacha) chuqurlikdagi tuproq qatlamini
laboratoriya tahlilidan ham o‘tkazish va tuproqning pH ko‘rsatkichini aniqlash
tavsiya qilinadi. To‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun yerning turli qismlarida
shunday tekshiruvlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq, ayni bir yerning turli
qismlari turli xil tuproq turlaridan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Yer tayyorlash-yerni tozalash
Suv yig‘ilib qolishi: Suvni yaxshi o‘tkazmasligi sababli yerning ba’zi
qismlarida kuchli yomg‘ir tufayli ko‘lmaklar hosil bo‘lishi mumkin. Alohida chora-
tadbirlar ko‘rilib drinaj muammosi hal qilinmaguncha yerning ushbu qismlariga
anor ko‘chatlari ekilmasligi kerak.
Anor navlari turlarini tanlash
Anor navlari nafaqat hosildorligi, balki quyidagi sifatlardan kelib chiqqan
holda tanlanishi shart:
•
Ob-havo va ma’lum bir hudud mikroklimitiga moslasha olishi talablaridan
kelib chiqqan holda;
•
Ma’lum bir hududdagi zararkunanda xasharot va kasalliklarga chidamliligi;
•
Ozuqa va suvga bo‘lgan talablar;
•
Daraxtning o‘sish sur’ati bu ekish sxemasini belgilaydi;
•
Xaridorlar va bozor talabidagi mahsulot pishish davri va sifati;
Kaliforniyaning Devis universiteti tavsiyalariga ko‘ra anor daraxtlarini
ekayotganda ularning changlatuvchilarini ham qo‘shib ekish tavsiya etiladi. Agar
siz tanlagan navning changlatuvchi naviga ham bozorda talab bo‘lsa, unda
changlatuvchining siz tanlagan navga nisbati 1:1 foizda bo‘lishi tavsiya qilinadi.
Agar navning changlatuvchi naviga bozorda talab yaxshi bo‘lmasa, unda
changlatuvchining siz tanlagan navga nisbati 1:9 foizda bo‘lishi tavsiya qilinadi.
Shunday bo‘lsada, ba’zi navlar ko‘proq hosil tugishi va meva hajmi katta
bo‘lishi uchun changlatuvchi navni zichroq ekilishini talab qiladi.
Anor daraxtlari odatda o‘zidan boshqa navlar va xasharotlar yordamida,
changlanadi. Ularni shamol yordamida changlanishi juda sust deb topilgan.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |