1.Taqinchoq,tumorlar va uzuklar yasay boshlangan davrga oid bo’lgan to’g’ri javobni aniqlang ?
A) Odamlar o’troq hayot tarziga o’tishgan B) Odamlar chopqir hayvonlar va qushlarni ovlay boshlagan
C) Urug’ jamoasi manzilgohlari shakllangan D) Odamlar ixcham urug’ jamoalariga birlashgan
2.O’rta asrlarda bozorlar rastalarga bo’lingan hududlar bilan bog’liq to’g’ri javobni belgilang ?
A) Arab xalifaligidan ilk ajralib chiqqan hudud B) Hasan masjidi ushbu hududda joylashgan
C) XIV asr 60 yillarida Mo’g’ullarga qarshi yirik xalq qo’zg’oloni bo’lib o’tgan
D) XV asr 40 yillarida mazkur hududda yangi davlat tashkil topdi
3.Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi davrida yuz bergan voqealarni aniqlang.
1) Xitoy “islohotlarining otasi” vafot etdi 2) “Aprel inqilobi” yuz berdi 3) yurtimizda to’liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi 4) Uch bosqichli sport o’yinlari uyushtirila boshlandi 5) Ravshan Ermatov FIFA hakami bo’ldi.
A) 1,4 B) 4,5 C) 2,3 D) 3,5
4.Moskva davlat universitetining filiali ochilgan yilda yuz bergan voqeani aniqlang ?
A) Flippinda o’lim jazosi bekor qilindi
B) “Ergenekon” yashirin tashkilotining faoliyati bila bog’liq tergov va qamoqqa olish ishlari boshlandi
C) “Umid” suniy yo’ldoshi uchirildi D) Braziliya “G – 20” talik ro’yxatga kirdi.
5.Yurtimizda Rossiya neft va gaz davlat universiteti filiali ochilgan yilda yuz bergan voqeani belgilang
A) Flippinda o’lim jazosi bekor qilindi
B) “Ergenekon” yashirin tashkilotining faoliyati bila bog’liq tergov va qamoqqa olish ishlari boshlandi
C) “Umid” suniy yo’ldoshi uchirildi D) Braziliya “G – 20” talik ro’yxatga kirdi.
6.Bog’dodda yozib tugatilgan asarni belgilang ?
A) “Devonu lug’otit turk” B) “Qutadg’u bilig” C) “Hibat ul-haqoyiq” D) “Qonuni Ma’sudiy”
7.Amud daryosining janubida manjur qabilalarining ittifoqi qachon paydo bo’lgan ?
A) XVII asr boshida B) XVI asr oxirida C) XVII asr o’rtalari D) XV asr 40 yillarida
8.Qaysi davlatda XVI asrdan soliqlar kumush tanga bilan to’lana boshlangan ?
A) Xitoy B) Yaponiya C) Fransiya D) Angliya
9.”Kichik bir uchqun shunday yong’in keltirib chiqarishi mumkinki,uning oqibatlarini,hatto hisobga olib ham bo’lmaydi” Ushbu jumla Koreyadagi qaysi davrda yuz bergan voqealarga nisbatan ta’rif berilgan ?
A) XIX asr o’rtalari B) XVIII asr oxiri C) XVI asr oxiri D) XVII asr o’rtalari
10.Kyonbokkun saroyi qachon va nimaning natijasida yonib ketgan ?
A) XVI asrda;kuchli xalq qo’zg’oloni natijasida B) XIX asr;Jejudo orolida ko’tarilgan qo’zg’olon natijasida
C) XVI asrda; yaponlar hujumi natijasida D) XVII asr manjurlar hujumi natijasida
11.Mustamlakachi davlatlar Turkiyada uning siyosatini belgilashga imkon beruvchi iqtisodiy va siyosiy mavqega ega bo’lib olgan davrni aniqlang ? A) XVIII asr oxiri B) XIX asr 50 yillari C) XVIII asr o’rtalari D) XIX asr 60 yillari
12.Quyida rasmda ko’rsatilgan shaxs faoliyatiga oid to’g’ri variantni aniqlang ?
A) Mamlakatini viloyatlarga bo’lgan B) Bobilni bosib olgan C) Misrni bosib olgan D) Yunon-fors urushida ishtirok etgan
13.Quyidagi voqealardan orasida bir yil farq bor bo’lgan variantni aniqlang ?
A) Yuz yillik urush nihoyasiga yetdi;Abulqosim Bobur Samarqandni qamal qildi
B) Amir Temur tug’ildi;Yuz yillik urush nihoyasiga yetdi
C) Amir Temur Hirot,Seyiston va Mozandaronni egalladi;Uot Tayler qo’zg’oloni ko’tarildi
D) Grigoriy IX papalik davri boshlandi;Chingizxon vafot etdi
14. Xaritada ko’rsatilgan qaysi hududda o’rta asrlarda mardikor bozorlari mavjud bo’lgan ?
A) 4 B) 1 C) 3 D) 2
15.M.Gorbachyov tomonidan qaysi yilda e’lon qilingan “qayta qurish”,ijtimoiy hayotni demokratizatsiyalash va “oshkoralik”siyosati ommaning siyosiy faolligini keskin oshirdi ? A) 1985 yil yil apel B) 1985 yil mart C) 1980 yil D) 1987 yil
16.”Yangicha siyosiy tafakkur” tashabbusi kim tomonidan ilgari surilgan ?
A) Gorbachyov B) Xrushchyov C) F.Ruzvelt D) Bill Klinton
17.Nikaraguada qachon inqilob sodir bo’lgan ? A) 1975 yil B) 1985 yil C) 1979 yil D) 1989 yil
18.Qaysi Buxoro amiri davrida amirlik fuqarolarining Astraxan orqali Haj safariga erkin borib kelishlarining
kafolatlanishiga shuningdek Rossiya orqali Istanbul shahriga borish uchun ruxsat berilishiga erishilgan ?
A) Doniyolbiy otaliq B) Amir Shohmurod C) Amir Haydar D) Amir Nasrullo
19.Qaysi sulola davrida tarix darslari muallifi nomalum bo’lgan “Tarixi Iskandariy” va “Tarixi Jahonkushoy”
asarlari asosida olib borilgan ? A) ming B) qo’ng’irot C) shayboniy D) mang’it
20.Qaysi O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan sulola davlatida harbiy harakatlar chog’ida 5 kishilik guruhlar faoliyat olib borilgan bo’lib ular yarador bo’lgan askarlarni jang maydonidan olib chiqish edi ? A) ming B) qo’ng’irot C) shayboniy D) mang’it
21.Qaysi yildagi nizom loyihasiga binoan Turkiston general gubernatorligida viloyat boshqaruvining sud bo’limlari va general-gubernatorlik Devonining sudlov bo’limi tashkil qilindi ? A) 1886 yil B) 1867 yil C) 1898 yil D) 1881 yil
22.Quyidagi atamalardan uyezd politsiyasiboshlig’ini aniqlang ? A) politsiya B) ispravnik C) kazarma D) komendant
23.Quyidagi davlatlardan qaysi birining tarixida birinchi bo’lib imperiya tuzilgan ?
A) Angliya B) Avstriya-Vengriya C) Germaniya D) Italiya
24.Qaysi yilda Avstriya – Vengriya imperiyasida ishlab chiqilgan qonunga binoan ishchilar harakatiga qarshi politsiya terrorining kuchaytirilishiga ruxsat berilgan ? A) 1881 yil B) 1886 yil C) 1889 yil D) 1884 yil
25.Galitsiyada ukrain va polyak aholisi milliy zulm ostida edi.Avstriya hukumati Galitsiyadagi hukmron doiralar bilan bitim tuzib,ularga qanday imkoniyatni bergan ?
A) o’lkani idora qilishda ularga rahbarlik rolini berdi B) imperiya parlamentidan o’rin ajratildi
C) xususiy mulklari daxlsiz deb e’lon qilindi D) o’lkadagi harbiylar faoliyatiga boshchilik qilish
26.Quyoshi hech qachon so’nmaydigan imperiya bu …..? A) Germaniya B) Rim C) Fransiya D) Britaniya
27.Turkiston legioniga qachon asos solingan ? A) 1941 yil B) 1942 yil C) 1943 yil D) 1940 yil
28. O’zbekistonda paxta xarid narxlarini oshirish,ustama mukofotlar to’lashning yangi tartibi,MTSlarga to’lanadigan natura haqi stavkalarining 40% kamaytirish,suv uchun to’lanadigan haqni bekor qilish,mineral o’g’itlar narxini pasaytirish joriy qilingan yilni aniqlang ? A) 1950 yil B) 1945 yil C) 1958 yil D) 1956 yil
29.Navoiy kon metallurgiya kombinatida dastlabki sof quyma oltin qachon tayyorlangan ?
A) 1961 yil B) 1963 yil C) 1958 yil D) 1956 yil
30.Amid ad-davla qaysi davlatda moliya va ichki ishlar vaziri hisoblangan ?
A) Eron B) Turkiya C) Arab xalifaligi D) Buxoro amirligi