33 variant
1.Rimga oid xato variantni aniqlang ?
A) Yillar o’tib dictator lavozimi hech bir saylovlarsiz Senatda o’rin egallab oladigan va umrbod senatorga aylandi
B) Diktator cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lgan C) Rim senatida 300 senator bo’lgan
D) Bolalar 14 yoshgacha pushti rang toga kiyib yurishgan
2.Qaysi xalq vakillarida yozuv bo’lmaganligi tufayli bolalar mazkur xalq vakillarining dini,boshqaruv tartibi,qonunlari va udumlariga oid ma’lumotlarni yodlashgan ? A) mayya B) astek C) ink D) mali
3.Turkiyada 3 kishidan iborat “Uchlik” deb atalgan guruh hokimiyat tepasiga kelgan yilda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang ?
A) Eron Buyuk Britaniya-Rossiya shartnomasini tan oldi B) Bolgariya Serbiya va Gretsiyaga hujum qildi
C) Yuan Shikay konstitutsiyaviy Kengash chaqirdi D) Nankinda inqilobiy viloyatlar vakillaridan iborat Millat Majlisi to’plandi
4.Buyuk Britaniya qachon Eron neftidan foydalanish,tosh va temiryo’l qurish konsessiyalarini oldi ?
A) 1889 yil B) 1888 yil C) 1879 yil D) 1885 yil
5.Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy boshqaruvi yangi idora – Turkiston general-gubernatori
Kengashi bilan to’ldirilgan ? A) 1886 yil B) 1886 yil C) 1867 yil D) 1898 yil
6.Sobir Rahimovga general unvoni berilgan vaqtda qaysi davlatlar o’rtasida 8 yil davom etgan urush harakatlari boshlangan ?
A) Hindiston-Pokiston B) Buyuk Britaniya-Argentina C) Eron-Iroq D) AQSH-Vyetnam
7.Qaysi xalq vakillari maxsus tepaliklar yasab,balnd poydevorlar ustida o’zlarining zinapoyali ehromlarini,saroy va ibodatxonalarini barpo etganlar.Saroy va ibodatxonalarining derazalari bo’lmasdan,ular eshiklar orqali yoritilgan,Tekis va ravon shahar ko’chalari toshdan bunyod etilgan edi ? A) hindlar B) astek C) mayya D) ink
8.2007 yilda qaysi davlatdagi prezidentlik saylovida o’ng konservativ “Xalq harakati uchun ittifoq” partiyasi g’alaba qozongan ? A) Fransiya B) Buyuk Britaniya C) AQSH D) Italiya
9.Quyidagi davlatlar ichida IX asrda tuzilgan davlatlarni aniqlang ?
A) Somoniylar,Qoraxoniylar,Tohiriylar B) Tohiriylar,Safforiylar,Kiyev Rusi
C) Somoniylar,Abbosiylar,Qoraxoniylar D) Qoraxitoylar,Mali,Gana
10.Xonim,Qutbiddin Sadr va Muhammad Sadr madrasalari joylashgan shaharni aniqlang ?
A) Xirot B) Samarqand C) Buxoro D) Urganch
11.Buyuk me’mor Sinon qaysi asrda yashagan ? A) XVI asr B) XV asr C) XIV asr D) XVII asr
12.Buyuk Kolumbiya davlati qachon tuzilgan ? A) 1822 yil B) 1825 yil C) 1821 yil D) 1819 yil
13.Afrikaliklarni qul qilib sotish qaysi davrgacha davom etdi ?
A) XIX asr ikkinchi yarmigacha B) XIX asr o’rtalarigacha C) XX asr boshigacha D) XVIII asr o’rtalarigacha
14.Eron Hirot va Afg’onistonning boshqa hududlariga bo’lgan da’vosidan butunlay voz kechgan yilni aniqlang ?
A) 1857 yil B) 1856 yil C) 1855 yil D) 1867 yil
15.Kongo Demokratik Respunlikasida Mobutining diktatorlik rejimi ag’darilgan yilni aniqlang ?
A) 1990 yil B) 1991 yil C) 1999 yil D) 1997 yil
16.1989 yil qaysi davlatda etnik asosda boshlangan fuqarolar urushi ko’plab qurbonlar v 1 mln aholining qo’shni davlatlarga ommaviy qochishiga olib kelgan ? A) Liberiya B) Efiyopiya C) Ruanda va Burundi D) Kongo Demokratik Respublikasi
17.Qaysi davrda Kolumbiyada qurollangan so’l radikal harakat avj olib,ularning qo’shinlari mamlakat hududining 40% ini nazorat qilgan ? A) XX asr 80 yillari B) XX asr 90 yillari C) XX asr 50 yillari D) XX asr 70 yillari
18.Quyidagi variantlardan ikkinchi jahon urushi davrida qurilgan suv omborlarini aniqlang ?
A) Yuqori Chirchiq,Shimoliy Farg’ona,So’x-Shohimardon B) Kosonsoy,Rudasoy,Katta Farg’ona
C) Uchqo’rg’on,Yuqori Chirchiq,So’x-Shohimardon D) Kosonsoy va Rudasoy
19.”Jismony tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunning yangi tahriri qachon qabul qilingan ?
A) 2003 yil B) 2002 yil C) 2008 yil D) 2015 yil
20.O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida qachon Strategik sheriklik to’g’risida shartnoma
qabul qilingan ?
A) 2005 yil B) 2012 yil C) 2004 yil D) 1991 yil
21.Islom Karimov qachon “6+2” muloqot guruhini tuzish taklifi bilan chiqqan ?
A) 1997 yil B) 1999 yil C) 1993 yil D) 1995 yil
22.Xato variantni aniqlang ?
A) Samarqand shahrida teatr Mahmudxo’ja Behbudiy rahbarligida tashkil qilingan
B) Abdulla Avloniy “Turon”t teatr truppasini tuzgan
C) “Teatr – bu ibodatxonadur” Mahmudxo’ja Behbudiy fikri hisoblanadi
D) 1916 yil Qo’qon shahrida Hamza rahbariligida havaskorlar teatri tashkil etildi
23.Qachon Italiyada chuqur iqtisodiy inqiroz boshlangan ? A) 1974 yil B) 1975 yil C) 1973 yil D) 1957 yil
24.Qaysi Xiva xoni davrida yer solig’ining ancha qismi pul shaklida yig’iladigan va ularning hammasi umumdavlat xazinasiga topshiriladigan bo’lgan ? A) Olloqulixon B) Muhammad Rahimxon I C) Eltuzarxon D) Avaz Muhammad
25.Qaysi sulola hukmronlik qilgan davlatda botirboshi lavozimidagi shaxs bekliklardagi harbiy ishning ahvoli uchun ma’sul bo’lgan ? A) minglar B) shayboniylar C) mang’itlar D) qo’ng’irotlar
26.”Miltiq puli” solig’i qaysi sulola hukmronlik qilgan davlatda mavjud bo’lgan ?
A) minglar B) shayboniylar C) mang’itlar D) qo’ng’irotlar
27.Xiva xonligida faoliyat yuritgan devonlarni aniqlang ?
A) xo’jalik,ijtimoiy-siyosiy va harbiy ishlar B) harbiy ishlar,moliya va soliq
C) harbiy ishlar,soliq va odil sudlov D) mulkchilik va soliq,moliya va harbiy
28.Jul deb ataluvchi soliq turini joriy etgan hukmdorni aniqlang ?
A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar C) Muhammad Rahimxon I D) Olimxon
29.Amirlik madrasalarida qaysi fanni o’rganish majburiy edi ? A) ilmi hayat B) handasa C) riyoziyot D) Fiqh
30.Urushayotgan tomonlardan birining urush harakatlarini,qurolli qarshilik ko’rsatishni davom ettirishdan voz kechishi …..deb ataladi.Nuqtalar o’rnini to’ldiring. A) kapitulatsiya B) separat C) diktatura D) kaolitsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |